15.4.3
Elektr yuritmalarni tormozlash usullari.
Elektr yuritmalarida elektrik tormozlash uchun elektrodinamik tormozlash va qarshi ulab
tormozlash usullari qo‘llaniladi. Energiyani tarmoqqa qaytarib generator rejimida tormozlash
(rekuperativ tormozlash) ko‘pincha juft qutblarni sonini o‘zgartirib asinxron motorlarda qo‘llaniladi.
Elektrodinamik tormozlash. Bunda yakor zanjiri tarmoqdan uzilib tormozlash reostati orqali qisqa
tutashtirildi. EYuK tufayli hosil bo‘lgan yakor toki teskari aylanuvchi moment hosil qiladi. Yurgizish
reostatini pog‘onalarini almashtirishni qaysi parameter funktsiyasida amalga oshirishga qarab uch turga
bo‘linadi: 1) vaqt funktsiyasida; 2) tezlik yoki EYuK funktsiyasida 3) tok funktsiyasida bo‘ladi. Tormozlashni
namunaviy elektr printsipial sxemasi 15.10 - rasmda ko‘rsatilgan.
15.10 – rasm. O ‘zgarmas tok motori EYuK funktsiyasida avtomatik tormozlash sxemasi.
219
Qarshi ulab tormozlash. Bunda motor qisqichlari qutblari o‘zgartirilib teskari tormozlovchi moment
hosil qilinadi. Tormozlash paytida tormozlash reostati qo‘llaniladi. Tormozlash reostati tormozlash paytida
vujudga keladigan katta toklarni cheklaydi. Tormozlashni namunaviy elektr printsipial sxemasi quyida
ko‘rsatilgan. Tormozlash uchun to‘xtash tugmasi St bosiladi. Bunda asosiy kontaktor KL ochilib motor
tarmoqdan uziladi. Ayni paytda blok kontakt RT berkilib tormozlash zanjirini ulaydi. Motor dinamik
tormozlanadi. Motor tezligi kamayganda EYuK kamayadi va yakor zanjiridagi kuchlanish relesi kontaktlari
ochiladi va tormozlash zanjiri ham ochilib sxema dastlabki holatga qaytadi. Dinamik tormozlash usuli
elektr yuritma ish rejimi davomida to‘plagan kinetic energiyadan tormozlash uchun foydalaniladi. Bunda
tormozlash uchun energiya tarmoqdan emas, balki motorning o‘zidan foydalaniladi. Shuning uchun bu usul
eng samarali usul bo‘lgan uchun elektr yuritmalarda keng qo‘llaniladi.
Asinxron elektr yuritmalarda dinamik tormozlanishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Buning uchun havo
oralig‘ida o‘zgarmas magnit maydon bo‘lishi kerak. Shuning uchun asinxron motorni dinamik tormozlash
quyidagicha amalga oshiriladi. Asinxron motor tarmoqdan uziladi va stator chulg‘amining ikki fazasi
o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi. Bunda odatda tarmoqga ulangan to‘g‘rlagichdan foydalaniladi. Havo
oralig‘ida o‘zgarmas magnit maydon hosil bo‘ladi. Motor tezligi nolga teng bo‘lganda rotor EYuK nolga teng
bo ‘ladi va tormozlash jarayoni tugaydi.
Asinxron motorlarda qarshi ulab tormozlash uchun stator chulg‘ami fazalari ketma-ketligi
almashtiriladi. Buning uchun stator chulg‘amning ikkita fazasi o‘rni almashtirilib qayta ulanadi. Bunda
aylanayotgan magnit maydonning yo‘nalishi o‘zgaradi va motor jadal tormozlanadi. Agar motorni tezligi
noldan o‘tayotgan payt o‘chirilmasa motor teskari tomonga aylanib ketadi. Buning oldini olish uchun
tormozlash zanjiri tezlik relesi orqali ulanadi va tezlik yo‘nalishi o‘zgargan paytda tormozlash zanjiri
uziladi.
Rekuperativ tormozlash motorning tezligi salt ishlash tezligidan oshib ketgan paytda yuz beradi.
Bunda motor generator rejimiga o‘tadi va energiyani tarmoqga qaytaradi. Shuning uchun bunday
tormozlash rekuperativ tormozlash deyiladi. Motor generator rejimiga o‘tganda yo‘nalishini o‘zgartiradi va
tormozlash jarayoni to tezlik motor rejimiga o‘tguncha davom etadi. Rekuperativ tormozlanish nol tezlikka
bormas ekan. Bunday tormozlanish ko ‘pincha reaktiv qarshilik momently texnologik mexanizmlarda yoki
qutblar soni ko‘paytirilganda yuz beradi. Rekuperativ tormozlanishni amalga oshirish uchun maxsus sxema
qo‘llash kerak emas, balki bu jarayon elektr mashinaning xossasidir. Rekuperativ tormozlanish
boshqarilmaydi va yo‘qoib bo‘lmaydi.
Elektr yuritmalarni tormozlashda bundan tashqari mexanik bloklagichlar ham qo‘llaniladi,
tormozlanish jarayoni tugagandan so‘ng mexanik tormoz bilan maxkamlab qo‘yiladi [11].
N a z o r a t s a v o l l a r i.
1.
“Elektr yuritma” ta’rifi.
2.
Ishlab chiqarish agregatlaridagi elektr motorlarning soniga qarab elektr
yuritmalar necha turli bo’ladi?
3.
Guruhli elektr yuritma deb nimaga ataladi?
4.
Yakkalangan elektr yuritma deb nimaga ataladi?
220
5.
Ko‘p motorli
elektr yuritma deb nimaga ataladi?
6.
Elektr yuritmalar motor turiga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
7.
Elektr yuritma harakatni uzatilishiga qarab qanday guruhlarga bo‘linadi?
8.
Harakat turiga qarab elektr yuritma qanday turlarga bo‘linadi?
9.
Elektr yuritma tezligi yoki holatini rostlash bo‘yicha qanday guruhlarga bo‘linadi?
10.
Elektr yuritma uzatish mexanizmining turiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
11.
Elektr yuritmalar avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha qanday gruhlarga bo‘linadi?
12.
O‘tish jarayonlarining parametrlarini ta’riflab bering.
13.
Elektromagnit o‘tish jarayonlari nima?
14.
Elektromexanik o‘tish jarayonlari nima?
15.
Elektrodinamik tormozlash nima?
16.
Qasrshi ulab tormozlash nima?
17.
Rekuperativ tormozlash?
18.
Elektromagnit o‘tish jarayonlari ko ‘rsatkichlarini ayting?
221
Do'stlaringiz bilan baham: |