452
III.O’QUV
PORTFOLIOSI
TALABA PORTFOLIOSINI YARATISH TEXNOLOGIYASI
Hozirgi kunda oliy ta’limda foydalanilayotgan talabalar bilimini baholash test
reyting tizimiga asoslangan bo’lib, talaba bilimini baholashda asosiy hal qiluvchi
453
shaxs fan o’qituvchisi hisoblanadi. Albatta reyting tizimining o’ziga
xos ijobiy
tomonlari ko’p. Lekin, shu bilan bir qatorda kamchiliklardan ham xolis emas. Ushbu
kamchiliklarga asosan quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
-talaba bilimi, uquvi va malakasi bir tomonlama, ya’ni faqat fan o’qituvchisi
tomonidan baholanadi;
-baholashda talabaning faqat muayyan fan bo’yicha bilimi hisobga olinadi;
-talabaning umumiy va kasbiy nutq madaniyatini shakllanishiga to’sqinlik
qiladi;
-bo’lajak kadrda kasbiy kompetentlikni shakllanganlik darajasini to’liq aniqlash
imkoniyati cheklangan;
-oliy o’quv yurtidagi o’quv davri yakuni bo’yicha aniqlangan umumiy
ball ish
beruvchilarga tayyorlangan kadrning sifati to’g’risida to’liq xulosa bermaydi;
-talabaning umumiy reyting balini aniqlashda uning boshqa sohalarda erishgan
yutuqlarini hisobga olish imkoniyati kam;
-bitiruvchiga tayyor kadr sifatida o’z-o’ziga ishonch, o’z
imkoniyatlari,
qobiliyatlari va kasbiy kompetentlikga tayyorligi to’g’risida o’zi xulosa chiqarishiga
asos yaratmaydi;
-talabada refleksiya qobiliyatini hosil bo’lishiga to’liq sharoit yaratmaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, xalqaro ta’lim tizimidagi innovatsion
o’zgarishlar, rivojlangan davlatlar ta’lim
tizimidagi ijobiy, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarga tayangan holda talabalarda umummadaniy,
umumkasbiy va kasbiy
kompetentlikni shakllantirishga yo’naltirilgan o’quv, o’quv- uslubiy, ilmiy va
o’qishdan tashqari faoliyat natijalarini to’g’ri baholashga yo’naltirilgan nazorat qilish
va baholashning innovatsion shakllaridan foydalanish “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” talablari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash
maqsadiga muvofiq
hisoblanadi.
Talabaning oliy o’quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va
baholashning innovatsion texnologiyalaridan biri sifatida “Talaba portfoliosi” etakchi
o’rin egallaydi. Ushbu texnologiya ayniqsa rivojlangan g’arb davlatlari oliy ta’lim
tizimida keyingi yillarda keng qo’llanilmoqda. Rossiyada esa 2003 yildan e’tiboran
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, jumladan boshlang’ich ta’lim, umumiy o’rta
ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan.
“Portfolio” faoliyatning turli yo’nalishlari bo’yicha talabaning shaxsiy
yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni
yaratish talabaning ijodiy
faoliyati hisoblanib, unga turli xil soha (o’quv, ilmiy-izlanish, sport, ijodiy,ijtimoiy va
b.) bo’yicha faoliyat natijalari oliy o’quv yurtida o’qish jarayoni davrida talaba
tomonidan kiritiladi.
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o’quv yurtidagi o’qish
jarayoni davrida erishgan yutuqlari to’g’risidagi daliliy hujjatlarni to’plash va
454
saqlashdan iborat. Portfolio nafaqat talabaning ta’lim sohasidagi faoliyati natijalarini
o’zi tomonidan baholashning samarali shakli bo’lib qolmasdan,
quyidagilarga
imkoniyat tug’diradi:
-ta’lim sohasidagi yutuqlarni dalillashtiradi; ish raqobati bo’yicha tajriba
ortdiradi;
-kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun mustaqil ta’limni amalga
oshiradi;
-o’zining kasbiy kompetentlik darajasini ob’ektiv baholash malakasini
rivojlantiradi;
-bo’lajak mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi
Do'stlaringiz bilan baham: