Darsning borishi
O’tilgan mavzuni mustahkamlash va yangi mavzuga zamin tayyorlash tezkor savol-javob usulida kampyuter yordamida amalga oshiriladi. Natijada, darsda qatnashayotgan talabalardan birining ism-sharifi va rasmi ekranda hosil bo’ladi. Unga kompyuter tomonidan 1-daqiqa vaqt davomida ketma-ket 5 ta savol beriladi. Talabalarga berilgan vaqtning davomiyligi ekranda ko’rinib turadi. Albatta, kompyuter talabalarning bilim darajasini inobatga olgan holda savollar bankidan tabaqalashtirilgan savollarni taqdim etadi.
Javob berayotga talabaning vaqti tugashiga o’n sonya qolganda keying o’quvchning tayyorlanishi haqidagi ma’lumot ekranda koo’rinadi. Vaqtning tugashi yoki savollarga javob berilgandan so’ng darhol talabaning to’plagan bali komyuter tomonidan elektron jurnalga qayd qilinadi. Savollar bankidan mavzuga doir ba’zi savollarning namunasini keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |