Elektrofor mashinaning sharchalarini o'tkazgich orqali neon lampoch- kaga ulaylik. Mashina diski aylantirilganda uning sharchalaridan birida musbat, ikkinchisida manfiy zaryadli zarralar hosil bo'ladi. Bu qarama-qarslii ishorali zarralar orasida, ya'ni ularga ulangan o'tkazgichda elektr maydon vujudga keladi. Maydon ta'sirida elektronlar o'tkazgich bo'ylab tartibli harakat qiladi va tok hosil bo'ladi. Bu tok tufayli neon lampochka yonadi. Disk to'xtovsiz aylantirib turilsa, sharchalarning zaryadlanislii uzluksiz davom etadi va lampochka ham yonib turaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |