O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN” _______________A.Umarov
(OTM rektori)
202___ yil“___”___________
|
|
“KELISHILDI”
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
______________________
202___ yil “_____”__________
|
|
Ro’yxatga olindi: № BD-5110200 2.03
202__ yil “___”________
|
ELEMENTAR FIZIKANING
TANLANGAN BOBLARI
(FAN nomi)
FAN DASTURI
(4 kurslar uchun)
Bilim sohasi:
|
100000 – gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 – pedagogika
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
5110200 – Fizika va astronomiya
|
Toshkent -202___
I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda, bo‘lajak fizika o‘qituvchisiga zarur bo‘lgan darajada makro dunyoda sodir bo‘ladigan harakat va uning turlari haqida, moddaning xussusiyatlari hamda makroskopik sistemalarning turli agregat holatlardagi fizik xossalari (alohida jism va maydonlar uchun) haqida tushuncha berish, elektromagnit nurlanishga oid masalalar va boshqa hodisalarni o‘rganish, elektromagnit maydon, uning xususiyatlari, zaryadlangan zarralar bilan o‘zaro ta’siri, materiyaning yangi bir turi bo‘lgan elektromagnit maydonlarning asosiy xossalari, maydonning moddiy muxitlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi haqida bilimlar berish, optik hodisalar va qonunlar, atom, yadro va elementar zarralar fizikasi haqida fenomenologik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga elementar fizikaning tanlangan boblari doir amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘zlashtirilgan barcha mavzular bo‘yicha masalalar yechish, laboratoriya ishlarini tashkil qilish, o‘tqazish va hisob kitob ishlarini bajarib, ularga doir xulosalar chiqara olish, fizikaviy qonuniyatlarini munosabatlari to‘g‘ri aniqlash kabi vazifalarni o‘rgatishdan iborat.
|
II. Ma’ruza mavzulari
1-mavzu. Elementar fizikaning tanlangan boblari faniga kirish
Elementar fizikaning tanlangan boblari fanining maqsad va vazifalari. Elementar fizika fanining predmeti. Elementar fizikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Elementar fizikaning metodologiyasi.
2-mavzu. Dinamika asoslari
Dinamika. Nyutonning I-qonuni. Inertsial sanoq sistemalari. Kuch va massa. Nyutonning II, III –qonunlari.
3-mavzu. Mexanik ish, quvvat va energiya
Kuchning ishi va uning birligi. Quvvat va uning birligi. Kinetik va potensial energiya. Energiyaning saqlanish qonuni
4-mavzu. Ishqalanish va elastiklik kuchlari
Ishqalanish kuchlari. Sirpanish ishqalanishi. Dumalash ishqalanishi. Elastik kuchlari. Deformatsiya turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |