5.2 Standartlashtirishning maqsad va vazifalari Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi о‘rinlarida mahsulotlar deb yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilarning va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
mahsulotlarning о‘zaro bir - birining о‘rnini bosishini va bir-biriga monandligini ta’minlash;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xо‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish; - resurslarning barcha turlarini tejashga,ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy kо‘rsatkichlarini yaxshilashga kо‘maklashish;
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulotda vaziyatlar yuzaga kelishi, havf-xatarni hisobga olgan holda xalq xо‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash;
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati tо‘g‘risidagi tо‘liq va ishonarli axborot bilan ta’minlash; - mudofaa qobiliyatini va mustaxkamligini ta’min lash;
о‘lchashlarning yagonaligini ta’minlash;
ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lum qilgan mahsulot sifati tо‘g‘risidagi kо‘rsatkichlarini tasdiqlash. Standartlashtirishning asosiy vazifalari:
iste’molchi va davlatning manfaati yо‘lida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qо‘yish;
davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga kerakli talablarni belgilovchi meyoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qо‘llash,shuningdek hujjatlardan umumli foydalanishin nazorat qilish;
standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash;
bir-biriga mosliligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek mahsulotning о‘zaro almashinuvchanligini ta’minlash;
parametrik va turlar о‘lchovi qatorlarini, tayanch konstruksiyalarni, buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qо‘llash asosida birxillashtirish;
mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, hom ashyo va materiallar kо‘rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog‘lanishi;
material va energiya sig‘imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi texnologiyalarni qо‘llash;
mahsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi;
metrologik meyor,qoida,nizom va talablarning belgilanishi;
standartlashtirish bо‘yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish;
xorijiy mamlakatlarning talablari О‘zbekiston Respublikasining xalq xо‘jaligi ehtiyojlarini qondiraolgan hollarda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida tо‘g‘ridan tо‘g‘ri qо‘llash tajribasini kengaytirish;
texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
texnika-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy qilish;
sinovlarni meyoriy-texnika jihatidan ta’minlash, mahsulot sifatini sertifikatlashtirish, baholash va nazorat qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |