O’tkazuvchanlik xususiyati yuqori bo’lgan materiallar
Ko’rsatkich
Mis
Alyuminiy
QM
YuM
QA
YuA
1
2
3
4
5
Cho’zilishdagi
mustahkamligi,
MPa
250-500
200-280
160/170
80
Nisbiy uzayishi,
%
0,5-2,5
18-35
0,5-20
10-25
Solishtirma
qarshiligi
mkOm
m
0,0179-
0,0182
0,01754
0,0283
0,0280
Statik
qayishqoqlik
moduli, GPa
122-132
177
72
66
128
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 352-bet.
178
Jez
– mis bilan ruhning birikishidan hosil bo’lgan qotishma.Bunday
materialni shtampovkalash ancha qulaydir (3.14-rasm). Jezning ba’zi maxsus
turlariga qirqish usuli bilan ishlov beriladi.Jezning turiga qarab undagi ruh miqdori
10
40% atrofida bo’ladi. Jezning solishtirma qarshiligi sof misnikidan yuqori
bo’lib, bu qiymat 0,04
0,35 mkOm
m ni tashkil etadi.
129
3.14-rasm. Jezning harorat va bosimga bog’liqligi
Bronza asosan mis bilan qalay birikmasidan tashkil topgan qotishma bo’lib,
o’tkazuvchi prujina tayyorlash maqsadida uning maxsus fosforli (0,05
0,1% P, 3-
7% Sn, 2,5% Al, 2% Zn) va boshqa turlari qo’llaniladi. Bronzaning mexanik
mustahkamligi
r
=800
1200 MPa ga yaqin bo’lib, bu qiymat qattiq misning
qiymatidan ikki barobar yuqoridir. Berilliyli bronza (2,25% Be) nisbatan
egiluvchan bo’lib, uning
r
qiymati 1350 MPa gacha ko’tariladi. Bronzaning
aksariyat turlarida
=0,03
0,22 mkOm
m bo’ladi. Kadmiyli bronzaning (0,9
1,0%
Cd) solishtirma qarshiligi 0,019
0,21 mkOm
m, cho’zilishdagi mustahkamligi
650
700 MPa bo’lib, uning yedirilishga chidamliligi nisbatan yuqoridir. Mazkur
turdagi bronza elektr tortgich simlari va ko’tarma kranlar uchun mo’ljallangan
simlarni tayyorlashda ishlatiladi.
129
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 93-bet.
179
Alyuminiy
o’zining elektr o’tkazuvchanlik xususiyati jihatidan misdan keyingi
o’rinda turadigan o’tkazuvchi materialdir.Qattiq alyuminiyning mexanik
mustahkamligi yumshoq alyuminiyga 2 barobar ortiq, solishtirma qarshiligi esa
60% yuqoridir.Mis bilan bir xil o’tkazuvchanlikka ega bo’lishi uchun alyuminiy
simining ko’ndalang kesim yuzasini 60% oshirish talab qilinadi. Bu esa alyuminiy
ishlatilgan elektr mashina va jihozlarning hajmi va tannarxi nisbatan katta
bo’lishiga olib keladi (3.15-rasm).
3.15-rasm. Alyuminiyning harorat va bosimga bog’liqligi
Havo orqali elektr uzatgichlarda alyumin-po’lat simlari keng miqyosda
qo’llaniladi. Bunday simning o’zagi bir-biriga o’ralgan po’lat simlardan iborat
bo’lib, uning ustidan esa alyuminiy simlari o’raladi. Mazkur simlarda mexanik
kuchlanish po’lat, elektr kuchlanishi esa alyuminiy materiallari zimmasiga tushadi.
Qog’ozli va pardali kondensator tayyorlashda izolyatsiya qatlamlari orasida 5-10
mkm qalinlikka ega yupqa alyuminiy zarvaraqlari ishlatiladi. Sof alyuminiydan
(tarkibidagi alyuminiy (99,95
99,99%) tayyorlangan zarvaraq elektrolitik
kondensatorlarda ishlatilib, izolyatsiya materiali sifatida esa mazkur zarvaraqlar
180
sirtiga alyuminiy oksidi yuritiladi. Bunday izolyatsiya qatlaminin gqalinligi
o’zining juda ham kichik qiymati bilan ajralib turadi.
130
Alyuminiy tarkibiga ba’zi boshqa elementlar kiritilishi orqali nisbatan yuqori
mexanik mustahkamlikka ega va o’tkazuvchanligi deyarli o’zgarmagan (
0,03-
0,032 mkOm
m) metall olish mumkin. Bunga misol qilib aldrey (0,5
0,7%
Mg
,
0,5
0,6%
Si
, 0,3%
Fe
, qolgani
Al
) materialini keltirish mumkin.
Temir o’tkazuvchi material sifatida narxi arzonligi va yuqori mexanik
mustahkamligi bilan ajralib turadi.
Xatto sof temirning ham solishtirma qarshiligi mis va alyuminiyga nisbatan
ancha yuqori (
=0,1 mkOm
m) bo’lib, mazkur qarshilik o’zgaruvchan tok ta’sirida
yanada ortadi. Temir (po’lat) simlarning asosiy kamchiligi korroziyaga bo’lgan
chidamsizligidir.Shu sababli, bunday simlar sirti himoya qoplamasi (ruh pardasi)
bilan qoplanadi. Sof temirning mexanik mustahkamligi nisbatan past bo’lganligi
uchun, aloqa va elektr uzatkichlarda (qishloq sharoitida) tarkibida 0,1-0,35%
uglerod, cho’zilishdagi mustahkamligi 700
750 MPa bo’lgan yumshoq po’lat
ishlatiladi. Bunday po’lat, asosan, kichik quvvatli havo elektr uzatkichlarning
simlari sifatida ishlatiladi. Po’latdan o’tkazuvchi material sifatida tramvay va
elektrlashtirilgan temir yo’l (metro)da rels ko’rinishida foydalaniladi.
O’tkazuvchan bimetall (qo’shmetall) – sirtiga bir tekis qilib mis qoplangan
po’lat simdir. Bunday sim tarkibidagi mis miqdori 44-45% bo’lib, simning
solishtirma qarshiligi 0,03
0,04 mkOm ga teng. Bimetall simlarning tashqi
diametri 1
4 mm,
r
ning o’rtacha qiymati (simning butun kesimi bo’yicha)
550
700 MPa,
i
=
l /l
21% bo’ladi. Bir kilometr uzunlikdagi bunday simning
diametriga nisbatan qarshiligi (normal sharoitda va o’zgarmas tokda) 60 Om/km ni
(d=1 mm bo’lganda) va 4 Om/km (d=4mm bo’lganda) ni tashkil etadi. Bunday
simlar elektr va aloqa liniyalarida ishlatiladi.
130
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 158-bet
181
Do'stlaringiz bilan baham: |