8.4 О‘zbekiston Respublikasida "Standartlashtirish xizmati"
Respublika standartlashtirish bо‘yicha ishlarning tashkil etilishini, muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada olib borilishini quyidagi idoralar ta’min qiladilar:
tarmoqlararo yо‘nalishga belgilangan mahsulot bо‘yicha -О‘zstandart; agentligi
qurilish va qurilish sanoati, loyihalash va konstruksiyalash bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qо‘mitasi;
tabiiy resurslardan foydalanishni yо‘lga qо‘yish,atrof-muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirotlardan muhofaza qilish sohasi bо‘yicha - О‘zbekistonda Davlat tabiatni muhofaza qilish qо‘mitasi;
tibbiyot yо‘nalishidagi mahsulotlar,tibbiy texnika buyumlari, dorivor moddalar va respublika sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot tarkibida inson uchun zararli moddalar miqdorini tartibga solish sohasida - О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
Mudofaa ishlari bо‘yicha – О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi.
О‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bо‘yicha ishlarni vazirliklar, texnikaviy qо‘mitalar,korxonalar,birlashmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning istiqbolli rejalari asosida tuzilgan yillik reja bо‘yicha О‘zstandart agayentligi amalga oshiradi.
Respublika standartlashtirish rejasiga birinchi navbatda milliy standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirishni,kishilarning hayoti va sog‘ligi uchun xavfsizlikni, atrof - muhitning muhofaza qilishini, iste’molchilar huquqining himoya qilinishi,milliy sotsial-iqtisodiy va milliy texnikaviy dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish kiritiladi.
О‘zstandart, agentligi Davarxitektqurilishqо‘m, Davlat tabiatni muhofaza qilish qо‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (biriktirilgan sohalar bо‘yicha) respublika standartlarini kо‘rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qо‘llanish muddatini chо‘zadilar va bekor qiladilar hamda unga о‘zgartirishlar kiritadilar.
Respublikada ishlab chiqilgan standartlar va ularga о‘zgartishlar tasdiqlanishi darajasidan qat’iy nazar О‘zstandart davlat rо‘yxatidan о‘tkazilishi lozim.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,viloyatlar va shaharlarda standartlashtirish bо‘yicha ishlarni tashkil qilish,muvofiqlashtirish va uning muqobil darajasini ta’minlash ishlarini О‘zstandart, О‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qо‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qо‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli hududiy idoralari va boshqarmalari amalga oshiradi.
Sanoat va qishloq xо‘jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bо‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularni muvofiqlashtirish uchun zaruriyat bо‘lgan hollarda, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqa xо‘jalik tuzilmalarida bо‘linmalar (xizmatlar) va (yoki) fan texnikaning tegishli sohalaridagi yuqori ilmiy -texnikaviy imkoniyatlarga ega bо‘lgan tashkilotlarda standartlashtirish bо‘yicha tayanch tashkilotlari tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |