O‘zgarmas tok va kuchlanish manbalari 3.4-rasmda keltirilgan. Ular Courcec asboblar panelida joylashgan va sxemalarni ta’minlash uchun xizmat qiladi.
3.4-rasm.O‘zgarmastokvakuchlanishmanbalari
O‘zgarmas kuchlanish manbasi VCC (3.4-rasm,a) raqamli sxemalarga Q5V kuchlanish (mantiqiy 1) berish uchun ishlatiladi. Batareyadan (3.4- rasm, b) raqamli va analog sxemalarni ta’minlash uchun foydalaniladi. O‘zgarmas tok manbasi 3.4-rasm, v da ko‘rsatilgan.
O‘zgaruvchankuchlanishva tokmanbalari elektron sxemalarning kirish signallari sifatida ishlatiladi (3.5-rasm).
3.5-rasm.O‘zgaruvchankuchlanishvatokmanbalari
O‘zgaruvchan kuchlanish manbasida (3.5-rasm, a) kuchlanishning effektiv qiymati, fazasi va chastotasi beriladi. O‘zgaruvchan tok manbasida (3.5- rasm, b) tokning effektiv qiymati,fazasi va chastotasi o‘rnatiladi. To‘g‘ri burchakli impulslar manbasida (3.5-rasm, v) impulsning amplitudasi, chastotasi va to‘ldirish koeffitsienti ko‘rsatiladi.
Nazorat-o‘lchovasboblari
Multisim dasturiy kompleksining Inctrumentlar panelida quyidagi yettita asbobni o‘z ichiga oladi:
multimetr;
Asbobning tasvirida cichqonchaning chap tugmasini to‘xtovciz ikki marta bosib asbobning kattalashtirilgan oynasi hosil qilinadi. Unda asbobning parametrlari cozlanadi.
Multimetr(Multimeter) (3.6-rasm) tok va kuchlanishning o‘rtacha kvadratik (ta’sir qiluvchi yoki effektiv) qiymatlarini va qarshiliklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan. O‘lchash rejimi mos knopkani bosish yo‘li bilan tanlanadi. Kuchlanishni detsibellarda o‘lchash uchun dV knopkasi bosiladi. Bunda multimetr αq20Ig(|X|) formula bilan aniqlanuvchi (X- o‘lchanayotgan kattalik) α koeffitsientni ko‘rsatadi.
Multimetrning oldingi panelida (3.-rasm, a) o‘lchash natijalarini aks ettiruvchi displey, sxemaga ulash uchun klemmalar va boshqarish knopkalari joylashgan.
b)
3.6-rasm.Multimetrningpaneli
Setting knopkasi bosilsa multimetr panelida dialog oynasi ochiladi (3.6-rasm, b), unda quyidagi belgilanishlar mavjud:
Ohmmeter current — nazorat qilinayotgan ob’ektdan o‘tayotgan tok;
Desibel standard — kuchaytirish va pasaytirishni detsibellarda o‘lchash uchun V1etalon kuchlanishni o‘rnatish (sukut bo‘yicha V1q1V).
Bunda uzatish koeffitsienti uchun
K[B] 20 log V1 V2
formuladan foydalaniladi, formulada V2 — nazorat qilinayotgan nuqtadagi kuchlanish.
3.7-rasm.Voltmetrvaampermetr
O‘zgarmas va garmonik tok va kuchlanishlarni o‘lchash uchun multimetrdan tashqari voltmetr va ampermetrlardan (3.7-rasm) foydalanish mumkin. Ular Indicators bo‘limida joylashgan.