Электрон дарсликлар тузилмаси ва уни яратиш босқичлари Асосий саволлар



Download 152 Kb.
bet6/8
Sana10.07.2022
Hajmi152 Kb.
#771540
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Электрон дарсликлар 4 mavzu

Matn tahriri.

KL tilshunoslikning alohida mustaqil bo‘limi bo‘lib, kompyuter yordamida matnlarga ishlov berish bilan bog‘liq ko‘pgina murakkab vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligining kompyuter bilan bog‘liq holda hal etilishi lozim bo‘lgan quyidagi masalalarini ta'kidlab ko‘rsatish o‘rinli.


1. O‘zbek tilining o‘ziga xos kompyuter uslubini yaratish.
2. Axborot matnlaridagi qoliplilik, qisqalik, aniqlik mezonlarini ishlab chiqish.
3. O‘zbek tilida internet saytlarini yaratish me'yorlarini belgilash.
4. Kompyuter yordamida izohli va tarjima lug‘atlarini ishlab chiqish.
5. O‘zbek tili va adabiyoti darsliklarining elektron versiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish.
6. Kompyuterda inglizcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-inglizcha tarjima dasturlarini yaratish.
7. Yozma matnlarni kompyuterda tahrirlashning dasturlarini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish kabilar.
Shu o‘rinda hal qilinishi dolzarb bo‘lgan mazkur muammolarning eng ahamiyatlisiga, ya'ni o‘zbek tilining o‘ziga xos kompyuter uslubini yaratish masalasiga alohida urg‘u bermoqchimiz. Negaki, bu masala yuqorida sanalgan barcha muammolarning asosi, ya'ni muhim yechimi hisoblanadi.
Biz o‘zbek tilining barcha imkoniyatlari, ma'no boyligi, asrlar davomida shakllangan lug‘at zahirasi, uning go‘zalligi bilan Alisher Navoiy hazratlari ta'kidlaganidek, boshqa tillardan ustun jihatlaridan haqli ravishda faxrlanamiz. Ammo uslubida badiiy-tasvir vositalariga, turli nutqiy jilolar va o‘ziga xos ibora va okkazionalizmlarga o‘rin bo‘lishi mumkin emas. Bu uslub badiiy (yoki san'at) uslubi bilan parallel ravishda shakl­lanib, rivojlanib boraveradi, ammo ularning qo‘llanish sohasi bir-biridan farq qiladi. Har ikki uslubda (ya'ni, badiiy uslubdan va kompyuter uslubidan) turli soha vakillari foydalanishadi. Kompyuter uslubida jahon andozalari talablariga monand holda fikrlar aniq, qisqa, lo‘nda, displeyda qayta ishlashga moslashtirilgan bo‘ladi. Shunday uslubni yaratmas ekanmiz, mamlakatimizdagi turli idora va muassasalarda o‘zbek tilida to‘liq ish yuritishga o‘ta olmaymiz. Bizningcha, badiiy uslub bilan birgalikda kompyuter uslubini ham maktablarda, litsey va kollejlarda o‘qitishni boshlash zarur. Shunda o‘quvchilar ham o‘zlari uchun optimal bo‘lgan variantni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar: qaysidir o‘quvchi hayotiy ehtiyojlari asosida san'at uslubi yoki badiiy uslubni, boshqa o‘quvchi esa kompyuter uslubini chuqurroq o‘rganadi. Masalan, bir qiyosiy faktga murojaat qilaylik. Toshkentda O‘zMU olimlarining tashabbusi bilan "Dunyoviy o‘zbek tili" asarining 1-kitobi bosmadan chiqdi (2003). Unda o‘zbek tilidagi bitta fe'lning (ishlamoq fe'lining) taxminan 100 000 ta shakli (leksik-gramatik paradigmalari) rus va ingliz tillariga o‘girilgan. Ingliz tilida esa har qanday fe'lning taxminan 100 ta shakli borligi hammaga ma'lum. Kompyuter uslubida ushbu 100 000 ta shakldan faqat eng zaruriy, eng maqbul (optimal) varianti tanlab olinadi, qolganlari esa imkoniyat darajasida inson xotirasida saqlanadi.
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilining kompyuter uslubi aynan KL bo‘yicha mutaxassislar, kompyuter dasturchilari va filologlar hamkorligida yaratiladi. Uning ijobiy jihati ham aynan shunda ko‘rinadi: u filolog va kompyuter mutaxassislarining birgalikda ishlashini taqozo qiladi.
Axborot asri bo‘lgan XXI asrda oltindan qimmatroq bo‘lgan ma'lumotni, axborotni zarar yetkazmay qabul qilish bilan birga (bu yo‘nalish ham juda zarurligini inkor etmaymiz), uning amaliy tomonlariga ham katta e'tibor berishsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ya'ni, quruq nazariy fikrlarga to‘la tadqiqotlar bilan bir qatorda, xalqimiz uchun foyda keltiradigan kompyuter dasturlari - matnlarni tahrir qilish, avtomatik tarjima qilish, tillarga o‘rgatish kabi dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etishlari lozim, deb o‘ylaymiz. Masalan, XX asrning 30-40-yillarida bu ishni I.Kissen boshlab, o‘zbek lingvostatistikasining asoschisi, deb tan olingan edi. 60-70-yillarga kelib lingvostatistik tadqiqotlarni olib borish bilan S.Rizaev, S.Muhammadiev, S.Otamirzaeva kabi olimlar jiddiy shug‘ullandilar, O‘zRFA Til va adabiyot instituti huzurida shunday ishlarni muvofiqlashtiruvchi maxsus laboratoriya tashkil etildi. Keyinchalik bu laboratoriyaning faoliyati o‘z-o‘zidan barham topgan bo‘lsa-da, mustaqillik yillarida bu sohaga yana e'tibor berila boshlandi. Endigi vazifa ana shu ishlarni yanada jadallashtirish hamda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlarida kelgusida "Matematik va kompyuter lingvistikasi" sohasi bo‘yicha talabalar qabulini yo‘lga qo‘yish, magistra­tura, aspirantura bosqichi bilan yuqori malakali kadr­lar tayyorlashni izchil amalga oshirish lozim.
O'ZBEK TILI O'QITISH DASTURINI YARATISH VA TAKOMILLASHTIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maq­sadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini tubdan ­oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ­PF-5850-son Farmoniga muvofiq:

1. Quyidagilar:

a) 2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlanti­rish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:

mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy ha­yotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydala­nishga erishish;

ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashti­rish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;

davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;

davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyala­riga faol integratsiyalashuvini ta’minlash;

davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlanti­rish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

b) 2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020–2022-yillarda amalga oshirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq;

v) 2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari (keyingi o‘rinlarda — Asosiy yo‘nalishlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilansinki, Asosiy yo‘nalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:

a) ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshi­rish sohasida:

2025-yilga qadar davlat maktabgacha ta’lim tizimida amaldagi maktabgacha ta’lim muassasalarining hududlarini kengaytirish yoki yangi quriladigan muassasa­lar hisobiga o‘zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish;

2030-yilga qadar umumta’lim maktablarida o‘quv yillari uchun tayanch o‘quv rejalarida o‘zbek tili fanini o‘qitish ko‘lamini amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish;

oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kafedralari sonini 2025-yilga qadar 120 taga, 2030-yilgacha esa 140 taga yetkazish;

b) davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish sohasida:

lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alif­bosida “O‘zbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich ko‘paytirib borish;

2020-yilda o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yara­tish;

teleradiokanallar suxandon-bosh­lovchi­larining o‘zbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030-yilgacha 100 foizga yetkazish;

v) davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga integratsiyalashuvini ta’minlash sohasida:

2025-yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030-yilgacha esa ushbu ko‘rsatkichni 25 taga yetkazish;

dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish;

xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuv­chi dasturlar yaratish;

g) davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish sohasida:

2030-yilga qadar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘rgatuvchi markazlar sonini amaldagi 17 tadan 60 tagacha ko‘paytirish;

2025-yilga qadar “O‘zbek tilining do‘stlari” klublari sonini 30 taga, 2030-yilgacha esa 40 taga yetkazish;

xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kurslarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, o‘zbek tilini o‘rgatishga doir ilmiy tadqiqotlar miqdorini oshirish.

3. Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov) uch oy muddatda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishni ta’minlash maqsadida ishchi guruhini tashkil qilsin va aniq chora-tadbirlar hamda ularni moliyalashtirish manbalari va hajm­larini nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baho­lashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuri­tish darajasi aniqlanadi hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlari joriy etiladi;

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qisqa muddatli (1-2 oygacha) o‘quv kurslari muntazam ravishda tashkil etiladi.

Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Fanlar akademiyasi Innovatsion ri­voj­lanish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zbek tilidagi mavjud lug‘atlar asosida uzluksiz ta’limning barcha turlari uchun quyidagi o‘quv lug‘atlarini yaratish choralarini ko‘rsin, shu jumladan:

ko‘p jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning to‘ldirilgan yangi nashri (kirill va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida);

“O‘zbek tilining imlo lug‘ati”;

“O‘zbek tili sinonimlari lug‘ati”;

“O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”;

“O‘zbek tili frazeologizmlarining katta izohli lug‘ati”;

“O‘zbek tili omonimlari lug‘ati”.

Mazkur bandda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari yo‘naltirilsin.

6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:

oliy ta’lim muassasalarining filologiya ta’lim yo‘nalishlarida “Kompyuter lingvistikasi”, “Amaliy filologiya” yo‘na­lishlarini tashkil qilsin;

Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘ysin;



Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish