Elektrolitik dissotsiyalanish - 1
1. Quyidagi moddalarni 1 mol miqdorida to’la dissotsialanganda hosil bo’lgan ionlarning soni ortib boorish tartibida joylashtirilgan qatorni aniqlang.
A) natriy gidroksid, kalsiy gidroksonitrat, temir (III) nitrat , bariy gidrokarbonat
B) natriy gidroksid, kalsiy gidroksonitrat, bariy gidrokarbonat, temir (III) nitrat
C) temir (III)nitrat, bariy gidrokarbonat, natriy gidroksid, kalsiygidrokso nitrat
D) kalsiygidrokso nitrat, natriy gidroksid, temir(III)nitrat, bariy gidrokarbonat
2. Bertole tuzi dissotsialanganda qanday ionlar hosil bo’ladi?
1. kaliy; 2. xlorid; 3. xlorat; 4. kislorod; 5. xlorit;
A) 1,2
B) 1,3
C) 1,4
D) 1,5
3. Qaysi molekulaning dissotsialanishidan eng ko’p ion hosil bo’ladi?
A) K2SO4
B) Al2(SO4)3
C) K3[Fe(CN)6]
D) Ca(HCO3)2
4. Cu2+ ionini qaysi ionlar yordamida aniqlansh mumkin?
A) va
B) va
C) va
D) va
5. Qaysi eritmada ionlar konsentrasiyasi eng kam miqdorda bo’ladi?
A) HNO3
B) HCl
C) HBr
D) H2S
6. Ortofosfat kislota eritmasida : 1.digidrofosfat; 2.gidrofosfat; va 3.fosfat ionlarining miqdori ortib boorish tartibini toping
A) 2,3,1
B) 3,2,1
C) 1,2,3
D) 3,1,2
7. Zaryadi -2 bo’lgan ionlarni tanlang.
1.xlorat; 2.gidrofosfat; 3.digidrofosfat; 4.dixromat; 5.gidrosulfat ; 6.sulfat; 7.xromat;
A) 1,3,6,7
B) 1,2,7
C) 1,2,3,7
D) 2,4,6,7
8. Zaryadi +2 bo’lgan ionlarni tanlang: 1.gidroksoalyuminiy ; 2. gidroksomagniy; 3.gidroksorux; 4.nikel (III) gidrokso; 5.digidroksoalyuminiy;
A) 3,4
B) 3,5
C) 2,3
D) 1,4
9. Quyidagi keltirilgan qaysi reagentlardan ketma-ket foydalanib kumush, bariy va temir nitratlari aralashmasidan har bir kationni tegishli birikmalar holida ajratib olish mumkin?
1. natriy gidroksid; 2. osh tuzi; 3. natriy sulfat;
A) 1,2,3
B) 2,1,3
C) 3,2,1
D) 2,3,1
10. Qaysi moddalar bosqichli dissotsialanadi?
1.sulfat kislota; 2.suv; 3.bariy gidroksid; 4.mis (II) gidroksid; 5.natriy fosfat; 6.natriy gidrofosfat; 7. mis(II) gidroksoxlorid; 8.alyuminiy xlorid;
A) 1,2,4,6
B) 1,3,4,6
C) 1,4,5,7
D) 2,3,4,7
11. Ortofosfat kislota eritmasida necha xil ion bo’lishi mumkin? (suvning dissotsialanishi hisobga olinmasin)
A) 2
B) 3
C) 4
D) 5
12. Bir molekula kaliy dixromat va ikki molekula alyuminiy sulfat dissotsialanganda xosil bo’ladigan ionlar sonini aniqlang.
A) 4
B) 8
C) 10
D) 13
13. Dissotsialanganda ikki xil anion hosil qiladigan birikmani aniqlang.
A) natriy gidroksid
B) sulfat kislota
C) natriy-kaliy sulfat
D) natriy nitrat
14. Dissotsialanganda ikki xil kation hosil qiladigan birikmani aniqlang.
A) mis (II)sulfat
B) bariy sulfid
C) kaliy sulfat
D) bariy gidroksid
15. Bir molekula ammoniy dixromat va 3 molekula vismut (III) nitrat dissotsialanganda hosil bo’ladigan ionlarning umumiy sonini aniqlang
A) 7
B) 12
C) 14
D) 15
16. Natriy nitrat va ortofosfat kislota eritmalari aralashmasidagi ionlarning umumiy sonini aniqlang (to’la dissotsialangan holat uchun).
A) 4
B) 8
C) 6
D) 11