7.5.4. Elektrostatik о‘lchash asboblari
Elektrostatik о‘lchash mexanizmlari qо‘zg‘aluvchan va qо‘zg‘almas (plastinka) о‘tkazgichlardan iborat bо‘lib, ularda aylantiruvchi moment zaryadlangan ikki sistema plastinkalarining, о‘tkazgichlarning о‘zaro ta’sirlashuvidan hosil bо‘ladi. Elektrostatik о‘lchash mexanizmlarida qо‘zg‘aluvchan qismning harakatga kelishi (burilishi) sig‘imning о‘zgarishiga ya’ni plastinkalarning aktiv yuzasi yoki ular orasidagi masofani о‘zgarishiga bog‘liq bо‘ladi. Shuning uchun bu sistema asboblari faqat kuchlanishni о‘lchashda ya’ni voltmetr sifatida ishlatiladi.
Birinchi turdagi elektrostatik о‘lchash mexanizmlari asosan 10 va 100 voltlardagi kuchlanishlarni о‘lchashda ishlatiladi, ikkinchi turidagi esa yuqori, ya’ni kilovoltlardagi kuchlanishlarni о‘lchashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |