Bog'liq metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish
Noaniqlikni taqdim etish Umumiy qoidalar O`lchash natijasi bilan birga taqdim etiladigan axborot uning keyingi foydalanish maqsadiga bog`liq. Bunda quyidagi prinsiplarni qo`llash lozim:
agar yangi axborot yoki yangi ma`lumotlar paydo bo`lsa noaniqlik bahosini aniqlashtirishni o`tkazish uchun yetarli axborotni taqdim etish;
yetarli bo`lmagan axborotga qaraganda keragidan ortiq axborotni taqdim etish afzalroqdir.
Agar o`lchash tafsilotlari, noaniqlik qanday baholanganligini o`z ichiga olib, chop etilgan hujjatlarga tavsiyalar ko`rinishida berilgan bo`lsa bu hujjatlar dolzarblashtirilishi va laboratoriyada qo`llanilayotgan metodga muvofiq bo`lishi lozim.
Talab qilinayotgan axborot O`lchash natijasining to`liq taqdim etilishi quyidagi axborotni yoki bunday axborotni o`z ichiga olgan hujjatlarga tavsiyani o`z ichiga olishi lozim:
- o`lchash natijasini va uning noaniqligini eksperimental kuzatishlar va kirish kattaliklari haqidagi ma`lumotlar asosida hisoblash uchun foydalaniladigan metodlarni tasvirlash;
- hisoblashda ham, noaniqliklarni tahlil qilishda ham foydalaniladigan barcha tuzatishlar va doimiyliklarning qiymatlari va manbalari;
- noaniqlikning barcha tashkil etuvchilarining ularning xar biriga tegishli to`liq hujjatlari bilan ro`yxati.
Ma`lumotlar va ularning tahlili barcha muhim bosqichlarni oson kuzatib turish va zaruriyat bo`lganda so`nggi natijani hisoblashni qaytarish mumkin bo`ladigan tarzda taqdim etilishi lozim. Oraliq qiymatlarni o`z ichiga olgan natijani batafsil taqdim etish talab etilgan hollarda hisobot quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim:
har bir kirish kattaligining qiymati, uning standart noaniqligi va uning qanday olinganligining ta`rifi;
- har bir kirish kattaligining standart noaniqligi uchun erkinlik darajalari soni.
Izoh - Funksional bog`liqlik juda murakkab bo`lgan yoki aniq ko`rinishda mavjud bo`lmagan hollarda (masalan, u faqatgina komp`yuter dasturi sifatida mavjud bo`lishi mumkin) u umumiy ko`rinishda yoki muvofiq manbaga tavsiya yo`li bilan ifodalanishi mumkin. Bunday hollarda kimyoviy taxlil natijasi va uning noaniqligi qanday qilib olinganligi har doim aniq bo`lishi lozim.
Oddiy tahlillar natijalarini taqdim etishda faqatgina kengaytirilgan noaniqlik qiymatini va k qiymatni ko`rsatish yetarli bo`lishi mumkin.
Standart noaniqlikni taqdim etish 1. Noaniqlikni isyakuniy standart noaniqlik ko`rinishida ifodalasangiz (ya`ni, bitta standart og`ish ko`rinishida) yozuvning quyidagi shakli tavsiya etiladi:
«(Natija): is(birliklar) standart noaniqlikda X (birliklar), [standart noaniqlik Metrologiya sohasidagi asosiy va umumiy atamalar Xalqaro lug`ati, 2-nashr, ISO, 1993y. ga muvofiq aniqlanadigan va bir standart og`ishga muvofiq keladigan joy]».