31
qabul qilingan bo‘lsa-da, bеvosita foydalanuvchi tomonidan o‗qib olinishiga
imkoniyat yaratadi. Foydalanuvchilar barcha xatlarni yoki hozirgacha o‘qilmagan
xatlarni ko‘rishi mumkin. Hozirgi kunda POP ning 3-vеrsiyasi ishlab chiqilgan
bo‗lib va autеntifikatsiyalash usullari bilan boyitilgan.
Birlamchi xabarlar xizmati SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – pochtani
uzatishning soddaroq protokoli ) ga asoslangan. Birlamchi xabarlar xizmatini eng
ko‘p tarqalgan protokoli POP (Post Office Protocol- pochta bo‘limi protokoli)dir.
SMTP protokolini bosh maqsadi elektron pochta xabarlarini puxta
va samarali
yetkazib berishdir.
SMTP ga muhit bo‘lib ayrim lokal tarmoq yoki Internet tarmog‘i xizmat qilishi
mumkin.
POP3- (Post Office Protocol) protokoli serverdan kelayotgan kirish xabarlarini
qabul qilish uchun pochta klientda ishlatiladi. Odatda, SMTP protokoli bilan birga
ishlatiladi. Eski versiyalari POP va POP2.
POP protokoli foydalanuvchining pochta qutisidagi (pochta serveridan) xabarlarni
ularning ish joylariga tanlash uchun mo‘ljallangan. Shunday qilib,
foydalanuvchilar Internet orqali SMTP protokoli bo‘yicha
korrespondensiya
jo‘natilsa, POP protokoli bo‘yicha foydalanuvchilar pochta serveridagi o‘zlarini,
pochta qutisidagi korrespondensiyani oladilar. POP ni ikki versiyasi keng
tarqalgan: POP2 va POP3. Bir xil funksiyalarni bajarsada
ular bir-biriga
moslashmaydi va ularda har xil buyruqlar tizimi ishlatiladi. Hozirgi vaqtda POP3
protokoli tez-tez ishlatiladi. Xabar jo‘natuvchini provayderi birlamchi pochta
serveriga (SMTP - server) uzatiladi. Кeyinchalik u oluvchini provayderi (POP -
server) kiruvchi server provayderiga oraliq pochta serverlari zanjiri bo‘yicha
harakatlanadi. Oluvchi provayderni POP serveri bilan aloqa o‘rnatish bilan xabar
uni lokal kompyuteriga uzatiladi. Shunday qilib, abonentlar o‘zaro ta‘siri natijasida
pochta almashish sxemasiga monand «mijoz-server» sxemasi bo‘yicha ishlaydi.
Bunda sxemani bir necha pog‘onaga bo‘lish mumkin..
32
Elektron pochta bilan ishlashdan avval foydalanuvchi SMTP yoki POP
xizmatini taqdim etuvchi pochta serverlaridan birida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Qayd etish yozuvini olish registrasiya deyiladi.Qayd etish yozuvi elektron pochta
xizmatini aniq ta‘minotchisining sozlanish to‘plamiga aytiladi. Odatda uni
provayder, ya‘ni internet xizmatini taqdim etuvchi tashkilot beradi. Кeyin
o‘zingizni kompyuteringizda pochta dasturi ishini qayd etish yozuvi bilan sozlash
zarur. Sozlashda
foydalanuvchilarni nomi, elektron pochta xizmatini taqdim
etuvchi bilan qayd etilgan ma‘lumotlar kiritiladi.
Xabarni jo‘natganda:
- nom («Ot» maydonida kiritiladi)
- elektron pochta adresi,
- SMTP yoki POP3 server nomlari.
- pochta serveridan foydalanuvchilar nomi (login)
- parol (pochta serveriga murojaat uchun).
Elektron pochta adresi quyidagicha:
Madina1992@mail.ru
Mannon@rambler.ru
Pochta egasini nomi server
nomi yoziladi
Do'stlaringiz bilan baham: