Nazorat savollari
Yorug`lik diodlarining ishlash prinsipini tushuntring.
Fotodiod deb qanday diodga aytiladi?
Yorug`lik diodining VAXsini chizing.
Optronlar haqida nima bilasiz?
3.3.MAVZU: TASHQI VA ICHKI FOTOEFFEKTLI ASBOBLAR
Reja.
1) Uzatuvchi(tashqi fotoeffektga ega bo’lgan) televizion asboblarning asosiy xarakteristikalari.
2) Vidikon (ichki fotoeffektga ega bo’lgan uzatuvchi televizion asboblar).
Tayanch so`z va iboralar: Tashqi fotoeffekt, spektral xarakteristika, parazit signallar, uzatuvchi televizion asboblarning ajrata olish qobiliyati, yorqinlikni uzatish gradatsiyasi.
Uzatuvchi(tashqi fotoeffektga ega bo’lgan) televizion asboblarning asosiy xarakteristikalari
Uzatuvchi televizion asboblar televizion sistemaning kirish qurilmasi bo’lib, uzatiluvchi optik tasvirning razvyortkasini amalga oshirishga va uning elementlari yoritilganligi xaqida ma'lumotga ega bo’lgan videosignalni vujudga keltirishga xizmat qiladi. Uzatuvchi asboblar uchun umumiy bo’lgan xarakteristikalarni ko’rib chiqaylik:
1. Spektral xarakteristika – deb videosignal kattaligining yuzaga tushayotgan yoruqlikning to’lqin uzunligiga bog’liqligiga aytiladi. Tasvirning buzilishini oldini olish uchun uni uzatayotganda uzatuvchi asbobning spektral xarakteristikasi ko’zning spektral xarakteristikasi bilan mos tushishi lozim.
2. Parazit signallar. Uzatuvchi asbobning chiqishida, unda sodir bo’layotgan jarayonlarning fluktuatsion xarakterga ega bo’lganligi bilan boqliq bo’lgan shovqinlar vujudga kelishi va foydali signalning ustiga tushishi mumkin. Bu shovqin parazit signallarga misol bo’la oladi. Asbobning chiqish qismida signalning shovqinga nisbati etarli darajada katta, ya'ni 30 – 40 dan yuqori bo’lishi kerak. Aks xolda shovqinlar kineskop ekranida o’z aksini topib, tasvirni sifatsiz qiladi. Signalning shovqinga nisbati katta bo’lishidan tashqari, signalning o’zi ham iloji boricha yuqori kattalikka ega bo’lishi kerak. Chunki uni kuchaytirganda kuchaytirgichning birinchi kaskadi shovqinlari unga qo’shilib, kuchayib ketishi mumkin. Fluktuatsion shovqinlar bilan bir qatorda ba'zi bir uzatuvchi asboblarga ularnig ish faoliyati bilan boђliq bo’lgan spetsifik parazit signallar ham xosdir.
3. Uzatuvchi televizion asboblarning ajrata olish qobiliyati – deganda kineskopning ekranida aks ettirilishi mumkin bo’lgan tasvirning eni yoki balandligiga to’qri keluvchi bir xil kenglikka ega bo’lgan yoruq va qoronqu chiziqlarning maksimal soniga tushuniladi. Bunda kineskopning va tasvir uzatiluvchi kanalning ajrata olish qobiliyati uzatuvchi televizion asbobning ajrata olish qobiliyatidan yuqoriroq bo’lishi lozim.
4. Yorqinlikni uzatish gradatsiyasi. Ob'ektning tasvirini uzatganda unda mavjud bo’lgan yorqinlikning ba'zi bir qismlari yo’qoladi. Bunga sabab tashqi shovqinlardir. Shuning uchun tasvirni uzatganda signalG`shovqin nisbati eng yaxshi qiymatga ega bo’lishi kerak. Bu narsaga erishish uchun signal – yoruqlik xarakteristikasi ma'lum bir ko’rinishga ega bo’lishi kerak.
5. Signal – yoruqlik xarakteristikasi uzatuvchi asbobning eng asosiy xarakterlaridan biri bo’lib, trubka tomonidan hosil qilinadigan signal tokining uzatiluvchi tasvirning u yoki bu elementi yoritilganligiga boqliqligi ko’rinishida ifodalanishi mumkin:
(2.4)
Uzatuvchi asboblarda signal – yorug’lik xarakteristikasi 2.9 – rasmda keltirilgan ko’rinishga ega bo’lishi kerak. Bunda (1 ning optimal kattaligi 0,4 ga teng bo’ladi.
2.9 – rasm. Signal – yoruqlik xarakteristikasining optimal ko’rinishi.
6. Uzatuvchi asboblarning inertsiyaligi deganda tasvirni uzatishda hosil qilingan signalning tasvir uzatish amalga oshirilgungacha mavjud bo’lgan yoritilganlik shartlariga bog’liqligining vujudga kelishiga tushuniladi. Buning oqibatida xarakatlanuvchi tasvirlarni uzatganda bu tasvirlarning buzilishi sodir bo’ladi.
7. Sezgirlik. Uzatuvchi asbobning sezgirligi deganda tasvirni aks ettirish uchun kerakli bo’ladigan signalni hosil qilish uchun lozim bo’ladigan eng kichik yoritilganlikning kattaligiga tushuniladi.
8. Qora sathning signalini uzatish. Video signalni uzatuvchi asbobdan kineskopga uzatishda uning faqatgina o’zgaruvchi tashkil etuvchisi, ya'ni ob'ektning elementlari yoritilganligi o’zgarishi saqlanadi. Tebranishlar sodir bo’layotgan fon sathining absolyut kattaligi haqida xulosa qilish mumkin bo’ladigan o’zgarmas tashkil etuvchisi esa qo’qoladi. Buning oqibatida tasvirni aks ettirish jarayonida buzilishlar vujudga keladi. Kineskop modulyatsion xarakteristikasida signalni to’qri joqlashtirish uchun bu signalda yoritilmagan (qora) tasvir elementi haqida ma'lumot bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |