Elektrotehnika va elektronika



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/256
Sana01.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#297691
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   256
Bog'liq
UphaxUDZs1c53MJuQsuepgecspD0Xy8OHyiIDkeO

14.3 Avtomat o‘chirgichlar.
 
Hozirda  hech  bir  elektr  sxemani  avtomat  o’chirgichlarsiz  tasavvur  qilib  bo’lmaydi.  Elektr 
qurilmalarda eng keng qo’llaniladigan avtomat o’chirgichlarga misollsr quyida keltirilgan(14.11-rasm.). 
 
14.11-rasm. Elektr qurilmalarda eng keng qo’llaniladigan avtomat o’chirgichlar. 
 
Differentsial tok (farqlanish toki) tasirida tez ishga tushuvchi himoya o’chirgichi. Inson beixtiyor 
elektr jihozlarining tok o’tkazuvchi qismlariga tegib ketganda elektr tokidan himoyani ta’minlaydi.  
Avtomatik o‘chirgichlari normal bo‘lmagan rejimda ishlayotgan elektr zanjirlarni avtomatik ajratish 
va normal ish rejimlarida, kam hollarda operativ qayta ulash uchun xizmat qiladi. 
Avtomatik uzgichlarida yoyni so‘ndirish uchun maxsus muhit qo‘llanilmaydi. 
Qutblar soniga qarab avtomatlar bir, ikki va uch qutbli bo‘ladi. 
Ishlab ketish vaqti 
t
sr
 bo‘yicha, ya’ni tekshiriladigan parametr (tok, kuchlanish, harorat) belgilangan 
qiymat  (avtomatning  qurilmasi)  dan  ortish  momentidagi  vaqtdan  kontaktlarning  ajrash  momentigacha 
bo‘lgan vaqtga qarab quyidagilarga bo‘linadi: normal avtomatlar 
t
sr
=0,02-0,1 s; ushlash vaqtini 
1
 
s
 gacha 
rostlovchi selektiv avtomatlar; tez ta’sir qiluvchi avtomatlar 
t
sr 

 0,005 s. 
Avtomatlarni  turli  ushlash  vaqti 
t
1
<
t
2
<
t
3
  ga  o‘rnatish  yo‘li  bilan,  selektiv  avtomatlar  tarmoqlarni 
selektiv muhofazalash imkonini beradi. 
Tez  ta’sir  qiluvchi  avtomatlar  tarmoqdagi  toklarni  cheklash  imkonini  beradi,  chunki  ular  zanjirni 
tarmoqdagi q.t. toki 
i
u
 miqdorga etmasdan oldinroq uzadi. 
Avtomatlar kuchlanishi o‘zgaruvchan tokda 660 V gacha va o‘zgarmas tokda 440 V gacha bo‘lganda 
6000 A gacha toklar uchun mo‘ljallab ishlab chiqariladi. 
Avtomatlarning uzish qobiliyati 200-300 kA gacha etadi. 
Har  qanday  avtomatda  quyidagi  asosiy  elementlarni  ajratib  ko‘rsatish  mumkin:  yoy  so‘ndiruvchi 
tizimli kontaktlar; yuritma; erkin ajratish mexanizmi; ajratkichlar; yordamchi kontaktlar. 


196 
 
Avtomatlarning 
kontaktlar
i uzoq vaqt qizimasdan nominal toklarni o‘tkazishi va q.t. toklarini uzishda 
yoy ta’siriga chidashi kerak. Birinchi shartga muvofiq, kontaktlarni o‘tish qarshiligi uncha katta bo‘lmagan 
solishtirma qarshiligi kichik materialdan, ikkinchi shart bo‘yicha esa yoy ta’siriga chidaydigan materialdan 
tayyorlash kerak. Ikkala talabni bir vaqtning o‘zida bajarish mumkin bo‘lmaganligi uchun ikki juft - bosh va 
yoy so‘ndiruvchi kontaktlar qo‘llaniladi. Normal rejimda tokning asosiy qismi mis, kumush yoki ularning 
qotishmasidan tayyorlangan bosh kontaktdan o‘tadi. Uzilganda avval asosiy kontaktlar ajraydi, lekin zanjir 
uzilmaydi, chunki tokning hammasi yoy so‘ndiruvchi kortaktlar zanjiriga o‘tadi, so‘ngra yoy so‘ndiruvchi 
kontaktlar ajraydi va ularda elektr yoy ham so‘nadi. Uziladigan toklar 30 kA dan oshmasa yoy so‘ndiruvchi 
kontaktlar  misdan,  katta  toklarda  esa  volframdan,  uning  qotishmasidan  yoki  metallokeramikadan 
tayyorlanadi. Bu kontaktlar konstruktsiyasi bo‘yicha oson almashtiriladigan qilib tayyorlanadi. 
Uncha  katta  bo‘lmagan  toklarga  mo‘ljallangan  avtomatlarda  bir  juft  kontakt  bo‘ladi.  O‘tish 
qarshiligini  kamaytirish  uchun  kontaktlarni  siqish  prujina  orqali  amalga  oshiriladi.  Q.t.  toklari  o‘tganda 
kontaktlar  orasidan  kontaktlarni  ajratish  uchun  harakat  qiladigan  elektrodinamik  kuch  hosil  bo‘ladi.  Bu 
kuchni  kompensatsiyalash  uchun  shinkalar  sirtmoq  ko‘rinishida  bukilgan,  shuning  uchun  shinkadagi 
toklarning yo‘nalishi turlicha bo‘ladi, bu hol kontaktlarni birbiriga siquvchi elektrodinamik kuch hosil qiladi. 
Avtomatning 
yoy so‘ndiruvchi tizimi
 avtomatni o‘chirishda hosil bo‘ladigan yoyni so‘ndirish uchun 
xizmat qiladi. Po‘lat plastinkali (uzun yoyni qisqa yoylarga bo‘lish samarasi) yoy so‘ndiruvchi kameralar 
keng qo‘llaniladi. Uziladigan tok katta bo‘lganida yoyni tor tirqishda so‘ndirish samarasidan foydalanishga 
asoslangan bo’ylama-tirqishli va labirint-tirqishli kameralar ishlatiladn. Yoyni kameraga tortish magnitli 
puflash bilan amalga oshiriladi. Kamera materiali yuqori yoy turg‘unligiga ega bo‘lishi kerak(14.12-rasm.).    
14.12-rasm. Magnit yoy so’ndirgichning umumiy ko’rinishi.
 
 
Erkin  ajratish  mexanizmi  avtomatni  vaqtning  istalgan  momentida  o‘chirishni  ta’minlaydi, 
shuningdek,  yoqish  jarayonida  ham  o‘chirish  lozim  bo‘lsa,  uni  amalga  oshiradi.  U  sharnirli  bog‘langan 


197 
 
richaglar hamda tayanchlardan iborat. Ulash paytida harakat dastadan richaglar orqali kontaktli richagga 
uzatiladi,  bu  richag  avval  yoy  so‘ndiruvchini,  so‘ngra  esa  bosh-kontaktlarni  tutashtiradi.  Avtomat 
ulanganda, richaglar «o‘lik» holatga o‘tadi, tayanch ularning pastga harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar 
ulash  vaqtida  qisqa  tutashuv  mavjud  bo‘lsa,  unda  ajratkich  ta’sirida  mexanik  bog‘lanish  richaglarni 
sharnirli  birikma  bo‘yicha  «sindiradi»  va  uzuvchi  prujina  ta’sirida  kontakt  tizim  chapga  suriladi,  dasta 
orqali ulanishga kuch berilishiga qaramay, bu tizimda o‘chirilish amalga oshadi. 
Issiqlik  relesi
  -
  bu  elektromagnit  yoki  bimetall  mexanizmlar  bo‘lib,  ular  zanjirning  berilgan 
parametrini  nazorat  qiladi  va  parametr  belgilangan  qiymatidan  oshib  ketganda  avtomatni  o‘chiradi. 
Bimetall  (issiqlik)  ajratkich  tarmoqqa  shunt  orqali  ulangan  qizdirgichdan  issiqlik  oladi.  Turli  chiziqli 
keygayishi koeffitsientlariga ega bo‘lgan ikki metalldan tashkil topgan bimetall plastinka qiziganda egilib, 
erkin  ajratish  mexanizmi  richagini  sindiruvchi  tortqiga  kuch  beradi.  Issiqlik  ajratkich  yordamida 
o‘tayuklanishdan muhofaza qilinadi. Ishlab ketish vaqti o‘tayuklanish tokiga bog‘liq: tok qancha katta bo‘lsa, 
bimetall plastinka shuncha tez qiziydi va uzish tezroq amalga oshadi. Issiqlik inertsiyasi katta bo‘lganligi 
sababli issiqlik ajratkichlar elektr dvigatellarning ishga tushiruvchi toklari ta’sirini sezmaydi. 
 
14.13-rasm. Issiqlik relesining umumiy ko’rinishi.
 
 
Issiqlik relesi – barcha elektr jihozlar(elektr dvigatellar, elektr  isitgichlar va h.k.) ni o’ta yuklanish 
tokidan  himoya qilishga mo’ljallangan.  Uning  ishlash tamoyili  o’tkazgichdan tok o’tganda uning qizishiga 
asoslangan. Issiqlik relesini asosiy qismi bu bimetall plastina bo’lib undan o’ziga hisoblangandan yuqori 
qiymatda tok oqib o’tganda egilib tegishli kontaktni ajratib qo’yadi.  

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish