MAVZU: ELEKTRO MAGNIT INDUKSIYASI
Reja:
Elektromagnit induksiya hodisasi.
Faradey tajribalari.
Lens qonuni.
Elektomagnit induksiyaning asosiy qonuni.
O`zinduksiya hodisasi. Solenoid induktivligi.
Elektromagnit induksiya hodisasi.
Daniyalik olim G. Ersted 1820-yilda tokning magnit ta`sirini aniqlagandan so`ng ingliz fizigi M. Faradey bu kashfiyot bilan tanishgach, shunday xulosaga keladi: modomiki, berk o`tkazgich bo`ylab oqayotgan tok magnitni harakatga keltirar ekan, magnitning harakatlanishi ham berk o`tkazgichda tok hosil qilishi kerak. Bu xulosaning to`g`riligini Faradey 1831-yilda ko`p tajribalar asosida tasdiqlaydi. U magnit maydonda berk kontur ilgarilanma harakat qilganda yoki burilganda, shuningdek, qo`zg`almas kontur ma`lum vaqt davomida o`zgaruvchan magnit maydonda turganda konturlarda tok hosil bo`lishini aniqladi.
Magnit maydonning o`zgarishi tufayli berk konturda hosil bo`ladigan tok induksion tok, hodisaning o`zi esa elektromagnit induksiya deb ataladi.Induksion tokni hosil qiluvchi elektr yurutuvchi kuch induksion elektr yurituvchi kuch (E.Yu.K) deb yuritiladi.
Faradey tajribalari.
Faradeyning induksion tok hosil bo`lishining shartlarini aniqlashga doir tajribalarini ko`rib chiqamiz. 1 -tajriba: Agar magnit kontur ichiga kiritilsa yoki konturdan chiqarilsa, berk konturda tok induksiyalanadi; magnit g`altakka yaqinlashtirilganda galvanometer strelkasi bir tomonga og`adi (g`altak ichidagi magnit oqimi orta boradi), magnitni g`altakdan uzoqlashtirilganda esa (magnit oqimi kamayib boradi)strelka boshqa tomonga og`adi, ya`ni magnit induksiya oqimining ortishi yoki kamayishi bilan induksion tokning yo`nalishi o`zgaradi. Demak, magnit induksiya oqimining o`zgarishi natijasida induksion tok hosil bo`lar ekan.
Magnit qancha kuchli, uning harakati qancha tez va g`altakdagi sim o`ramlar soni qancha ko`p bo`lsa, induksion tok kuchi ham shuncha katta bo`ladi. Agar magnitni berk g`altak yaqiniga yoki hatto g`altak ichiga joylashtirsak, magnit qo`zg`almaganda induksion tok hosil bo`lmaydi. Bundan, berk konturda induksion tok hosil qilish uchun birgina magnit maydonning bo`lishi yetarli bo`lmay, balki magnit harakatlanishi, ya`ni magnit maydon o`zgarishi kerak, degan xulosa kelib chiqadi.
2-tajriba: Bir g`altak va ko`p sim o`ramli ramka yonma-yon qo`yib, ramka uchlarini galvanometrga, g`altakning uchlarini tok manbayiga kalit, reostat orqali ulaylik. G`altakdagi magnit maydonni doimiy deb olsa bo`ladi. Ikkita usul ko`ramiz:
1-usul:
Ramka qo`zg`almas, va magnit manbayini qo`zg`almas ramkaga yaqinlashtiriladi, natijada magnit kuch chiziqlari kontorni kesib o`ta boshlaydi. G`altakni ramkaga yaqinlashtirilganda galvonometr strelkasi bir tomonga og`adi. Agar g`altakni ramkadan uzoqlashtirilsa galvonometr strelkasi boshqa tomonga og`adi. Demak, magnit maydon kuch chiziqlari ramkani kesib o`tib unda tok hosil qilyapti. Bu tokni induksion tok deyiladi.
2-usul:
Ramka biror tezlik bilan g`altakka yaqinlashtiriladi yoki uzoqlashtiriladi. Bu usulda ham induksion tok hosil bo`ladi.
Tajriba usullarini tahlil qilsak, 2-usulda magnit kuchlari ro`l o`ynaydi. Sababi ramka biror tezlik bilan magnit maydonga kiritila boshlasa, ramkadagi elektronlar ham o`sha tezlikda magnit maydonga yaqinlashadi. Magnit maydon esa Lorens kuchi bilan elektronlarga ta`sir qila boshlaydi:
𝐹⃗ = 𝑞[𝑣⃗ ∗ 𝐵⃗⃗]
Magnit kuchlar ramkada induksion elektr tokini hosil qilib, bu kuchlar chet kuchlar vazifasini bajaradi. Chet kuchlar esa chet kuchlar maydonini hosil qilib. Bu maydon elektronlarni o`tkazgich ichiga harakatga keltiradi va ramkada tok oqa boshlaydi.
1-usulda tokli g`altak magnit tomon yaqinlashtirilsa yoki uzoqlashtirilsa magnit maydon harakatdagi zarraga ta`sir qila boshlaydi. Bunda Lorens kuchi yo`q. Demak, boshqa chet kuchlar bo`lishi kerak. G`altak ramka tomon yaqinlashganda ramkada uyurmali elektr maydon hosil qiladi. Uyurmali elektr maydonlarni kuchi chet kuch hosil qiladi. Bularni Faradey va Maksvell o`zlarini ishlarida ko`rsatgan.
Bu usulda 𝐸⃗⃗ − maydon bo`ladi, bu maydon uyurmali bo`ladi. Uyurmali maydon magnit oqimini o`zgarishi tezligi hisobiga vujudga keladi. Bu uyurmali maydon uchun sirkulatsiyani yozsak:
∮ 𝐸⃗⃗𝑑𝑙⃗ = − 𝜕 Ф
𝜕𝑡
Oqimni o`zgarishi bo`yicha 𝜕 Ф bo`yicha sodir bo`ladi. Bu yerda xususiy
𝜕𝑡
hosila ramkani qo`zg`almasligini bildiradi. Agarda Ф magnit oqimini induksiya o`zgarishi bilan bog`lasak, unda ma`lumki ramkani kesib o`tayotgan oqim:
Ф = ∫ 𝐵⃗⃗𝑑𝑆⃗ 𝜕𝑡
Bu yerda uyurmali magnit maydon hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |