Elektron pochta serveri yordamida ishlovchi mijoz dasturini yaratish


I.BOB. Elektron pochta serveri va ular haqida ma’lumot



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana06.04.2022
Hajmi1,88 Mb.
#531885
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
elektron pochta serveri yordamida ishlovchi mijoz dasturini yaratish

I.BOB. Elektron pochta serveri va ular haqida ma’lumot.
1.1. Elektron pochta serveri bilan ishlovchi dasturlar 
Elektron pochta va uning imkoniyatlari
 
Internetning qulaylik sohalaridan biri elektron pochtadir.
Elektron pochta
kompyuterlarning o‘zaro ma‘lumotlar ayirboshlash maqsadida kompyuter 
tarmog‘iga barlashtirishdir. U Internetning eng keng tarqalgan xizmat ko‘rsatish 
turidir. Hozirgi kunda elektron pochtada o‘z adresi bo‘lgan mijozlar soni taxminan 
100 million kishidan oshib ketdi va foydalanuvchilar soni soat, kun sayin oshib 
bormoqda. Elektron pochta orqali xat jo‘natish oddiy pochta orqali jo‘natishdan 
ko‘ra ham arzon, ham tez amalga oshiriladi (elektron pochta orqali ko‘p hollarda 
xabar bir necha minutlarda kerakli manzilga yetib boradi).
Elektron pochta bu kompyuter orqali muloqotning eng universal vositasidir. 
U axborotni istalgan kompyuterdan istalgan boshqa kompyuterga (agar ular 
elektron pochta tarmog‘iga ulangan bo‘lsa) yuborishi mumkin. Chunki hozirgi 
tizimda ishlaydigan turli xil shaxsiy kompyuterlarning (ShK) ko‘pchiligi uni 
qo‘llaydi. Bunda uzoqdagi kompyuter xost kompyuter deb ataladi. Elektron pochta 

bu 
xabarlarni 
uzatuvchi 
tarmoqdir. 
Unda 
kompyuterlarning 
turli 
konfiguratsiyasidagi va moslashuvdagi turlari birgalikda ishlash uchun birlasha 
oladi. Yuqorida keltirilganlardan tashqari tarmoqqa
Elektron pochta
a‘zolariga 
beriluvchi boshqa qator imkoniyatlarga ham egadir. 
Oddiy pochtadek Elektron pochtada ham aloqa bo‘limlari bo‘lib, ular 
provayderlar deb ataladi. Elektron pochta yordamida dunyodagi barcha Elektron 
pochtaga ega bo‘lgan shaxslar, tashkilotlar, muassasalar, idoralar va boshqalar 
bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatlari mavjud. Eng muhimi, bu aloqa tez va arzon. Bu 



usul bilan dunyo qit‘alari bilan bir zumda bog‘lanib sizga va sizning 
suhbatdoshlaringizga tegishli ma‘lumotlarni hamda sizni qiziqtirgan savollarga 
javobni bir necha sekundda olishingiz mumkin.
Elektron pochta orqali faqat matnlarni emas, balki rasm, grafik, video, 
tovushlardan tashkil topgan ma‘lumotlarni ham jo‘natish va qabul qilish 
imkoniyati paydo bo‘ldi. 
Elektron pochta orqali olingan fayllarni disketlarga yozib olish, vinchestr 
disklarda saqlash va u bilan boshqa fayllar ustida bajariladigan amallarni: 
tahrirlash, nusxa olish va boshqalarni bemalol amalga oshirish mumkin.
Elektron pochtaning ajoyib xususiyatlaridan biri - u masofa tanlamaydi va 
uzoq, yaqin masofalar ham har doim yaqin masofadek tuyulaveradi. 
Elektron pochtani yetkazash tezligi. Elektron pochta jo‘natilgandan so‘ng bir 
zumda (1 - 5 minut ichida yoki bir soat, ba‘zan undan ham ko‘proq vaqt orasida) 
uni oluvchiga yetib boradi. Bundan ko‘rinadiki, u hatto ekspres pochta, hatto HDL 
pochta deb ataluvchi pochtalardan ham tez manzilga yetib boradi. 
Elektron pochta
tez muhokama vositasi: Biror loyihani uzoqdagi o‘z 
hamkorlaringiz bilan yoki bir guruh shaxslar bilan muhokama qilmoqchi 
bo‘lsangiz, uni tez muhokama qilish imkoniyati mavjud. Bu esa xizmatning yangi 
bir turidir. Hozir shu tarzda turli grantlarga talabnoma yuborish va ular bilan 
loyihaning ikir - chikirlarini muhokama qilish orqali amalga oshiriladi. 
Qog‘ozsiz ishlashga o‘tish. Turli idoralarga kuniga kelib tushadigan xatlar 
ro‘yxati va unga javob berish uchun qanchadan qancha qog‘oz talab qilinadi. 
Buning o‘rniga kelgan xatlar nusxasi va uning javoblari disketlarda saqlansa, 
xatlarni ma‘lum vaqtdan so‘ng oson qidirib topishdan tashqari, qancha - qancha 
iqtisod borligini sezish qiyin emas.
Elektron pochta dasturlari 
Internet xizmatida mavjud Elektron pochtaning dasturlari ko‘p va rang - 
barang bo‘lib, ularning ko‘pchiligi UNIX OS boshqaruvida ishlaydi. Shuning 
uchun UNIX ning ba‘zi bir buyruqlari bilan tanishish foydali bo‘ladi. 



Uning fayl tizimi MS DOS buyruqlariga o‘xshash. Lekin u ko‘p vaqtlardan 
beri ishlatilayotgani uchun, hamda uning boshqaruvida universal, super 
kompyuterlar ishlagani uchun ko‘p dasturlar aynan UNIX da boshqariladi. Hozirda 
Elektron pochtadan foydalanishni yanada qulayroq holga keltirish uchun ko‘p 
dasturlar yaratildi. Bular MS Exchange, MS Mail, Internet mail, Visual Mail va 
boshqa dasturlardir. Ularning soni tez ko‘payib borayotganini hamda undan 
foydalanish qulaylashib borayotganini sezish qiyin emas. 
Elektron pochtaning afzallik
Elektron pochtaning asosiy afzalliklaridan biri uning tezligidir. Telefon ham 
tez ishlaydi. Lekin hayot tajribasi shuni ko‘rsatdiki, juda ko‘p hollarda u orqali 
bog‘lanish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Buning sababi abonentning telefon 
qilingan vaqtda o‘z joyida bo‘lmaganligidadir. Elektron pochta ham tezlik nuqtai 
nazaridan telefondek ishlasada, u bir vaqtning o‘zida o‘zaro gaplashuvchilarning 
har ikkalasi ham joyida bo‘lishini taqozo qilmaydi. Bundan tashqari, Elektron 
pochta
yuborilgan ma‘lumot nusxasini yuborilgan joyda kompyuter xotirasida 
qoldiradi. Chunki bir vaqtning o‘zida yuborilgan ma‘lumotlar bir necha adreslarga 
jo‘natilishi mumkin. Elektron pochta orqali turli xil ma‘lumotlarni, kompyuter 
dasturlarini, jadvallarni, grafiklarni jo‘natish va qabul qilish mumkin. Elektron 
pochtani jo‘natish quyidagicha amalga oshadi. Jo‘natilayotgan ma‘lumot, dasturlar 
fayllar sifatida tashkil qilinadi va bu fayl kompyuter dasturlari yordamida va 
modem qabul qilayotgan elektron pochta bo‘limiga yoki to‘g‘ridan – to‘g‘ri qabul 
qiluvchi adresga kommunikatsion dasturlar deb ataluvchi dasturlar yordamida 
jo‘natiladi. Qabul qiluvchi kompyuter to‘g‘ridan – to‘g‘ri modem yuborilayotgan 
faylni qabul qilishga tayyor (ya‘ni tushundim) degandan so‘ng uni qabul qila 
boshlaydi. Bundan avval qabul qiluvchi kompyuter sizning kompyuteringizni 
tanib, uzatilayotgan faylni va parolni tekshirib ko‘radi. Agar uzatilayotgan 
kompyuter nomi, paroli va ma‘lumotlar formati to‘g‘ri kelsa, unda modem 
jo‘natilayotgan fayllarni qabul qila boshlaydi. Agar tekshirish natijasida parol, 
kompyuter nomi, adresi yoki yuborilayotgan fayl formati mos tushmasa, qabul 


10 
qiluvchi kompyuter bular to‘g‘risida ma‘lumot jo‘natadi. Elektron pochta orqali 
aloqa bog‘lash uchun yuborilayotgan joyda kompyuter elektron pochta tizimida 
ro‘yxatga olingan bo'lishi shart. 
Elektron pochta bo‘lishi uchun avvalo uning xizmatidagi foydalanuvchi 
albatta kompyuterga, modemga va dastur ta‘minotiga ega bo‘lishi kerak. 
Elektron pochta manzillari 
Elektron pochta abonentiga yetib borishi uchun u xalqaro andozalar 
talabi asosida va Elektron pochtaning andoza adresi shaklida jo‘natilishi lozim. Har 
bir foydalanuvchiga manzil u biriktirilgan provayderlar tomonidan belgilanadi. 
Masalan: 
aliev @bdu.silk.org 
Bunda aliev abonentning nomi bo‘lib, u Alievning familiya harflaridan 
olingan, @ (eyt - deb o‘qiladi) belgisi esa abonent nomini domendan (aloqa 
koordinatalaridan) ajratish uchun xizmat qiladi. 
@ belgidan o‘ng tomonda joylashganlar domen deb ataladi va u abonentning 
qayerda joylashganini aniqlaydi. Yuqoridagi adresda bdu.silk.org domenni 
bildiradi. Bunda bdu.silk.org quyidagilarni anglatadi: bdu - tashkilot nomi 
(Buxoro davlat universiteti), silk kompyuter tarmog‘i nomi, org (organisation - 
tashkilot so‘zidan olingan) esa tashkilotlilik belgisidir.
Domenning tashkil etuvchilari (bdu, silk, org) bir - biridan nuqta bilan 
ajratiladi. 
Domenning eng o‘ngida joylashgan org qisqartma domenning yuqori bosqichi 
deb ataladi. Uning o‘rnida mamlakat kodi ham turishi mumkin. 
Masalan, uz (Uzbekiston), ru (Rossiya), uk (Buyuk Britaniya). Bu holda 
domen grafik prinsip asosida tashkil qilinganini bildiradi. Bu kodlar xalqaro 
andozalar (ISO) tomonidan aniqlanadi. 
Elektron pochta o‘rnatish va unda ishlash 
Elektron pochtani o‘rnatish uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi lozim: 
-
IBM PC muvofiqlik kompyuter; 


11 
-
Ichki yoki tashqi modem; 
-
Dastur ta‘minoti; 
-
Elektron pochta
xizmati ko‘rsatuvchi aloqa bo‘limi (provayderda) da 
ro‘yxatdan o‘tish. 
Elektron pochta bilan ishlash uchun quyidagilarni amalga oshirish 
mumkin: 
1.
Tizimga kirish. 
2.
Ekranda kelgan ma‘lumotlar ro‘yxatini chiqarish. 
3.
Ma‘lumotni ko‘rish buyrug‘ini kompyuterga kiritish. 
4.
Ma‘lumotni o‘qib bo‘lgandan so‘ng uni saqlash, printerga chiqarish
disklarga yozib qo‘yish, o‘chirib tashlash yoki boshqalarga jo‘natish va javob 
tayyorlash mumkin. 
5.
2 - punktga qaytib kelib, ma‘lumotlar, qolgan xatlar bilan ishlash. 
Elektron pochta ni birdan bir andozasi mavjud emas. Elektron pochta 
tizimi har xil tashkil qilingan bo‘lib, turli konsepsiyalarga tayanadi. Hozirda 
Elektron pochta ning 100 dan ortiq variantlari mavjud. Lekin ularning umumiy 
tomonlari ham bor.
Elektron pochta tizimlari ham texnik va ham dastur ta‘minotidan iborat.
Dastur ta‘minoti mijoz dastur ta‘minoti (MPT) va server dastur ta‘minoti (SPT) 
dan iborat. 
MPT – Elektron pochtada ishlash uchun foydalanuvchi ishlatadigan 
dasturlardir. 
SPT - mijozlarning ma‘lumotlarini jamlash, o‘qish va qayta javob olishni 
ta‘minlovchi dasturlardir. O‘z navbatida SPT uch qismdan tashkil topadi: message 
stor (ma‘lumotlarni saqlash), transport agent (transport xizmati) hamda directory 
agent (kataloglar xizmati) dasturlaridan iboratdir. 
SPTlarni tanlashda ularni kengaytirish mumkinligi, ish unumdorligi, 
ishonchliligi, andozalarga javob berishi, xatolarga nisbatan sezgirligiga 
(turg‘unligiga) e‘tibor berish lozim. 


12 
Mijoz dasturlari kompyuter bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri Elektron pochta
tizimida 
ishlashni ta‘minlovchi dasturlar bo‘lib, u keng tarqalgan, foydalanuvchilar uchun 
qulay va ma‘lum bo‘lishi lozim. 
Elektron pochtada fayllarni yuborish 
Odatda katta hajmdagi fayllar boshlang‘ich holatida uzatilmaydi. Ular maxsus 
arxivator dasturlar yordamida siqiladi. Bu esa axborot jo‘natishda ketgan vaqtni 
tejaydi. 
DOC tizimlarida, odatda, PKWare firmasining PKZIP va PKARC 
dasturlaridan foydalaniladi. Bu dasturlar jo‘natilishi kerak bo‘lgan bir necha 
fayllarni birlashtirishda ham qo‘llaniladi. Odatda, bu juda qulay bo‘lib, birgina 
foydalanuvchiga jo‘natilayotgan bir necha katta bo‘lmagan fayllarni jo‘natishda 
qulaydir. PKZIP va PKARC dasturlari fayllarni boshlangich o‘lchamlaridan ham 
kichik o‘lchamli qilib, ularni bir arxiv fayliga siqib joylashtirishadi. Foydalanuvchi 
siqilgan arxiv fayllarini olganda, ularni qayta ochish va ajratish uchun xuddi shu 
dasturlardan foydalanishi zarurdir.
Odatda Macintosh kompyuteridan foydalanuvchilar fayllarni siqishda Stuffit 
dasturlaridan foydalanadilar. Ushbu dasturlar yordamida siqilgan fayllarni 
kengaytmalari SIT bilan belgilanadi. 
UNIX tizimlarida fayllarni siqish uchun har xil dasturlardan foydalaniladi. Bir 
nechta fayllarni bitta arxiv faylga biriktirishda esa tar (tape archive – arxivni terish) 
va cpio (copy in and out – ichki va tashqi nusxalash) dasturlaridan foydalaniladi. 
Bu dasturlar har qanday turdagi fayllar bilan ishlaydi. Arxiv faylini yaratgandan 
keyin uni bu ikki dasturlardan biriga joylashtirish mumkin. 
Internetda elektron pochta bilan ishlash 
Elektron pochta (E - Mail) – Internetning eng ko‘p tarqalgan xizmatlaridan 
biri. Elektron pochtani jo‘natish va ularga javob berish qulayligi tufayli, u oddiy 
bir guruh olimlar orasida axborot almashishdan butun dunyo bo‘yicha tarqalib 
ketdi. 


13 
Elektron pochtaning boshqa turdagi axborot almashinishidan ko‘p afzallik 
tomonlari bor. Elektron pochta orqali jo‘natilgan xat 5 - 10 minut ichida 
(muvaffaqiyatli holda) dunyoning xohlagan burchagiga yetib borishi mumkin. Bu 
uning oddiy pochtadan qancha tezligini ko‘rsatadi. Oddiy telefondan afzallik 
tomoni esa uning nisbatan juda arzonligidir. 
Foydalanuvchilar Elektron pochta adresi aniqlanishi
Biror bir odamga E-mail orqali xat jo‘natish uchun uning adresini bilish zarur. 
Buning uchun bir necha yordamchi dasturlar bor. Bularga Finger, WHOIS, Netfind 
va boshqalar kiradi. 
Internetning xohlagan abonentlari to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga olgan 
X.500 katalogi paydo bo‘ladi. Hozirgi vaqtda Internet Network Information Center 
– Internetning tarmoq axborot markazi va AT&T kompaniyasi InterNIC markaziy 
katalogi yaratildi. 
- Elektron pochta – bu internetning noyob imkoniyatlaridan biri bo`lib, u 
quyidagi xususiyatlarga ega : 
- ma‘lumotni yetkazish va almashish vositasi; 
- muloqatning samarali vositasi; 
- tez va samarali ravishda axborot almashishga imkon beruvchi texnik 
vositadir. 
Elektron pochta (E-mail – Electron Mail) – bir kompyuterdan boshqasiga 
shaxsiy xabarlarni uzatishni qulay va puxta vositasidir. Elektron pochtani alohida 
xususiyati uni ikkita Amaliy dasturga asoslanganidir. Ulardan biri birlamchi 
xabarlarni jo‘natish uchun, boshqasi esa keluvchi xabarlarni olish uchun ishlatiladi. 
Mos ravishda internet tomonidan elektron pochtani ishi ikkita server bilan 
ta‘minlanadi: birlamchi xabarlar serveri va keluvchi xabarlar serveri.
Birlamchi xabarlar xizmati SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – pochtani 
uzatishning soddaroq protokoli ) ga asoslangan. Birlamchi xabarlar xizmatini eng 
ko‘p tarqalgan protokoli POP (Post Office Protocol- pochta bo‘limi protokoli)dir. 


14 
SMTP protokolini bosh maqsadi elektron pochta xabarlarini puxta va samarali 
yetkazib berishdir.
SMTP ga muhit bo‘lib ayrim lokal tarmoq yoki Internet tarmog‘i xizmat 
qilishi mumkin. POP protokoli foydalanuvchining pochta qutisidagi (pochta 
serveridan) xabarlarni ularning ish joylariga tanlash uchun mo‘ljallangan. Shunday 
qilib, foydalanuvchilar Internet orqali SMTP protokoli bo‘yicha korrespondensiya 
jo‘natilsa, POP protokoli bo‘yicha foydalanuvchilar pochta serveridagi o‘zlarini, 
pochta qutisidagi korrespondensiyani oladilar. POP ni ikki versiyasi keng 
tarqalgan: POP2 va POP3. Bir xil funksiyalarni bajarsada ular bir-biriga 
moslashmaydi va ularda har xil buyruqlar tizimi ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda POP3 protokoli tez-tez ishlatiladi.
Elektron pochtani ishlash tamoyili.
Elektron pochta bilan ishlash uchun maxsus dasturlar – pochta mijozlari 
ishlatiladi. Windows uchun eng mashhur pochta mijozi:
-Microsoft Outlook (MS Office 2000 paketida taqdim etiladi).
-Microsoft Outlook Espress (MS Windows 98 operasion sistema tarkibiga 
standart ilova tarzida taqdim qilingan).
-Endora
-The Bat
Foydalanuvchi o‘zini kompyuterida Internet Explouer yordamida xabarni 
yaratadi, elektron pochta oluvchisini adresi ko‘rsatiladi, Internetga ulanadi va 
xabarni jo‘natishga buyruq beradi.
Xabar jo‘natuvchini provayderi birlamchi pochta serveriga (SMTP - server) 
uzatiladi. Кeyinchalik u oluvchini provayderi (POP - server) kiruvchi server 
provayderiga oraliq pochta serverlari zanjiri bo‘yicha xarakatlanadi. Oluvchi 
provayderni POP serveri bilan aloqa o‘rnatish, xabar uni lokal kompyuteriga 
uzatiladi. Shunday qilib, abonentlar o‘zaro ta‘siri natijasida pochta almashish 


15 
sxemasiga monand «mijoz-server» sxemasi bo‘yicha ishlaydi. Bunda sxemani bir 
necha pog‘onaga bo‘lish mumkin. 
Elektron pochta server bilan ishlovchi dasturlarga: 
Outlook Express; 
The Bat; 
Veb pochta va boshqalar kiradi. 
Outlook Express — Microsoft kompaniyasi tomonidan elektron pochta va 
xabarlar guruhi bilan ishlash uchun yaratilgan dastur. 
Outlook Express pochta kliyentini ishlatishda: 
-Dasturni sozlash talab etiladi; 
-Xatlar serverdan yuklanadi va foydalanuvchi kompyuterida saqlanadi; 
-Xatni internetga kirmasdan ham yozish va qulay vaqtda jo‘natish mumkin; 
-Antivirus sistemasi yo‘q. 
Outlook Express Windows operatsion sistemasining Windows 95 OSR 2.5, 
Windows NT va Internet Explorer brauzerining 4.0 versiyasidan boshlab birga 
yetkazilib beriladi. Mac OS «klassik» versiyalari uchun ham Outlook Expressning 
variantlari mavjud (Mac OS X versiyasi uchun Microsoft — Microsoft Entourage 
ni yaratgan, u Macintosh uchun yaratilgan Microsoft Office tarkibiga kiradi). 
Outlook Express nomi bu programma Microsoft tomonidan yaratilgan 
organayzer Microsoft Outlook ning «yengillashtirilgan» varianti deb taxmin qilish 
mumkin. Umuman olganda ushbu ikki programma bir biridan farq qiladi. Outlook 
Outlook Expressdan farqli xabarlar guruhi bilan ishlash funksiyasiga ega emas. 
Windows Vista bilan yetkaziladigan Outlook Expressning yangi versiyasi 
Windows Mail deb nomlanadi. 
2007 yil 30 mayda Microsoft Windows Live Mail yangi pochta klientining 
beta-versiyasini ishlab chiqdi, u Outlook Express shuningdek Windows Mail 
oʻrnini bosishi kerak. Windows Vista menejeri Nick White soʻzlariga koʻra 
Windows Live Mail butunlay yangi interfeysga ega, Windows Live stiliga mos 
qilib yaratilgan.Microsoft Outlook, Outlook Express dasturlarida ishlash asoslari 


16 
Microsoft Windows 98 2000, Me, XP operatsion sistemasi tarkibida elektron 
pochta hujjatlari bilan ishlashga mo'ljallangan Microsoft Outlook Express dasturi 
mavjud. Ushbu dasturning bir nechta versiyalari mavjud: 
- Microsoft Outlook Express 4.0 - Windows 98SE tarkibiga kiradi; 
- Microsoft Outlook Express 5.0 - Windows Me, 2000 tarkibiga kiradi; 
- Microsoft Outlook Express 6.0 - Windows XP tarkibiga kiradi; 
Bundan tashqari, u Microsoft Office 97, 2000, XP dasturlari majmuasi 
(paketi) tarkibiga kiritilgan bo'lib, bir nechta kerakli va foydali xususiyatlarga ega. 
Jumladan, MS Outlook dasturi MS Office tarkibidagi Word, Excel kabi dasturlar 
bilan integrasiyalashgan bo'lib, ulardagi ma'lumotlarni o'zi orqali yuborish va 
qabul qilish imkonini beradi.
Shuni ta'kidlash joizki, MS Outlook dasturi ma'lum Internet-provayderning 
elektron pochta qutisi bilan ishlashi mumkin, agar sizning elektron pochta qutingiz 
Internetdagi bepul servis serverlarida (masalan, www.mail.ru) joylashgan bo'lsa, 
siz ular bilan Internet Explorer kabi brauzer dasturi yordamida ishlashingiz 
mumkin bo'ladi. 
Microsoft Outlook Express dasturi Microsoft Outlook dasturiga nisbatan bir 
qator imkoniyat va servislarni o'ziga olmagan, lekin yuklatilgan asosiy vazifalarni 
bajarish imkoniga ega. Albatta, ularning ishchi oynalarining tashqi ko'rinishi ham 
har xil. 
1.1.1-chizma.Microsoft Outlook dasturining ishchi oynasi va tuzilmasi 


17 
Bo'limlar nomi va vazifasi: 
1.Dastur sarlavhasi - dastur va hujjat nomini aks ettiradi; 
2.Bosh menyu-barcha buyruq, dastur imkoniyatlari va sozlashlarni o'ziga olgan; 
3.Uskunalar paneli-keng qo'llaniladigan va tez-tez murojaat etiladigan 
uskunalarni o'ziga olgan; 
4.Navigasiya tugmalari-oldingi yoki keyingi hujjatga o'tish tugmalari; 
5.Adres (manzil) -Veb-sahifa, "Moy kompyuter", "Moy dokumenti" kabi 
internet manzillarni kiritish satri; 
6.Adresnay- kniga (kontakti);
7.Soobshenie -Statistika qismi, yaratilgan, yuborilgan va qabul qilingan elektron 
pochta hujjatlari sonini ko'rsatadi; 
8. Zadachi-masalalar ro'yxati; 
9.Moy yarliki-boshqa vazifalar bo'limiga o'tish, masalan kelgan, yuborilgan, 
o'chirilgan kabi hujjatlarni shu yerda batafsil ko'rish mumkin; 
10.Ish maydoni-hujjatlar mazmunini qisqacha yoki to'liq tasvirlar maydoni. 
Windows operatsion sistemasi tarkibidagi Outlook Express dasturiga kirish 
uchun Pusk (Boshla) menyusiga, undan Programmi (Dasturlar) ga kirib, mazkur 
dasturni tanlaymiz va natijada quyidagi oyna hosil bo'ladi: 
1.1.2-chizma.Microsoft Outlook Express dasturining ish oynasi va tuzilmasi 


18 
Yangi elektron pochta hujjatini yaratish uchun Bosh menyuning Fayl 
bo'limidan Sozdat (Yaratish) farmoishini yoki uskunalar panelidagi Sozdat 
soobshenie (Xat yaratish) tugmasini bosish kerak. 
1.1.3-chizma. Yangi elektron pochta hujjatini yaratish 
Hosil bo'lgan oynada xatni kiritib Komu: (Kimga) satriga xatni kimga 
yuborayotgan bo'lsak, uning elektron pochta manzilini, agar kerak bo'lsa ikkinchi 
manzilini ham ko'rsatib, Otpravit (Jo'natish) tugmasini bosamiz. Agar zarur bo'lsa 
xat bilan birgalikda boshqa matn bo'lmagan ixtiyoriy faylni (arxiv, dastur, rasm, 
audio, video va hokazoni) yuborish mumkin. Buning uchun Vlojit (Joylash) 
tugmasini bosib, ularni ko'rsatish kerak. 
The Bat! — 
Windows
 
OS
da 
elektron pochta
bilan ishlash uchun yaratilgan 
shartli-bepul programma. 
RITLabs
Maldoviya kompaniyasi tomonidan ishlab 
chiqiladi.
THE BAT pochta kliyentini ishlatishda: 
-Dasturni sozlash talab etiladi; 
-Xatlarni serverda ko‘rish va o‘chirish, serverga va foydalanuvchi 
kompyuteriga yuklash, o‘qish hamda Internetga kirmasdan ham xatlarga javob 
yozish mumkin. 
-Antivirus sistema yaxshi tashkillashtirilgan. 


19 
The Bat! programmasi Rossiya va sobiq 
SSSR
davlatlari foydalanuvchilari 
orasida mashhur. 
SMTP

POP3

IMAP
 protokollarida ishlay oladi. Programmaning 
ikki versiyasi mavjud: 
Home
va 
Professional
. Professional versiyasida 
orfografiyani tekshirish, xabarlarni S-MIME va OpenPGP standartlari yordamida 
shifrlash, lokal ma`lumotlar bazasini shifrlash va biometrik autentifikasiya qilish 
imkoniga ega. The Bat! ko`p miqdorli kiril kodirovkalarida ishlay oladi, 
shuningdek windows-1251, koi8-r, iso-8859-5 va boshqalarda. Shuningdek The 
Bat!da xabarlarni rezervda saqlash (umumiy rezerv faylida yoki har bir alohida 
accountda), adreslar kundaligi va foydalanuvchi talabi bo`yicha moslash yoki 
avtomatik ravishda moslash imkoniga ega. 
The Bat pochta mijozini sozlash yo`riqnomasi 
1.The Bat o`rnatilgan va ochiq dasturida yangi pochtani yarating. Buning 
uchun dastrudagi asosiy menyuda «Ящик» bo`limidagi «Новый ящик» bandini 
tanlang. So`ng, dialog oynasida pochta nomini kiriting. 
1.1.4-chizma. The Bat pochta mijozini sozlash yo`riqnomasi 


20 
2. Pochta ochilgandan keyin uning sozlamalarini kiritish kerak. Ushbu amal 
kontekst menyusidagi pochta nomiga sichqonchaning o`ng tugmasini bosish orqali 
bajariladi. 
3. Pochtani jo`natish sozlamalarida SMTP serveri maydoniga web.umail.uz 
deb kiriting. 
4. «Соединение – обычное», «Порт 25» – ushbu ko`rsatkichlarni 
o`zgartirmang! 
5. Pochtani qabul qilish uchun pochta serveri grafasida – web.umail.uz ni 
yozing. 
6. «Пользовател» maydoniga pochta manziligizni kiriting (pochta 
manzilingizning @ belgichigacha bo`lgan qismi yozilishi kerak) 
7. Pochtani yaratishda foydalanilgan parolni kiriting (ID.UZ dagi parol bilan 
adashtirmang) 
8. «Протокол POP3» – o`zgartirmang. 
9. «Соединение – обычное» va Порт 110 – o`zgartirmang. 
10. Server «Timeout» va «Тип доставки» maydonlarini o`zgartirmang yoki 
zarar bo`lganda keyin o`zgartirishingiz mumkin

1.1.5-chizma.Server «Timeout» va «Тип доставки» maydonlari


21 
11. Agar hamma amallar to`g`ri bajarilgan bo`lsa, pochtadagi barcha xatlar The 
Bat ga o`tadi. Pochtangiz ish uchun tayyor. Pochtada xatlarni qabul qilish, 
yuborish va o`qish mumkin.
1.1.6-chizma. Pochtada xatlarni qabul qilish, yuborish va o`qish 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish