MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………...
1. Loyihani texnik – iqtisodiy asoslash…………………………………………….
2. Ishlab chiqarilayotgan maxsulotga qo‘yiladigan texnik talablar……………….
3. Ishlab chiqarishdagi fizik-kimyoviy jarayonlarning nazariy asoslari……….....
4. Purkash metallizatsiyasi......................................................................................
5. Termal diffuzion rux bilan qoplash …………………........................................
6. Mexanik rux bilan qoplash..................................................................................
7. Elektrolitik ruxlash nazariyasi…………………………………………………..
8. Rux qoplamalar...................................................................................................
9. Elektrolitik rux bilan qoplash..............................................................................
10. Elektroliz sexlarni loyihalashtirish….……………………...………………….
11. Elektrolitni aylanishi va sovutilishi....................................................................
12. Vannalarni elektr zanjirini va elektrodlarni ulash sexemalari.............................
13. Vannani elektr balansi….………………………………………......................
14. Avtomatlashtirish qismi……………………………………………………….
15. Iqtisodiy qism………………………………………………………………….
16. Mexnat muxofazasi…………………………………………….…..
Xulosa………………………………………………………………………….…
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati........................................................................
KIRISH
Ishlab chiqarish xajmi bo‘yicha rux, alyuminiy va misdan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Bir yilda dunyoda 5-7 mln.t. rux ishlab chiqariladi. Zavodlarning ishlab chiqish imkoniyati 75-85% larga foydalaniladi. O‘zbekistonda O‘rta Osiyoda yagona zamonaviy rux zavodi ishlab turibdi. Bu zavod Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati tarkibiga kiradi. Zavodning ishlab chiqish imkoniyati bir yilda 100 ming tonnadan ziyodroqdir.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida bugungi kunda antikorrozion qoplama sifatida zux metalli bilan qoplashning bir qancha usullari: qaynoq qoplash, purkash, metallizatsiya va elektrolitik zuxlash usullari xaqida ma‘lumotlar yoritilgan. Bitiruv ishida elektrolitik ruxlash sexining loyihasi, texnologik sxemasi, asosiy uskuna mukammal xisobi, katod – anod jarayonlari, elektroliz vannalari hisobi, jarayonni avtomatik boshqaruvi, mehnat muhofazasi, iqtisodiy samaradorlik kabi ma‘lumotlar, hisob ishlari keltirilgan.
Xorijiy davlatlarda rux ishlab chiqarish quyidagilarda mavjuddir: AQSh, Yaponiya, Rossiya, Kanada, Avstraliya, Olmoniya, Fransiya, Bolgariya, Polsha, Benilyuks, Kozokiston va boshqalardir. Dunyoda miqyosida ishlab chiqilgan ruxning o‘zlashtirilishi quyidagichadir, %: oqtunika olish 36; latun va bronza olish 26;quymakorlik 26; rux prokati 3; kimyo mollari 6,5. Ruxni asosiy o‘zlashtiruvchi davlatlar AQSh, Yaponiya, Olmoniya, Rossiya. O‘zbekiston o‘zini mahsulotini xorijiy davlatlarga eksport qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |