Favquladagi zararlar - Korxona faoliyatida ko‘zda tutilmagan xodisa va operatsiyalar natijasida kelib chiqqan gayri tabiiy, kutilmagan xarajatlar.
To‘g‘ri moddiy sarflar
12-jadval
№
|
Sarf moddalar
|
O‘lch.
|
Baho
|
1 o‘lcham maxsulot uchun
|
Yillik sarf
|
miq. so‘m
|
miq. m.so‘m
|
1
|
Xom ashyo va asosiy materiallar
a)
b)
v)
g)
d)
|
|
|
|
|
|
|
2
|
Yordamchi materiallar:
a)
b)
v)
g)
d)
|
|
|
|
|
|
|
3
|
Ishlatiladigan chiqindi (ayriladi)
|
|
|
|
|
|
|
4
|
Yoqilg‘i(gaz, ko‘mir, diz.yoqilg‘i).
|
|
|
|
|
|
|
5
|
Kuvvat sarflari (el.quvvati, suv, bosim ostidagi xavo, bug‘).
|
Jami: ∑
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxining kalkulyatsiyasi
Yillik ishlab chiqarish xajmi- 100000
Maxsulotning kalkulyatsion o‘lchami- 1M2
13-jadval
№
|
Sarf moddalar
|
Sarflar qiymati
|
|
1 o‘lcham maxsulot uchun, so‘m
|
Yillik xajmi, min. so‘m.
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1.
|
To‘g‘ri moddiy sarflar
|
148500
|
14850000
|
2.
|
Mexnatga doir to‘g‘ri sarflar, shu jumladan:
|
34444
|
3444400
|
a)
|
Ishlab chiqarish ishchilarining ish xaqi
|
30754
|
3075400
|
b)
|
Sug‘urta ajratmalari (yagona ijtimoiy to‘lov -12%)
|
3690
|
369000
|
3.
|
Materialga doir yondosh sarflar
|
|
|
4.
|
Mexnatga doir yondosh sarflar
|
|
|
5.
|
Asosiy fondlar amortizatsiyasi
|
88532
|
8853200
|
6.
|
Boshqa (shu jumladan ustama) sarflar
|
36503
|
3650300
|
7.
|
Ishlab chiqarish tannarxi
|
307979
|
30797900
|
8.
|
Davr xarajatlari
|
36957
|
3695700
|
9.
|
Umumiy xarajatlar
|
344936
|
34493600
|
10.
|
Foyda
|
96582
|
9658200
|
11.
|
Maxsulot rentabelligi
|
28
|
|
12.
|
Korxonaning ulgurji baxosi
|
441518
|
44151800
|
13.
|
Kelishilgan (erkin -sotish) baho, - 20% QQS bilan.
|
507746
|
50774600
|
Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisobi 14-jadal
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
O‘lcham
|
Loyiha bo‘yicha
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
Yillik i/ch mahsulot hajmi
a) natural ifoda
|
|
100000
|
b) tovar mahsulotining qiymati
|
ming so‘m
|
|
2
|
1 o‘lcham mahsulotning i/ch tannarxi (ishlab chiqarish sarflari)
|
So‘m/o‘lcham
|
344936
|
3
|
Yillik mahsulotning tannarxi
|
ming so‘m
|
34493600
|
4
|
Mahsulotning erkin-sotish baxosi
|
so‘m/
|
50774600
|
5
|
Yillik foyda
|
ming so‘m
|
9658200
|
6
|
Mahsulot rentabelligi (samaradorligi %)
|
%
|
28
|
7
|
1 ishlovchining o‘rtacha- oylik ish haqi
|
ming so‘m
|
4020
|
8
|
1 ishchining o‘rtacha- oylik ish haqi
|
Ming so‘m
|
4170
|
9
|
Moddiy sarflarning i/ch tannarxdagi ulushi
|
%
|
|
Ko‘rsatkichlar hisobi:
1. Yillik mahsulot hajmi Qi/ch va Qi/ch x Eb
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi va umumiy sarflar hisobi:
I. To‘g‘ri moddiy sarflar;
II. Mehnatga doir to‘g‘ri sarflar;
III. Yondosh moddiy va mehnatga doir sarflar;
IV. Asosiy fondlar ammortizatsiyasi;
V. Boshqa qolgan, shu jumladan ustama xarajatlar.
Jami sarflarning yig‘indisi yoki ishlab chiqarish tannarxi
I – V
Umumiy sarflar ( to‘la tannarx) = i/ch t/n+davr xarajatlari
3. Mahsulotning erkin sotish bahosi:
Eb = Ubk + A+ QQS
Ubk – maxsulotning ulgurji baxosi:
A –aksiz soligi (ayrim maxsulotlarga belgilagan)
QQS –qo‘shimcha qiymat solig‘i (barcha sanoat mahsulotlarga belgilagan -20%)
4. Yillik foyda
F= (Ubk – t/n) x Qi/ch
5. Mahsulot rentabelligi (samaradorligi):
Rm = F / t/n x 100
6. O‘rtacha oylik ish haqi:- korxona ma’lumoti
7. To‘g‘ri moddiy sarflarning i/ch t/n –dagi ulushi:
To‘g‘ri moddiy sarf i/ch t/n x 100
ISH JOYIDA MEHNAT MUXAFAZASI TEXNIKA XAVFSIXLIGI
Texnik qurilmalarning joylashishi ishlab chiqarish jaraѐnlarining amaldagi umumiy xavfsizlik talablariga, texnologik loyihalash meyorlariga, qurilish
meyorlari va qoidalariga muvofiq ulardan foydalanish xavfsizligini, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qulayligini ta’minlashi kerak.
Tashkilotning ishlab chiqarish binolarida quyidagilar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak:
a) boshqaruv shitlariga xizmat ko‘rsatish fronti bo‘ylab kengligi kamida 2,0 m bo‘lgan maydonchalar (doimiy ish o‘rinlari bo‘lganda);
b) texnik qurilmalarga doimiy xizmat ko‘rsatiladigan joylarda kengligi kamida 1,0 m bo‘lgan maydonchalar va vaqti-vaqti bilan xizmat ko‘rsatiladigan joylarda kengligi kamida 0,8 m bo‘lgan maydonchalar;
v) montaj va demontaj qilinadigan uskunalarni, montaj va ta’mirlash ishlarini bajarish uchun zarur moslamalarni, asboblar va ѐrdamchi materiallarni joylashtirish uchun yetarli o‘lchamlardagi ta’mirlash (montaj qilish) maydonchalari.
Bunda ishchi o‘tish yo‘llari va maydonchalarning o‘lchamlarini qisqartirish, shuningdek asosiy va zaxira chiqish joylarini to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
Ish o‘rinlarining xavfsizligi GOST 12.2.061-81 «SSBT. Ishlab chiqarish uskunasi. Ish o‘rinlariga qo‘yiladigan umumiy xavfsizlik talablari» va boshqa amaldagi tegishli standartlar talablariga javob berishi kerak.
Aspiratsiya tizimlari chang-gaz-havo aralashmalari ko‘rinishidagi xavfli va zararli moddalar (gaz, bug‘, chang, aerozollar)ni ular hosil bo‘lgan joylardan chiqarib yuborilishini va ishlab chiqarish binolari ish hududi havosida bunday moddalarning miqdori GOST 12.1.005-88 «SSBT. Ish hududi havosiga qo‘yiladigan umumiy sanitariya – gigiena talablari», SanQM 0046-95 «Ish hududi havosida zararli moddalarning chegaraviy ruxsat berilgan konsentratsiyasi (ChRBK)»larda belgilangan chegaraviy ruxsat
berilgan konsentratsiyalar (ChRBK) darajasidan oshmasligini ta’minlashi kerak.
Aspiratsiya tizimlarini o‘rnatish amaldagi qurilish me’ѐrlari va qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish xonalarida aspiratsiya tizimlarini o‘rnatmasdan havoni xavfli va zararli moddalar bilan ifloslantirish manbalari bo‘lgan texnik qurilmalar va texnologik transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Aspiratsiya uskunalari texnik qurilmalar ishga tushirilgunga qadar yurgizilishi, ular to‘xtagandan keyin esa ish hududi havosida xavfli va zararli moddalar konsentratsiyasi ChRBKdan ortiq hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan vaqt o‘tgandan so‘ng o‘chirilishi kerak.
Agar avtomatik tarzda ishga tushadigan aspiratsiya uskunalari bo‘lsa, aspiratsiya uskunasi yaqinida bevosita qo‘shimcha ishga tushirish qurilmalari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Xavf tug‘diruvchi harakatlanadigan qismlarga ega barcha texnik qurilmalar GOST 12.2.062-81 «SSBT. Ishlab chiqarish uskunasi. Himoya to‘siqlari» va tegishli amaldagi standartlar talablariga binoan to‘silgan bo‘lishi kerak. Istisno sifatida funksional vazifasiga ko‘ra to‘sish ruxsat etilmaydigan, shuningdek 2,5 m dan ortiq balandlikda joylashgan va xavf tug‘dirmaydigan harakatlanuvchi qismlar hisoblanadi.
To‘siqlar texnik qurilma bilan bir komplektda yetkazib berilishi ѐki loyihada ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Texnik qurilmalarning to‘siqlari nosoz ѐki yechib olingan bo‘lsa ishlashi taqiqlanadi.
Harakatlanuvchi qismlar to‘sig‘i turg‘un bo‘lishi kerak. Agar texnik ѐki texnologik sabablarga ko‘ra turg‘un to‘siq o‘rnatishning imkoni bo‘lmasa, yechiladigan himoya va to‘siq konstruksiyalardan foydalanish ruxsat etiladi.
To‘siqlar yaxlit metall ѐki to‘rsimon ko‘rinishda yasaladi. To‘rsimon to‘siq kataklarining o‘lchami ko‘pi bilan 20 x 20 mm bo‘lishi kerak. Agar texnik qurilmalarning ijro organlari insonlar uchun xavf tug‘dirsa va to‘sish imkoni bo‘lmasa, texnik qurilmani ishga tushirilganligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi signalizatsiya va uni to‘xtatish hamda elektr energiya manbalaridan uzish vositalari ko‘zda tutilishi kerak.
Texnik qurilmalarning ichiga joylashtirilmagan kontryuklar yuqorida ko‘rsatilganday to‘silishi ѐki odamlarning xavfli hududga kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan ѐpiq yo‘naltiruvchi qurilmalar (quduqlar, quvurlar, shaxtalar)da joylashtirilishi kerak.
Omborxonalar hududida yuk ortish va tushirish, shuningdek yukni joydan – joyga ko‘chirish ishlari mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yo‘riqnomalar bo‘yicha bajarilishi kerak.
Omborxonaga kirib kelgan tarkibni yukdan bo‘shatish ishlari u to‘liq to‘xtagach, to‘xtash signallari bilan to‘silib, tormoz boshmoqlari o‘rnatilib va yuk ortish – tushirish ishlarini bajarish uchun mas’ul shaxsning ruxsati olingandan so‘ng bajarilishi kerak.
Qabul qilish qurilmalarining yuk tushirish maydonchasida va vagon
ag‘dargichlardan keyin bo‘sh vagonlarni qabul qilish yo‘llarida ta’mirlash ishlarini bajarish va eshiklarni ѐpish taqiqlanadi.
Vagon eshiklarini va platforma bortlarini, yukni o‘zi tushiradigan vagonlarni eshik va lyuklarini ochish malakali ishchilar tomonidan maxsus moslamalar ѐrdamida bajarilishi kerak.
Ko‘rsatilgan qurilmalarni ochish paytida vagon yaqinida boshqa ishlab chiqarish xodimlarining bo‘lishi ruxsat etilmaydi.
Lyuklar ѐki zatvorlar ochiq bo‘lganda bunkerga yuk tushirish taqiqlanadi. Bunkerlardan yuk tushirishda lyuklar ѐki zatvorlar ro‘parasida ishlab chiqarish xodimlarining bo‘lishi taqiqlanadi.
Vagonlardan bir vaqtning o‘zida qo‘lda va yuk ko‘tarish vositalari ѐrdamida yuk tushirish, yuk ko‘tarish vositalari ѐrdamida yukni tushirish chog‘ida vagonlarda va avtomashinalarning kuzovida odamlarning bo‘lishi, shuningdek vagonlardan qo‘lda yuk tushirilaѐtgan joy ustidan kranlar bilan yukni ko‘tarib olib o‘tish ta’qiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |