Ilmiylik prinsipi matematika o’qitish mazmunining ilmiy bo’lishi, matematikaning xozirgi axvoli va uning rivojlanishini obyektiv aks ettirishni ifodalaydi. Moxiyati o’qitish mazmuni va o’qitish usullari xozirgi paytdagi matematika fani saviyasi va talablariga mos kelishini ta’minlashdan iborat
Tarbiyaviylik prinsipi o’quvchilarga fanga bo’lgan qiziqishni uyg’otish, yangi bilimlarni o’zlashtirishga xarakatini, ularni egallash va mustaqil kengaytira olishga o’rgatishni o’z ichiga oladi, shu bilan birga ularda tafakkurni shakllantirish, matematik tushuncha va tasavvurlar bilan boyitish, xotira va diqqatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarbiyalash kabi ishlarni amalga oshirishni talab etadi.
Ko’rgazmalilik prinsipi matematika o’qitishning eng muxim prinsiplaridan biri bo’lib, u o’quvchilarning chuqur va puxta bilim olishlari uchun asosiy sharoitlarni ta’minlashga xizmat kiladi.
Onglilik, faollik va mustaqillik prinsipini amalga oshirish quyidagi shartlarni bajarishni talab etadi: o’quvchilarning fan ma’lumotlarini, o’quv materialini egallashi, uni chuqur fikrlay olishi, bilimlarni yangi sharoitlarda amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasi, bilimlarni ishonchga, amalda qo’llanmaga aylanishi sifatida tushuniladi
Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunоncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” ma’nоsini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mоhiyati, tamоyillari, qоnuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faоliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, mеtоd, vоsitalari, natijasi, ta’lim jarayonini takоmillashtirish yo‘llari va hоkazо muammоlar)ni o‘rganuvchi fan.
Bu so‘z 1613 yili Gеrmaniyada nеmis pеdagоgi Vоlfrang Ratkе (1571-1635 yillar) tоmоnidan kiritildi.
Bu tushunchani shunga o‘хshash usulda buyuk chех pеdagоgi Yan Amоs Kоmеnskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nоmli mashhur asarida tilga оladi. Lеkin Kоmеnskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, dеb ta’kidlaydi. Mazkur asarda оlim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko‘rgazmaliligi, kеtma-kеtligi kabi tamоyillari, sinf-dars tizimi bоrasida so‘z yuritadi.
Ta’lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asоslarini, ya’ni ta’lim, bilim bеrish, o‘qitish nazariyasi bilan pеdagоgikaning mustaqil bo‘limi – didaktika shug‘ullanadi.
Didaktik o`yin – ta’lim beruvchi usul bo`lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga erishishga yani o`tilgan o`quv materiallarini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo`ladi. Har bir didaktik o`yinni o`tkazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi. Masalan : doiraviy misollar o`yinida ikkinchi o`nlik ichida hisoblash malakalarini mustahkamlashdan iborat bo`lgan didaktik topshiriq qo`yiladi. Didaktik topshiriq darsga qo`yiladigan umumiy maqsadining bir qismini tashkil qiladi. Har bir didaktik o`yinning ham, har qanday o`yindagi singari qoidalari bo`ladi. O`sha qoidalarga amal qilinmasa o`yinning o`yin sifatidagi ahamiyatli binobarin o`yinning ta’lim tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo`qoladi. O`yin qoidalari o`yin topshirig`iga kiritiladi. O`yin topshirig`i – o`qituvchining bolalarga o`yinning qanday o`ynalishini, kim g`olibligini aniqlashdan iborat.
Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari intellektual ( aqliy ) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy – jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim tarbiya jarayonida asosan o‘quvchlarda ta’lim olish motivlarini ularning turli yo‘nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, ro‘lli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha turlarga ajratiladi
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni talabalarning bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga qarab syujetli- ro‘lli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yinli, konfrensiyalar o‘yin mashqlariga ajratish mumkin. O‘qituvchi-pedagog avval talabalarni individual(yakka tartibdagi) so‘ngra guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli chiqandan so‘ng esa ularni ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari guruh jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O‘yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. O‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‘llanadi. O‘yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta’lim malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi. O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.
Har bir didaktik o`yin o`z navbatida quyidagi komponentlardan tuziladi: o`yin maqsadi, qoidalari, jihozi, mazmuni natijasi
1. Didaktik o‘yinlar o‘quv predmetlari bo‘yicha dastur materialiga muvofiq yo‘sinda tanlanishi lozim.
2. Didaktik o‘yin unda qatnashuvchilarga bilimlar bo‘yicha ma'lum talablar qo‘yiladigan yo‘sinda ishlab chiqilishi kerak.
3. Didaktik o‘yinning muvaffaqiyatli o‘tishi uning maqsadini yaqqol aniqlashiga bog‘liq. Chunki bunda o‘quvchilarning fikrini maqsadli yo‘nalishga solish, ularning ishini bajarishga qiziqishini oshirish imkoniyati tug‘iladi.
4. O‘yinlarni tanlashda ma'lum izchillikka rioya qilish ham zarur. Mazmunan qiyin o‘yinlardan oldin osonroq o‘yinlarni o‘tkazib, o‘quvchilarni navbatdagi o‘yinlarga puxtaroq tayyorlash juda muhimdir. Shu tariqa tahlil, sintez, taqqoslash, tasniflashda mavhumlashtirish, muayyanlashtirish, umumlashtirish singari aqliy operatsiyalarni asta-sekin murakkablashtirib borish shart.
5. Didaktik o‘yinlarning qoidasini va tashkil etilishini tuzish va ishlab chiqishda o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning turli (bo‘sh va kuchli, faol va loqayd) guruhlarini hisobga olish kerak.
6. O‘yinning qoidalari sodda, aniq bo‘lishi va yaqqol ifodalanishi lozim.
7. Har bir o‘quvchi butun o‘yin jarayonida faol ishtirok etishi, o‘z "navbatini" uzoq kutish o‘yinga qiziqishni susaytirishi mumkinligini unutmaslik kerak.
8. Har bir o‘yinga umumiy va yakka tartibda yondashish, undagi topshiriqlarning qiyinlik darajasini va qanchasi mustaqil holda bajarilishini hisobga olish kerak.
Hozirgi kunda eng ommaviy innovatsion ta’lim metodlariga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |