Elektron ta’lim resurslarini яратиш босқичлари ва уларга қЎйиладиган талаблар


O’qituvchi va o’quvchi o’zlashtirgan bilim, ularda shakllangan malaka



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana16.04.2022
Hajmi0,49 Mb.
#556688
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu

O’qituvchi va o’quvchi o’zlashtirgan bilim, ularda shakllangan malaka
ijodiy faoliyat usullari kompyuterli ta‘limning faoliyat vositalari vazifasini 


o’taydi. Mehnat jarayoniga imitatsiya qilish yo’li bilan faoliyat vositalarini 
ma‘lum darajada aniqlashtirish mumkin. 
Garchi ta‘lim jarayoni mehnat jarayonidan ko’p xususiyatlariga ko’ra farq qilsa-
da, ular yagona prinsip — «sub‘ekt-ob‘ekt» tizimi jihatidan bir-biriga yaqin 
narsalar hisoblanadi. 
Ta‘lim sharoitida o’qituvchi o’zi bilan o’quvchi o’rtasiga turli chizma, jadval 
kabilarni qo’yib, o’z mehnatini amalga oshiradi. Muammoning munozarali 
tomoni shundaki, o’qitish faoliyatiga nisbatan chizma, jadval, shartli belgi va 
shu kabilar ko’rgazmali qurol hisoblansa, o’quv faoliyati jihatidan ta‘lim 
manbai hisoblandi. Bu ta‘lim vositalarini ikki guruhga — o’qitish vositalari, 
yanada aniqroq aytganda, o’qitish faoliyati vositalari va o’qish faoliyati 
vositalariga ajratish mumkin.
O’quvchi o’zlashtirgan bilim, malaka va ijodiy faoliyat usullarini o’zi bilan 
o’quv materiali o’rtasiga qo’yib, muammo, topshiriqlarni bajaradi, mashq 
qiladi. O’quv materiali o’quvchi uchun faoliyat predmeti vazifasini o’taydi. 
O’quvchi o’zidagi mavjud vositalarni ishlatib o’zining o’quv maqsadlarini 
amalga oshiradi.
Kompyuterli ta‘limning dasturiy vositalari tarkibi 2.5-rasmda tasvirlangan 
bo’lib, unga umumtizimli va amaliy dasturlar kiradi. Amaliy dasturlarga esa, 
asosan, elektron jadval, ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimi, grafik 
muharrir, matn muharriri, tovush va musiqa muharrirlari, kommunikatsion 
paket, o’yin dasturi kabilar kiradi.
Dasturlash tili — inson tomonidan yozilgan ko’rsatmalarni mashina tiliga 
o’giruvchi va kompyuter qayta ishlagan natijalarni inson tushunadigan 
ko’rinishda tasvirlovchi maxsus dastur.
Hozirgi kompyuterlar inson so’zlashadigan o’zbek, rus, ingliz yoki boshqa 
biror tilda yozilgan ko’rsatmalarni bajara oladigan darajada takomillashgan 
emas. Shu bois kompyuterga mo’ljallangan ko’rsatmalar u tushunadigan 
tilda yozilishi zarur. Bu maqsadda dasturlash tili deb nomlanuvchi sun‘iy 
tillar qo’llaniladi. Ular vositasida turli masalalarni hal qilishga qaratilgan 
dasturlar yaratiladi.
Dastur deganda, berilgan masalani yechishga mo’ljallab biror dasturlash tilida 
yozilgan ko’rsatmalar ketma-ketligi tushuniladi.
Dasturning bir necha o’nlab turlari mavjud bo’lib, ular inson faoliyati bilan 
bog‗liq turli vazifalarni bajarish va bu bilan odamlar mehnatini 
yengillashtirish uchun xizmat qiladi.
Dasturlarning ta‘lim jarayonida qo’llaniladigan turi pedagogik dastur vositalari 
deb nomlanadi.
Pedagogik dastur vositasi — o’quvchilarga bilim berish maqsadida 
foydalaniladigan kompyuter dasturlari majmui. Ta‘lim jarayonini 
kompyuterlashtirish ana shunday dastur vositalarida modellashtirilgan ta‘lim 
jarayoni, ya‘ni o’qitish, o’qish faoliyati va ular orasidagi bog‗lanishlar 
asosida amalga oshiriladi. ETRYTlarda faqat dars jarayonida namoyish 
qilinadigan kadr yoki muloqotlar mazmuni emas, balki darsdan oldin va 
keyin kechadigan jarayonlar ham modellashtirilgan bo’ladi.


«ETRYTlarni, bir tomondan, o’quvchining o’quv jarayonidagi turli shakldagi 
faoliyatini takomillashtirishni ta‘minlovchi vosita sifatida, ikkinchi tomondan, 
o’quvchining ta‘limni turli shakl va vositalar asosida tashkil qilinishini 
takomillashtiruvchi vosita sifatida qarash mumkin». Endi ETRYTlarni 
yaratish uchun keng foydalaniladigan dasturlar haqida qisqacha ma‘lumot 
beramiz.
I.
Access nomli dasturlar majmui Microsoft Office tarkibiga 
kiruvchi ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimi sifatida keng qo’llaniladi. 
Uning yordamida ta‘lim jarayoni bilan bog‗liq barcha ma‘lumotlar 
omborlarini loyihalash va yaratish, undagi ma‘lumotlarning qayta 
ishlanishini boshqarish mumkin.
ETRYTni yaratish jarayonida o’quv materiali mazmunini yorituvchi matndan 
tortib barcha turdagi mashqlar va ularning yechimlari, test topshiriqlari, uyga 
vazifalar va yangi tushunchalargacha bo’lgan axborotlar ma‘lumotlar 
omboriga joylashtiriladi va ular dasturdagi ko’rsatmalarga ko’ra ekranda 
tasvirlanadi, qayta ishlanadi, o’zgartiriladi hamda qo’shimchalar kiritiladi.
II.
Paint grafik muharriri tasvirlar bilan ishlashga mo’ljallangan. 
Tasvirlarni kompyuterga skaner hamda videokamera yordamida kiritish yoki 
grafik muharrir yordamida hosil qilish mumkin. ETRYTni dasturlash 
jarayonida barcha shakllarni Paint muharriri yordamida qayta ishlash
— ularning ko’rinishini hosil qilish, o’zgartirish, bezash mumkin. Bu bilan 
ekranda tasvirlanadigan shakllarning estetik jihatdan jozibadorligiga 
erishiladi.
III.
Word matn muharriri hujjatlarni yaratish, saqlash, o’zgartirish, 
bezash kabi qator vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi. Bu muharrir 
yordamida ETRYTdagi barcha ma‘lumotlarni tahrir qilish mumkin.
IV.
Excel dasturi elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov 
berish uchun xizmat qiladi. Elektron jadvaldan ETRYTdagi hisoblash bilan 
bog‗liq masalalarni hal qilishda, turli qiymatlarga ko’ra diagrammalarni 
hosil qilishda keng foydalaniladi.
V.
Power Point dasturi matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya 
1
ffektlari, ovozli videolavha va boshqalardan tashkil topgan slayd 
2
larni 
yaratish va ularni namoyish qilishga mo’ljallangan.
Power Point dasturi yordamida ETRYT tarkibidagi namoyish qilinadigan 
jarayonlarni tez va oson modellashtirish mumkinki, ular asosida hosil 
qilinadigan taqdimotlarni yaratiladigan pedagogik dastur tarkibiga kiritish 
mumkin.
1

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish