10.3
Uch fazali transformatorlar.
Uch fazali transformatorlarning tuzilishi 10.4-rasmda keltirilgan. Ularning ishlatilishida ko‘pincha bir
fazali iste’molchilarning transformator uchala fazalariga notekis taqsimlanishi, shuningdek, bir fazali va
ikki fazali qisqa tutashuvlar natijasida hosil bo‘luvchi avariya rejimlari yoki biror faza o‘tkazgichining
uzilishi natijasida transformatorning uchala fazasida toklarning notekis taqsimlanishini ko‘rish mumkin.
Buning natijasida transformator ikkilamchi chulg‘ami kuchlanishining nosimmetrik iste’molchilarda
ko‘pgina noqulayliklar tug‘diradi.
10.4 – rasm. Uch fazali kuch transformatorining tuzilishi.
129
Masalan, o‘zgaruvchan tokli uch fazali yuritgichlarni nosimmetrik kuchlanish bilan ishlatilsa, uning
quvvati kamayadi; cho‘g‘lanma lampalar oshirilgan kuchlanishda ishlasa, uning xizmat muddati keskin
qisqaradi, pasaytirilgan kuchlanishlarda esa yorug‘lik kuchi keskin kamayadi. Nosimmetrik yuklanish
transformatorlarning o‘ziga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi: ayrim chulg‘amlarda o‘ta yuklanish vujudga
keladi; faza kuchlanishlar oshib ketadi va magnit o‘tkazgichlarning o‘ta to‘yinishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun transformatordagi nosimmetrik yuklanish jarayonlarini o‘rganish muhim amaliy
ahamiyatga ega, chunki u yoki bu nosimmetrik yuklanishning natijalarini oldindan bilish, iste’molchi va shu
bilan birga, transformatorning normal ishlash qobiliyatlari, nosimmetrik yuklanishning qanday
qiymatlarigacha saqlanishi haqida takliflarni ishlab chiqishga imkon beradi.
Transformatorning nosimmetrik rejimlarini o‘rganishdan maqsad birlamchi liniya kuchlanishlari
CA
BC
AB
U
U
U
,
,
va yukning nosimmetrik to‘la qarshiliklari berilgan bo‘lsa, transformator ishini
xarakterlovchi hamma boshqa qiymatlarni ikkilamchi faza va liniya toklari va kuchlanishlari, birlamchi faza
va liniya toklari va faza kuchlanishlarini aniqlashdir.
Transformatorning nosimmetrik yuklanishini o‘rganishda simmetrik tashkil etuvchilar usuli keng
qo‘llaniladi.
Transformatorlar ishlashi jarayonida ular shikastlanganda (avariya) yoki ta’mirlash ishlarini olib
borganda iste’molchini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash masalasi turadi. Buni amalga oshirishda
ikki (yoki undan ko‘p) transformatorlarni parallel ulash usuli keng qo‘llaniladi. Undan tashqari, bunday
ulash natijasida parallel ishlayotgan transformatorlarning sonini o‘zgartirib, ularning maksimal FIK lari
bilan, hamda ularning har birini optimal ishlashlarini ta’minlash mumkin.
Transformatorlar parallel ulanganda, ular har birining birlamchi chulg‘amlari ta’minlovchi
tarmoqqa, ikkilamchisi esa iste’molchining tarmog‘iga ulanadi.
Transformatorlarni parallel ulash uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
1)
parallel ulanayotgan transformatorlarning birlamchi nominal kuchlanishlari o‘zaro va
ikkilamchi nominal kuchlanishlari o‘zaro teng bo‘lishlari kerak,
2)
parallel ulanayotgan transformatorlarning ulanish guruhlari bir xil bo‘lishi shart;
3)
qisqa tutashuv kuchlanishining aktiv va induktiv tashkil etuvchilari o‘zaro teng
bo‘lishlari kerak.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |