- Elektron apparatlarning modelini yaratish asosan elektron qurilmani ishlash vazifasiga qarab loyihalanadi.Loyihalash jarayoni bir necha bosqichlardan iborat.Bularga elektron qurilmadagi elektr tokini taqsimlash,Uni kerakli maqsadda yoʻnaltira olish vazifasi yotadi.Asosan bu kabi barcha jarayonlar maxsus hisob kitoblar,laboratoriyalar va elektron apparatlarning qismlarini zarur boʻladi.Ammo bunda ham yetarli samaraga erishishga kafolat yoʻq.Sababi elektron quriomani loyihalash uni sinash,Sxemadagi xatolarni topish vaqt,elektron asboblarni sinov va loyihalash jarayonida ishdan chiqishi kabi hollar uchraydi.Malumki har qanday mahsulot ishlab chiqarish negizida mablagʻni iqtisod qilish muhim rol oʻynaydi va bunga alohida qarashadi.Bunday murakkab vaziyatda elektr muhandislariga va texniklarga Vertual laboratoriyalar yordamga keladi.Vertual laboratoriyalarning afzalliklari:
- Vaqt sezilarli darajada tejaladi,
- Loyihdagi xato va kamchiliklarni topsih nisbatan juda oson,
- Loyihaga ajratilgan mablagʻlarni sezilarli darajada kamaytiradi(chunki loyihalash va sinash jarayonidagi asboblarni yaroqsiz holga kelishi,Kuyishi,Ishdan chiqishi) kabi hollar uchramaydi.
- Shuningdek muhandis elektr toki bilan laboratoriya sharoitida bevosita aloqador ekan,Xavfsizlik masalasi alohida masala.Ammo Vertual laboratoriyalar bundan mustasno.Hozir sizlar bilan xuddi shunday elektron apparatlarning modelini yaratuvchi Vertual laboratoriyalar haqida toʻxtalib oʻtamiz.Bular :
- Proteus va MultiSIM dasturlaridir
PROTEUS - Proteus Design Suite - Proteus - toʻliq nomi inglizcha "Proteus Design Suite" ,elektron qurilmalarni loyihalash,simulyatsiya qilish,real vaqtda hisob kitob qilingan elektron qurilma loyihasini ishlatib koʻrish uchun moʻljallangan dasturiy taminot.
- Qisqacha tarixiga toʻxtalib oʻtamiz:
- Dastlabki dasturning ishlanmasi 1988- yil John Jameson tomonidan MS-DOC (Microsoft Disk Operating System)qoʻllab quvvatlaydigan holda chiqarilgan,Dasturiy taminotning birinchi nomi PC-B deb nomlangan.1990-yil dasturning Windows tizimda ishlovchi versiyasi taqdim etilgan.1996-yil SPICE (Simulation Program with Integrated Circuit Emphasis) uchun,Mikrokontrolerlar bilan ishlar 1998-yil,Shaklga asoslangan avtomatik marshrutlash 2002- yil,2006-yil 3D vizualizatsiya ya'ni loyihani 3 oʻlchamda intrfeysga chiqarishgacha boʻlgan rivojlanish bosqichini boshdan kechirgan.2015-yilda loyihalarni import /ekport qilish.2017 -yilda yuqori tezlikda dizaynni qoʻllab quvvatlash funksiyalari qoʻshilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |