Takrorlash uchun savollar.
Ekspert-auditorlar kim?
Qanday sohalardagi ekspert-auditorlarni bilasiz?
Ekspert-auditorlarga nisbatan qanday talablar qo`yiladi?
Sifat to`garaklari ilk bora qaerda tashkil topgan?
Sifat to`garaklaridan ko`zda tutilgan maqsadlar nimalardan iborat?
Reja.
1. Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi.
2. Mahsulotlar haqidagi ma`lumotlarni standartlashtirish va kodlash.
Tayanch so`zlar: mahsulot sifati, sifatni o`lchash, sifatni boshqarish, shtrix-kod.
Ta’limiy: Talabalarga mavzuga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy: Fan orqali bajariladigan ishlar, ularning ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarni bu fanga qiziqish ruhida tarbiyalash;.
Rivojlantiruvchi: Talabalarning mavzu bo’yicha olgan bilimlarini mutaxassislik sohasidagi ishlarida qo’llash orqali rivojlantirish.
Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi
Belgilangan mahsulotning sifat ko`rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash, bu ko`rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo`luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o`z ichiga oluvchi ishlarning yig`indisi mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo`linadi:
Mahsulot sifatining ko`rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarini va vazifasini;
iste`molchilar talablarining tahlilini;
mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini;
sifat ko`rsatkichlariga bo`lgan asosiy talablarni.
Mahsulot sifatiga ta`sir etuvchi omillarni to`rt toifaga bo`lish mumkin:
texnikaviy;
tashkiliy;
iqtisodiy;
ijtimoiy.
Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblarning hamda nazorat vositalarining, texnikaviy hujjatlarning holati; dastlabki materiallar, yarimfabrikat-larning sifati va shunga o`xshashlar kiradi.
Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va uskunalarni ta`mirlash; materiallar, komplektlanuvchi buyumlar, jihozlanishi, asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta`minlanganligi, ishlab chiqarish madaniyati; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish va ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy omillarga mehnatga pul to`lash shakllari, oylik maoshning miqdori; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy rag`batlantirish; mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish; uning sifat darajasi; tannarxi; mahsulotning bahosi va shunga o`xshashlar kiradi.
Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo`yish; malaka oshirishni tashkil qilish; ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, turmush sharoitlari, o`zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |