O‘tkazuvchi sirtli shishalar. Qo‘rg‘oshin ikki oksidi (SnO
2
)
bilan qoplangan shaffof sirtli elektr izolatsion shishalar eng keng
tarqalgan. Ularda qo‘rg‘oshin oksidi (SnO) va qo‘rg‘oshin metali
(Sn) kiritmalari teng taqsimlangan. Bir necha mikron qalinlikdagi
qavatlar ham 10 dan 40 Om gacha va undan yuqori sirt solishtirma
qarshilikni ta’minlashi mumkin. Xossalariga ko‘ra ularni elektron
yarimo‘tkazgichlarga kiritish mumkin. Hozirgi kunda o‘tkazuvchi
sirtlar uchun titan, indiy va boshqalarning oksid pardalari
qo‘llanilmoqda. O‘tkazuvchi sirtli shishalardan elektroluminissent
kondensatorlar, fotoelementlar, pardali rezistorlar va boshqalarni
ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |