birinchidan, davlatning web tizimda ishtirokini bevosita ta’minlash. Mamlakatda bir yoki bir necha rasmiy hukumat saytlarini(emerging web presence) xususan, foydalanuvchilar uchun statistik ma’lumotlarni beruvchi shuningdek, davlat va jamiyatni bog`lab turuvchi vosita sifatida joriy etilishi kerak. Ikkinchidan, davlatning bu tarmoqlardagi ishtirokini kuchaytirish(enhanced web presence)davlat web saxifalarining soni ko`payadi, taqdim etiladigan ma’lumotlar doimiy tusga ega bo`ladi, shu bilan birga foydalanuvchilar davlat web saxifalariga kirish yengilliklari yaratiladi. Uchinchidan,tizimda davatning interaktiv ishtiroki(interactive web presence),bunda davlat organlari hamda foydalanuvchilar bilan ma’lumot almashinishi amalga oshiriladi (shakllarni to`ldirish va onlayn tarzda arizalar yuborish).To`rtinchidan,davlatning tizimdagi ishtirokini shartnomaviy ko`rinishga keltirish(transactional web presence)foydalanuvchilarning ehtiyojlariga mos ma’lumotlarga ega bo`la olishlari, shartnomalarning onlayn tizimda amalga oshirilishi (soliqlar to`lash, ro`yxatga olish to`lovlari va bojxona bojlarini to`lash).Beshinchidan,tarmoqda davlat integratsiyasining to`liq mavjudligi(fully integrated web presence).
Xulosa o`rnida aytish mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizda elektron hukumatni rivojlantirish muhim vazifalardan biri xisoblanadi. Mamlakatimizda davlat organlari orasida elektron tizimning joriy etilishi hamda bu tizimning barcha fuqarolar uchun ochiqbo`lishi, shuningdek undan foydalanishning teng huquqlilik asosida amalga oshirilishi qaysidir ma’noda korrupsiyaning oldini olishi, hamda fuqarolarning siyosiy jarayonlarda bevosita ishtirok eta olishlari shuningdek, siyosiy jarayonlar borasida o`z fikrlarini elektron tarzda havola etish va o`z huquqlarini amalga oshirish yo`lida bevosita davlat organlari bilan ushbu tizimdan foydalangan holda muloqotga kira olish kabi qulayliklarning vujudga kelishiga olib kelishi tabiiydir. Shunigdek, jismoniy va yuridik shaxslarning elektron hukumat tizimi orqali savdolarni amalga oshirishi jumladan, shartnomalarni elektron tarzda tuza olish kabi qulayliklarning vujudga kelishi namoyon bo`lar edi. Bundan tashqari, davlat organlari orasida elektron tizimning joriy etilishi ular o`rtasidagi axborot almashinishi, shuningdek hujjatlarning tez va ishonchli tarzdan yetkaza olish kabi qulayliklarni vujudga keltirar edi. Bu esa o`z o`rnida fuqarolarning murojaatlaridagi yengilliklar hamda o`z ishlarining “tez yakunlay olish” kabi afzalliklarga olib keladi. Bundan tashqari, davlatlar o`rtasidagi munosabatlarda ham, aytaylik jinoyat, fuqarolik hamda oila munosabatlaridagi vujudga keluvchi davlatlar o`rtasidagi hujjatlar almashinishining alohida bir elektron tizimga keltirilishi va bu tizim asosida ularning axborot almashinishi yengillashtirilishiga olib kelishi tabiiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |