Payvandlash transformatorlari
- payvandlashning turiga qarab turli konstruktsiyada
tayyorlanadi. Ular elektr yoyi yordamida yoki kontakt usulida payvandlash qurilmalarida ishlatiladi.
Payvandlash transformatori tarmoq kuchlanishini pasaytiruvchi oddiy bir fazali ikki chulg‘amli
transformatordir. Bunday transformator uchun ikkilamchi chulg‘amning qisqa tutashish sharoitida
ishlashi normal sharoit hisoblanadi. Qisqa tutashish tokining qiymatini kamaytirish maqsadida
chulg‘amlarning induktiv qarshiligi katta qilib tayyorlanadi. Shuning uchun payvandlash
transformatorlarining quvvat koeffitsienti kichkina bo‘ladi. Induktiv qarshilikni kattalashtirish uchun
bunday transformatorlarda maxsus konstruktsiyadagi chulg‘am yoki ikkilamchi chulg‘am zanjiriga
qo‘shimcha induktiv qarshilik ulanadi.
Chulg‘amning induktiv qarshiligini kattalashtirish uchun sochilish oqimi qiymatini kattalashtirish
lozim. Buning uchun chulg‘am o‘zakning ikkita yoki bitta sterjenida turli balandlikda o‘rnatiladi. Magnit
o‘tkazgichda magnit shuntlarni qo‘llash ham sochilish oqimini va chulg‘amning induktiv qarshiligini ancha
oshiradi (10.5–rasm, a).
Payvandlash transformatorining ikkilamchi chulg‘amining kuchlanishi 60 . . .70V va nominal yuklama
bilan ishlaganda 30 V bo‘ladi. Elektr yoyning uzluksiz va turg‘un yonib turishi uchun zanjirda tok deyarli
o‘zg‘armasligi, induktivlik esa ancha o‘zgarishi lozim. Payvandlash zanjirida tokni rostlash uchun
transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga magnit o‘tkazgichli induktiv g‘altak ketma–ket ulanadi (10.5.–
rasm, b).
Payvandlash toki induktiv g‘altakning reaktiv qarshiligini o‘zgartirib rostlanadi. Tok qiymati elektrod
diametriga qarab tanlanadi. Induktiv g‘altakning o‘zagi qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qismlardan iborat.
G‘altakning reaktiv qarshiligi uning qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan o‘zaklari orasidagi masofaga bog‘liq
bo‘ladi.
131
Havo oralig‘i (
δ
) katta bo‘lsa, g‘altakning reaktiv qarshiligi kamayadi, zanjirda tok qiymati oshadi va
aksincha. Havo oralig‘ini o‘zgartirib zanjirda payvandlash tokini 70 A dan 300 A gacha o‘zgartirish mumkin.
Payvandlash vaqtida ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi 30 V gacha kamayishi mumkin.
10.5-rasm. a – magnit shuntli payvandlash transformatiri, b – reaktiv g’altakli
payvandlash transformatiri, c - payvandlash transformatirining tashqi
tavsifi
.
Bitta transformator bir nechta payvandlash apparatni ta’minlashi mumkin, lekin har bir apparat
o‘zining alohida reaktiv g‘altagiga ega bo‘lishi kerak. Reaktiv g‘altak payvandlash qurilmasining tashqi
tavsifni keskin tushuvchi qilib uning egriligini oshiradi (10.5.–rasm, c) Amalda induktiv g‘altak
transformator bilan bir butun qurilma sifatida tayyorlanishi ham mumkin.
Turli sohalarda STE–22, STE–34, STN–500 va boshqa markali payvandlash transformatorlari keng
ishlatiladi. (10.6 – rasm) STE–34 markali payvandlash transformatorining texnik tavsifi quyidagicha:
P
n
=30
kVA;
U
1
/
U
2
= 220/60 V;
I
1
/
I
2
=147/500 A; salt ishlash toki 3,4%; o‘zak markasi E41 = 0,5; FIK 93%; tok
zichligi 3,2 A/mm
2
. Induktiv g‘altakniki: kuchlanishi 50 V, po‘lat markasi 341-0,5; tok zichligi 3,48 A/mm
2
.
132
10.6-rasm. Payvandlash transformatorining tuzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |