Электроника ва автоматика факультетининг «Радиотехника ва касб таълими» кафедрасида 5522000 – Радиотехника ва 5140900 – Касб таълими ихтисосида таълим олувчи талабалар учун «аналог электрон šурилмалар схемотехникаси»


“Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish” fanining rivojlanish tarixi



Download 2,16 Mb.
bet3/191
Sana11.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#352313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Bog'liq
metralogiya

1.2 “Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish” fanining rivojlanish tarixi

XX asrning ikkinchi yarmida xalq xо‘jaligining barcha sohalaridagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishini bejiz ilmiy-texnikaviy inqilob deb atalmaydi. Ilg‘or ilmiy yutu muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan о‘lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon- bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan tо‘rttasining kengligi; fut- oyoq qlar fanga, bizning kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada odatiy bо‘lib qolganki, aksariyat hollarda biz ularga e’tibor bermaymiz yoki sezmaymiz. Ba’zan esa, bizga, korhona yoki laboratoriyaga yetib kelguncha ularning qanchalik murakkab, notekis yо‘llardan о‘tganligini kо‘z oldimizga keltirmasdan, fikr yuritmagan holda ulardan foydalanamiz. Yuqoridagilarning hammasi tо‘la ma’noda zamonaviy axborotli о‘lchash texnikalariga ham tegishlidir.

О‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. О‘lchashlarga bо‘lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, yer maydonlarining yuzalarini, jismlarning о‘lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, о‘zining sezgisi va tajribasi asosida о‘lchay boshlagan.

Eng qadimgi о‘lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillika asoslangan holda kelib chiqqan о‘lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon-bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan tо‘rttasining kengligi; fut-oyoq tagining uzunligi; pyad - yozilgan bosh va kо‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar.

Asrlar о‘ta bizga yetib kelgan ba’zi о‘lchov birliklari xozirda ham ishlatiladi. Masalan, qadimgi janubi-sharqda "loviya doni ", "nо‘xotcha " ma’nosini bildirgan, turli qimmatbaxo toshlarning о‘lchov birligi sifatida ishlatilgan -KARAT: dorishunoslikda og‘irlik birligi qilib qо‘llanilayotgan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida "bug‘doy doni " ma’nosi bildiruvchi -GRAN va hakozolar

Ba’zi bir tabiiy о‘lchovlar ham uzoq о‘tmishga ega. Ularning dastlabkilaridan biri, hamma yerda ishlatiladigan vakt о‘lchovlaridir. Munajjimlarning kо‘p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik yerning о‘z о‘qi atrofida tо‘la aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha bо‘lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda о‘lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oraligiga teng bо‘lib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm bо‘lgan suv soatidan massasi taxminan 500 grammga teng bо‘lgan "mina suv" oqib ketgan.

Keyinchalik mina о‘zgarib, biz о‘rganib qolgan minutga aylandi.

Vaqtlar о‘tishi bilan suv soatlari о‘z о‘rnini qum soatlariga, ular ham vaqti kelib mayatnikli mexanizmlarga bо‘shatib berdilar.

Insoniyat taraqqiyot rivojlanishining ilk davrlaridanoq "moddiy" о‘lchashlar va о‘lchov birliklarining katta ahamiyatini tushunib bilganlar.

Fan va texnikaning rivojlanishi har xil fizikaviy kattaliklarning о‘lchamlarini muayyan о‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida о‘lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya yuzaga keldi. Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi о‘lchash vositalari va usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. О‘lchashlar nazariyasi hamda vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika yutuqlarining uchta asosiy bosqichini ajratib kо‘rsatish mumkin:

-ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va stanoklarga biriktirilgan о‘lchash vositalarining yaratilishini talab qiluvchi texnologik bosqich (manufaktura va mashina ishlab chiqarishning yuzaga kelishi);

-ishlab chiqarish jarayonlarini kuchaytirish sharoitida foydalanilayotgan о‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unumdorligini keskin oshirishni talab qiluvchi energetik bosqich (bug‘ energiyasini ishlatish, ichki yonuv dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish);

-zamonaviy fan yutuqlarining barchasini о‘lchash vositalarining tarkibiga kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lash va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish) bosqichi. Bu bosqichning alohida xususiyatlaridan biri obyektlar va jarayonlar holatini muayyan parametrlar yordamida umumiy baholovchi о‘lchash tizimlarini yaratish bо‘lib, olingan natijalarni bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun foydalanishdan iboratdir.

Amaliyot juda keng kо‘lamdagi fizikaviy kattaliklar qiymatini, kо‘pincha juda tez (sekundning milliarddan bir ulushlarida), yuqori aniqliqda (xatolik о‘lchanayotgan qiymatning 10 % idan kichik) va nafaqat inson sezgi organlari tо‘g‘ri ilg‘ay olmaydigan, balki hayot uchun sharoit bо‘lmagan holatlarda ham aniqlashni talab qiladi. Shu kunlarda fanga yuzdan ortiq har xil fizikaviy kattaliklar ma’lum bо‘lib, ularning 70 dan ortig‘ini о‘lchash mumkin. Hozirgi kunlarda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli ilgari о‘lchab bо‘lmaydi deb hisoblangan kattaliklarni о‘lchash va baholash imkoni yaratilmoqda. Masalan Sankt Peterburg aloqa instituti olimlari hidni о‘lchash borasida birmuncha yutuqlarni qо‘lga kiritganlar. Bu xususda buyuk italiyalik olim Galileo Galileyning quyidagi sо‘zlarini eslab о‘tish о‘rinli bо‘ladi: - «О‘lchash mumkin bо‘lganini о‘lchang, mumkin bо‘lmaganiga esa imkon yarating». Kondensatorning elektr sig‘imi, nurlanish oqimi, erigan metallning temperaturasi va atomning magnit maydoni kuchlanganligi kabi kattaliklarni maxsus texnikaviy vositalar-о‘lchash о‘zgartkichlari, asboblari va tizimlaridan foydalanmasdan о‘lchashni amalga oshirish mumkin emas. Bularning hammasi ongimizga, hayotimizga shunchalik singib ketganki, aksariyat hollarda biz ularning atrofimizda mavjud ekanligini sezmaymiz. Hamma joyda: uy-rо‘zg‘or va ishlab chiqarishda, dalada va kasalxonada. avtomobilda va ilmiy laboratoriyada ular bizning beg‘araz va tengsiz yordamchilarimizdir.

Ishonch bilan aytish mumkinki, о‘lchash inson ongli hayotining asosini tashkil etadi. Bu borada kо‘plab olimlar о‘lchash texnikasining rivojiga munosib hissa qо‘shganlar. Ular ichida birinchi navbatda quyidagilarni: Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ulug‘bek, Mixail Lomonosov, Dmitriy Mendeleyev va boshqalarni alohida kо‘rsatib о‘tish о‘rinli bо‘ladi. Ahmad Farg‘oniyning «Miqyosi Nil», ya’ni Nil daryosining sathini tutash idishlar qonuniyati asosida о‘lchash va uning natijasiga kо‘ra yilning yog‘ingarchiligi va uning ekin hosiliga ta’siri tо‘g‘risidagi ma’lumotlari, Ulug‘bekning «Zij jadvallari»da keltirgan, hozirgi kunlarda eng zamonaviy о‘lchash qurilmalarida olingan natijalardan juda oz tafovut qiluvchi ma’lumotlari alohida tahsinga sazovordir. Bundan tashqari, Forobiyning astronomik kuzatishlar va о‘lchashlar uchun maxsus asbob - uskunalar yasash sirlari xususidagi qimmatli ma’lumotlari juda katta ham ilmiy, ham falsafiy ahamiyatga egadir.

О‘lchash texnikasi ehtimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa ilmiy yо‘nalishlar bilan birgalikda informatsion-о‘lchash, ya’ni о‘zida asosiy informatsiya olish imkonini beradigan vositalarni jamlagan (о‘lchash, nazorat qilish, hisoblash, tashxis, umumlashtirish va tasvirlarni aniqlash) texnikasining rivojiga asos bо‘ldi. Qо‘yilgan muammolarning, ularni yechish usullari va olingan natijalarning har xilligidan qat’iy nazar, informatsiya olish mobaynida asosiy о‘lchash, ya’ni qayta ishlash, qabul qilish va biror jarayon yoki manba haqidagi ma’lumotni tasavvur qilish amallarini bajarish kо‘zda tutiladi.

Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak quyidagi, muxim bosqichlarni keltirishimiz mumkin.


  • 1791 yilda metr etaloni Fransiyada qabul qilinishi (1metr yer meridiani uzunligining 1x 10-7 ga teng qilib olinganligi);

  • 1875 yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyani qabul qilinishi. (Bu esa mavjud metrik sistemaning takomillashtirishga qaratilgan bо‘lib metr о‘lchov birligiga asos soladi);

  • 1893 yilda Rossiyada D.M. Mendeleyev tomonidan о‘lchov va og‘irlik (tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi;

  • 1931 yilda Leningrad shaxrida о‘lchov va tarozi Bosh palatasi asosida D.M. Mendeleyev nomidagi Butunittifoq metrologiya ilmiy tadqiqot institutining tashkil topishi.

  • 1960 yilda Xalqaro birliklar tizimining SI (SU) qabul qilinishi. Bu tizim bо‘yicha 1 metr vakumda tо‘lqin uzunligining 1650763,73 teng qilib olinishi (Kriptonni etalon metri).

  • 1983 yilda metrni qabul qilishda yorug‘likning vakumda 1/299792458 sekunda о‘tgan yо‘liga teng qilib qabul qilinishi.

  • 1993 yilda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida О‘zbekiston davlat Standartlash metrologiya va sertifikatsiya markazi (О‘zdavstandart) tashkil etildi.

  • 2002 yilda О‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi О‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga aylantirildi.

Bugungi kunda ham olimlarimiz о‘lchash nazariyasi va texnikasi rivoji ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.


Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish