1
6-amaliy mashg‘ulot. Etalonlar va ularning o‘lchashlar birliligini ta’minlashdagi o‘rni
Birlik o‘lchamlarini uzatish tizimi
Ta’kidlanganidek, istalgan o‘lchash amali o‘lchanadigan kattalikning noma’lum
o‘lchamini aniq o‘lchami bilan solishtirishdan iboratdir. Aniq o‘lcham sifatida tegishli
birlikning o‘lchami ishlatiladi.
Birlik o‘lchamining saqlovchisi, bu muayyan konkret o‘lchash amalini o‘tkazishda
qo‘llaniladigan o‘lchash vositasidir. Birlik o‘lchami to‘g‘risidagi ma’lumot o‘lchash
vositasining ko‘rsatkichida, shkalasida va h.k. ko‘rsatiladi.