Sakkizinchi sxema har bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar о‘tkazib aniqlashga asoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida yuqoridagi sxemalarga qaraganda ta’minlovchining ma’suliyati ancha yuqori. Tabiiyki muvaffaqiyatli sinovlardan о‘tgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. 8-sxema mahsulotga nisbatan yuqori va qat’iyroq talablar qо‘yilganda ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotning ishlatilishi natijasida standart talablarga mos kelmasligi iste’molchiga katta iqtisodiy zarar yetkazganida qо‘llaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaho metallardan va qotishmalardan tayyorlanadigan buyumlarda kо‘proq qо‘llaniladi. Bundan asosiy maqsad qimmatbaho metallarning belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozaligini tekshirishdir.
Buyuk Britaniya instituti tomonidan setrifikatlashirish-ing yangi xili yaratilib, bu usul bilan faqat ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarini tasdiqlanishi /attestatlanishi/ ga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |