Superortikon
Superortikonning sxematik tuzilishi 2.15 – rasmda ko’rsatilgan. Katodi erga ulangan elektron to’p fokuslovchi katushka bilan birgalikda to’pning anod diafragmasi tasvirini nishonda hosil qiluvchi elektron dastani vujudga keltiradi. Erga ulangan tormozlovchi elektrodning mavjudligi nishonni sekin elektronlar rejimida ( 1) kommutatsiya qilish imkoniyatini beradi.
2.15 – rasm. Superortikon: K – katod; M – modulyator; A – anod; Fok. K – fokuslovchi katushka; OK – og’diruvchi katushkalar; M – nishon; TZ – tormozlovchi elektrod; BS – barer to’r; FK – fotokatod; OI – optik tasvir; PP – anodning o’tkazuvchi oplamasi; EP – elektron dasta; VEU – ikkilamchi-elektron ko’paytirgich.
Asbob ballonining elektron to’pga qarama-qarshi bo’lgan tomoniga yarim shaffof fotokatod qoplangan bo’ladi. Bu fotokatod erga nisbatan – 300 V (UFK) potentsialga ega bo’lib, unda uzatiluvchi tasvir proektsiyalanadi.
Nishon sifatida bir necha mikron qalinlikka ega bo’lgan shisha plastinadan foydalaniladi. Nishonning fotokatod tomonida unchalik katta bo’lmagan (1 – 3 V) musbat potentsialga ega bo’lgan (UBS) barer setka joylashtirilgan bo’ladi. Yoritilmagan nishon yuzasini kommutatsiyalovchi dasta yordamida razvertka qilinganida yuzaning potentsiali (UM) to’pning katodi potentsialiga teng bo’lib qoladi. Dasta nishondan to’liq qaytib anodga boradi. Anod to’p atrofida joylashgan ikkilamchi elektron ko’paytirgichning 5 ta dinodidan birinchisi vazifasini bajaradi va uning kuchaytirish koeffitsienti 1000 ga teng. Natijada asbobning chiqish qismi bo’lgan oxirgi dinoddan o’zgarmas tokning qiymati yozib olinadi. Bu qiymat kommutatsiyalovchi dastaning kuchaytirilgan tokiga mos keladi.
Agarda fotokatod yoritilgan bo’lsa unda hosil bo’layotgan elektron tasvir fokuslovchi katushkalar maydoni yordamida nishon tekisligiga o’tkaziladi va UM – UFK potentsiallar farqi katta bo’lganligi uchun nishonni to’pga qarama-qarshi bo’lgan tomondan tez elektronlar rejimida ( 1) bombardimon qiladi. Nishon elementlarining potentsiallari ularga keluvchi fototokning qiymatiga proportsional ravishda oshib boradi. Bu elementlarning potentsiallari ikkilamchi elektronlar kollektori vazifasini bajaruvchi barer to’r potentsiali qiymatiga intiladi. Nishonning o’ng tarafida musbat potentsial relef vujudga keladi. Bu relef katta sig’im va yupqa nishonning qarama-qarshi tomonlari orasidagi utechkalar hisobiga nishonning chap tarafida ham hosil bo’ladi. Nishonning chap tarafini elektron dasta bilan kommutatsiya qilinganda dasta nishon elementlari potentsialini katod potentsialiga yaqinlashtirish uchun, nishon elementlarida elektronlarning ma'lum bir qismini qoldiradi. Buning oqibatida undan qaytgan dastaning toki potentsial relef tomonidan modulyatsiyalangan bo’lib qoladi. Bu tokning o’zgaruvchan qismi ikkilamchi elektronlar ko’paytirgichida kuchaytirilganidan so’ng videosignalni hosil qiladi. Bunda nishonning o’ng tarafi musbat chap tarafi esa manfiy zaryadlarni yig’adi. Shuning uchun nishonning ko’ndalang o’tkazuvchanligi shunday qiymatga ega bo’lishi kerakki element kommutatsiyalari vaqti orasida bu zaryadlar o’zaro rekombinatsiyalanib ketishi lozim.
Superortikonning asosiy xarakteristikalarini kurib o’tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |