Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/168
Sana31.12.2021
Hajmi4,26 Mb.
#254890
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   168
Bog'liq
elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini tamirlash manbalari

Qatlamli  plastiklar.  Past  chastotali  zanjirlarning  konstruk-
sion va elektr izolatsion materiallari sifatida asosi u yoki bu tolali
material bo‘lgan qatlamli plastiklar keng qo‘llaniladi. Ularga geti-
naks, tekstolit va boshqalar kiradi.
Getinaks  A  bosqichida  fenolformaldegid  smola  yoki  shu
turdagi boshqa smolalar shimdirilgan qog‘ozni qaynoq presslash
usuli bilan olinadi. Qog‘ozni smola bilan shimdirishni turli usullar


65
bilan amalga oshiradilar: lok bilan,  eritilgan smola surtish yo‘li
bilan yoki suvli smolali suspenziyaga botirish yo‘li bilan. Oxirgi
usul ancha arzon bo‘lib, qoniqarli sifatdagi material olishga imkon
beradi.
Shimdirilgan  qog‘oz  kerakli  shakldagi  listlarga  bo‘linadi,
kerakli qalinlikdagi uyumlarga yig‘iladi va gidravlik pressdagi po‘lat
plitalar oralig‘iga joylanadi. Qatlamli plastiklar ishlab chiqarishda
ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  uchun  plitalarni  bir
necha  isitish  qavatlariga  joylashtiriladi,  shimdirilgan  qog‘ozlarni
birvarakayiga barcha qavatlarga joylanadi. Presslash vaqtida issiqlik
plitalardan presslanayotgan materialga uzatiladi; fenolformaldegid
smola eriydi, qog‘oz tolalari oraliqlardagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi va
alohida listlar ko‘rinishida pishitiladi (C bosqichiga o‘tiladi), qotiri-
ladi va qog‘ozning alohida qavatlari mahkam bog‘lanadi.
Getinaks  presslanganda  materialga  berilayotgan  bosim
(100—120) 10
5
 n/m
2
 ga teng bo‘ladi. Pressdagi plitalar tempera-
turasi 160—165°C; qaynoq plitalar orasida bosim ostida ushlanish
vaqti har bir millimetr qalinlik uchun 2 minutdan 5 minutgacha.
Radioapparaturalarda  qo‘llaniladigan  getinaks  xossalari
3.1-jadvalda keltirilgan.
Getinaks qatlamli tuzilishga ega bo‘lganligi sababli, perpen-
dikular va parallel yo‘nalishlardagi elektr xossalari turlicha (3.1-
jadvalga  qarang).  Masalan,  getinaksning  qatlamlar  bo‘ylab
solishtirma hajmiy qarshiligi, ko‘ndalang qatlamlardagiga nisbatan
50—100 marta kichik, qatlamlar bo‘ylab elektr mustahkamlik esa
ko‘ndalang qatlamlardagiga nisbatan 5—8 marta kichik. Getinaksni
mexanik usulda qayta ishlash mumkin. Bu vaqtda qirqish asboblari
qattiq  qotishmalardan  tayyorlanishi  kerak;  stanoklar  chang
yutadigan  tyaga  bilan  jihozlangan  bo‘lishi  lozim;  uncha  katta
bo‘lmagan uzatishlarda kesish tezligi katta bo‘ladi; sovitish faqat
havo  orqali  amalga  oshiriladi.  Ingichka  getinaks  shtampovka


66
qilinayotganda, odatda, detal chekkalari yorilib ketmasligi uchun
oldindan  isitish  qo‘llaniladi.  Shtampovka  qilingan  detallarning
chekkalarini  elektroizolatsion  lok bilan  himoyalash  tavsiya  etiladi.
Materialning sirtki qatlamini frezirovka qilish mumkin emas, chun-
ki  qayta  ishlash  natijasida  getinaksning  namlikka  bardoshliligi
yomonlashadi.
Radioapparaturaning past chastotali zanjirlari pechat sxema-
larini yasashda folgalangan getinaks qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda
bunday materialning 7 turi ishlab chiqariladi. Bunday getinaks,
bir yoki ikki tomonidan qalinligi 0,035—0,05 mm bo‘lgan elek-
trolit qizil mis bilan qoplangan bo‘ladi.
Tekstolit getinaksga o‘xshaydi, lekin shimdirilgan qog‘ozdan
emas, shimdirilgan tabiiy matodan yasaladi. Uning yuklamaning
o‘zgarmas  kuchlanishida  shimdirilgan  tabiiy  matodan  yasalgan
tekstolitning  elektr  va  mexanik  xossalari  getinaksnikidan  kam,
lekin yuqori solishtirma zarba qovushoqlikka ega.
4.1-jadval

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish