Elektromexanik turidagi o`lchash asboblarining turlari, ularning ishlashi, metrologik tavsiflari
Elektromexanik turdagi asboblar magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik, elektrostatik va induksion tizimli asboblarga bo`linadi. Bu tizimdagi asboblar nisbatan keng tarqalgan bo`lib, quyidagi 1-jadvalda ularning tavsiflari keltirilgan.
1-jadval.
Asbob tizimi
|
Shartli belgisi
|
Tok turi
|
Chastota diapazoni
|
Aylantiruvchi moment tenglamasi
|
Shkala tenglamasi
|
Aniqlik klasslari
|
Vazifasi
|
Mα mex
|
Mα el
|
ME
|
|
|
−
|
0
|
BswI
|
KX
|
0,1;0,2;0,5
|
A, V, Ω, G
|
|
|
−
|
0
|
BswI
|
KX
|
-//-
|
-//-
|
EM
|
|
|
~
|
kHz
|
|
KX2
|
0,5;1;1,5
|
A, V, Hz, φ
|
ED
|
|
|
~
|
Bir necha o`n kHz larda
|
|
KX1X2
|
0,05;0,1;0,2
|
A, V, W, Hz, φ
|
FD
|
|
|
~
|
- // -
|
KI1I2
|
KX1X2
|
0,5;1;1,5
|
-//-
|
ES
|
|
|
~
|
MHz
|
|
KX2
|
0,5;1;1,5
|
V
|
I
|
|
|
~
|
50 Hz
|
|
KN
|
1;1,5;2
|
W, Wh
|
Magnitoelektrik o`lchash asboblari
3-rasm. Magnitoelektrik o`lchash asbobi.
Magnitoelektrik o`lchash asbobi 1-doimiy magnit; 2-magnit qutb uchliklari; 3-o`zak; 4-chulg`am (qo`zg`aluvchan ramka); 5, 6-o`q; 7, 8-spiralsimon prujinalar; 9-strelka; 10-posongilardan tuzilgan.
Ramkadan o`tayotgan tok bilan doimiy magnit maydonining o`zaro ta`sirida ramkani harakatga keltiruvchi juft kuch F=BIlw hosil bo`ladi. Ifodadagi V-qutb uchliklari va silindrsimon o`zak oralig`idagi magnit induksiyasi; w-ramkaning o`ramlar soni; l- magnit maydonida joylashgan ramka faol qismining uzunligi; I-ramkadan o`tadigan tok. Bu kuchlarning yo`nalishi chap qo`l qoidasiga binoan topiladi va ular hosil qilgan aylantiruvchi moment quyidagicha ifodalanadi:
(4)
bu yerda b-ramkaning kengligi; s-ramkaning yuzasi.
Aylantiruvchi moment ta`sirida ramka o`q atrofida aylanganida spiral` prujinalar buralib teskari ta`sir etuvchi moment M –hosil qiladi.
(5)
bu yerda W-solishtirma teskari ta`sir etuvchi moment bo`lib, spiral prujinaning materiali va o`lchamlariga bog`liq; - ramkaning burilish burchagi (asbob ko`rsatkichining shkala bo`ylab surilishini ko`rsatadigan burchak yoki bo`laklar soni.)
Ramkaga ta`sir etayotgan ikki moment (aylantiruvchi va teskari ta`sir etuvchi) o`zaro tenglashganda (M=M) ramka harakatdan to`xtab, muvozanat holatida bo`ladi (yoki bu holatni asbob qo`zg`aluvchan qismining turg`un muvozanat holati deyilali)
, (6)
bundan
(7)
Oxirgi ifoda magnitoelektrik o`lchash asboblarining shkala tenglamasi deb ataladi. Agar magnit induksiyasi B ni, ramkaning yuzasi S ni, uning o`ramlar soni w va solishtirma teskari ta`sir etuvchi moment W larning o`zgarmasligini hisobga olib, Bsw/W=SI desak, u holda SI ni o`lchash mexanizmini tok bo`yicha sezgirligi deyiladi, ya`ni SI=const.
Shuni hisobga olib, (7) ni quyidagicha yozish mumkin:
α= SII, (8)
ya`ni ramkaning burilish burchagi α o`lchanadigan tokning qiymatiga to`g`ri proporsional, bundan chiqadiki, tokning yo`nalishi o`zgarsa, α ning ham yo`nalishi o`zgaradi. Shu sababli magnitoelektrik o`lchash asboblari o`zgarmas tok zanjirida ishlatiladi va ularning shkalasi bir tekis darajalanadi.
Magnitoelektrik o`lchash mexanizmlari ampermetr, vol`tmetr, ommetr va gal`vanometrlar sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |