Bug’ yordamida o‘chirish.
Ba’zi bir sanoat korxonalarida juda ko‘p
miqdorda bug’ hosil bo‘lishi mumkin. Bunday korxonalarda yong’in chiqqan
taqdirda bug’dan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bug bilan o‘chirishning asosiy moxiyati, bug’ning xonalarga yuborilishi
natijasida u bu xonadagi kislorodga boy havoni siqib chiqarib, uning o‘rnini
egallashiga asoslangan. Bug’ning o‘t o‘chirish samaradorligi uning ma’lum bir
xonaga yuborilgan miqdoriga bog’lik bo‘ladi. Bunda bug’ yonayotgan xonadagi
57
asosiy bo‘shliqlarning hammasini to‘ldirib, kislorodli havoni butunlay siqib
chiqarishi kerak. Bunda hosil bo‘ladigan ortiqcha namlik o‘t o‘chirishning asosiy
vositasi bo‘la olmaydi.
Yuqori bosimga mo‘ljallangan vodoprovod sistemasida esa hisoblangan
miqdordagi suvni stvollar yordamida binoning eng yuqori nuqtasidan kamida 10 m
uzoqlikka otib berishi kerak. Bunday vazifalarni bajarish uchun vodoprovod
baklarini yetarli darajadagi balandlikka o‘rnatish bilan yoki ayrim hollarda nasoslar
yordamida amalga oshiriladi.
Sanoat korxonalarida o‘t o‘chirish uchun kerak bo‘ladigan suvning miqdori
sanoat korxonasining yong’in kategoriyasi va bu binoning o‘tga chidamlilik
darajasiga va uning umumiy hajmiga qarab belgilanadi.
Mashinasozlik sanoat korxonalarida yong’inni o‘chirish uchun suvning
miqdori 10 l/s dan 40 l/s gacha belgilanadi.
Agar vodoprovod sistemasidan yong’inni o‘chirish uchun suv olishi texnik
tomonidan mumkin bo‘lmasa (masalan ichimlik suvni ingichka vodoprovod
quvurlari orqali keltirilayotgan bo‘lsa) unda sanoat korxonalarini territoriyasida
suv saqlovchi qurilmalar tashkil qilinadi. Bundan suv saqlovchi qurilmalarning
hajmi yong’in vaqtida undan olinadigan suvning maksimal miqdori 3 soatga
etadigan bo‘lishi kerak.
Yong’inga qarshi qurilgan vodoprovod sistemalari aylanma vodoprovod
sistemasiga suv ikkita trubopprovod bilan umumiy sistemaga ulanadi. Yong’inga
qarshi gidrantlar sanoat korxonasi maydonida bir-biridan 100 m dan ortiq
bo‘lmagan masofada joylashtiriladi va ular bino devoriga va ko‘chalar kesishgan
joylarga 5 m dan yaqin bo‘lmasligi kerak.
Ko‘pik bilan o‘chirishning asosiy xususiyati, u yengil alangalanuvchi
suyuqlik yuzasini yoki qattiq jism yuzasini yupqa ko‘pik qavati bilan qoplashi
natijasida, yonayotgan modda bilan havodagi kislorod o‘rtasida to‘siq hosil qiladi.
Bu to‘siqning mustahkamligi ko’pikning turg’unlik xossasiga bog’liq bo’ladi
chunki ko‘pik yengil alangalanuvchi suyuqlikdan ancha yengil bo’lganligi sababli
uning yuzasida muxofaza qobig’i tashkil qiladi va bu qobiq suyuqlik parlari hosil
58
bo’lishiga to‘sqinlik qiladi va shuningdek, kislorod kirmasligini ta’minlaydi. Agar
ko’pikning turg’unligi kam bo’lsa, unda suyuqlik yuzasida uzilish hosil bo‘lishi
mumkin, ya’ni tarang tortilib turgan parda ochilib ketishi mumkin, bu esa albatta
alangalanishning qaytadan boshlanishiga sharoit yaratadi. Bundan tashkari
ko‘pikning issiqlik o‘tkazish xususiyati juda past bo‘lganligidan, yonayotgan
yuzadan issiqlikni suyuqlik yuzasiga ta’sir etishiga to‘siqlik qiladi.
Ximiyaviy ko‘piklar asosan qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlarda keng
qo‘llaniladi. Ularning muqim o’rnatiladigan turlari ham bor.
Mexanik ko‘piklar esa 4 - 6 ko‘pik xosil qiluvchi poroshoklar yoki
rastvorlarni suv va xavo bilan aralashtirilishi xisobiga ko‘pik generatorlari, ko‘pik
xosil qilish stvollarida ko‘pikka aylantirib ishlatiladi.
O‘chirish uchun ishlatiladigan ko‘piklarning xarakterli belgilari, ularning
turg’unligi va ko‘pik hosil qilish darajasi hisoblanadi. Ko‘pik xosil qilish darajasi
bu xosil bo‘lgan ko‘pikning uni xosil qilish uchun sarflanadigan moddalarga
nisbatan xisoblanadi. Ko‘pik xosil qilish darajasi ximiyaviy ko‘piklar uchun 5,
mexanik ko‘piklar uchun 8-12 bo‘lishi mumkin. Yuqori ko‘piruvchi mexanik
ko‘piklarda bu miqdori 100 va undan katta bo‘lishi mumkin. Ko‘pikning
turg’unligi esa uning katta xaroratda so‘nmasdan ma’lum vaqtgacha chidab berishi
xisoblanadi. Ximiyaviy ko‘piklar suyuqlik yuzasida 1 soatgacha PO-1 yordamida
olingan mexanik ko‘piklar 30 min, PO-6 yordamida xosil qilingan ko‘piklar esa
40-45 minut turg’unlikka ega bo‘lishi mumkin.
Sanoat korxonalaridagi o‘t o‘chirish sistemalarining asosiy qismini suv va
ko‘piksimon moddalar tashkil qiladi. Shuni xam ta’kidlash kerakki, suv va ko‘pik
bilan hamma yerda va xar qanday yong’inlarni o‘chirish mumkin emas. Chunki
ba’zi bir xolatlarda ximiyaviy reaksiyalar sanoat chiqindilari ta’sirida yetarli
darajada unumdor ko‘pik ajratmasdan, ulardan boshqa moddalar ajralib chiqishi
yong’inni kuchaytirishga olib kelishi mumkin.
Ko‘pikni xilma-xil qurilmalarda xosil qilish mumkin: bular doimiy
o‘rnatilgan, ko‘chirib yuborish mumkin bo‘lgan yoki xarakatlanuvchi qurilmalar
va qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlardir.
59
Qo‘lda ishlatiladigan ko‘pikli o‘ch o‘chirgichlar juda keng tarqalgan o‘ch
o‘chirish sistemalari hisoblanadi. Ularning keng tarqalganligiga asosiy sabab, o’t
o’chiruvchi moddani hohlagan vaqtda ishlatish mumkin. Uni ishlatish juda oson va
uni bir odam bir necha sekund davomida ishga tayyorlashi va ishlatishi mumkin.
Bundan tashqari undan ajralib chiqadigan ko‘piksimon modda oqim sifatida
anchagina bosim yordamida (6-8 atm.) bir necha metr masofadagi yonayotgan
zonaga (6-8 m) yo‘naltirilishi mumkin. Bu esa uni samarali ishlatish imkoniyatini
beradi.
Adabiyotlar:
1.
I. Nigmatov «Hayot faoliyati xavfsizligi» Darslik.Toshkent.2011y.
2.
O.R.Yuldashev «Hayot faoliyati xavfsizligi» Darslik.Toshkent.2014y.
3.
O‘quv uslubiy majmua “Hayot faoliyati xavfsizligi”ToshdTU.2015y.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |