Elektroenergetik jihoz va uskunalarni ishdan chiqishi



Download 46,2 Kb.
bet1/3
Sana12.03.2022
Hajmi46,2 Kb.
#492061
  1   2   3
Bog'liq
ELEKTROENERGETIK JIHOZlarning ishdan chiqishi


ELEKTROENERGETIK JIHOZ
VA USKUNALARNI ISHDAN CHIQISHI

Tortuvchi nimstansiya jihozlar puhtalik ko’rsatkichlarining son qiymatlarini aniqlash uchun jihozni ishlab chiqarilgan korxonada mahsus tajribalar o’tkazib yoki uni ishlatish davomidagi holatlarini ro’yhatlab olish mumkin.


Nimstansiyalarning foydalanishdagi qilinadigan jihozlar holatini bilib, uning puhtalik ko’rsatgichlarini hisoblash mumkin. Ularni asosida esa jihoz ishini prognozlash, tamirlash muddatlarini belgilash, hamda ekspluatatsiya etishni ilmiy asosda belgilash mumkin. Bundan tashqari nimstansiyalarning elektrotexnik apparatura yaratayotgan konstruktorlarga katta ma’lumot sifatida xizmat qiladi.
Jihozlar ishdan chiqishi to’g’risidagi statistik ma’lumotlarni ro’yhatlari uchun tortuvchi nimstansiyalarda passport karta va ishdan chiqishlarni ro’yhatlash kartochkalar tutiladi.
Tortuvchi nimstansiyalarni jihoz va uskunalarini ishdan chiqishini ro’yhatlash va ularni sinflash
Pasport-kartalarda tronologik tartibda elektr jihozni ishga kiritilishidan to uni almashtirigunga qadar barcha ma’lumotlar yoziladi.
Pasport-karta har bir asosiy jihozga alohida tutiladi. Misol uchun transformator, o’chirgichlar va hokazo). Taqsimlovchi qurilmadagi (bir xil kuchlanishli) ajratgichlar, yig’ma shinalar majmuasiga bittadan pasport karta tutiladi.
Bir turdagi tok va kuchlanish transformatorlariga, razryadlagichlarga va bir turdagi boshqarish sxemalarining jihozlariga, himoya rele va avtomatikaga hamda nimstansiyaning o’zi uchun ishlatiladigan jihozlariga ham bittadan pasport karta tutiladi.
Pasport-kartalar jihozlarni shikastlari tuzatilgandan so’ng nimstansiya boshlig’i tomonidan to’ldiriladi.
Jihozlarni pasport-kartasi va normal ishlashni buzilishlari.
temir yo’li elektr ta’minot uchastkasi tortuvchi nimstansiya ulanish jihoz nomi
turi zavod nomeri Ishlab chiqaruvchi zavod
Ishlab chiqarish sanasi Ishga tushirish sanasi Nazorot qilish sanasi
Pasport-karta to’ldirilgandan so’ng “Ishdan chiqish kartalari” ikki nushada to’ldirilib “Temir yo’l elektrotexnik laboratoriyasiga yoki ta’minot uchastkasiga yuboriladi. U yerda barcha kartochkalar ishdan chiqish joyiga, jihoz turiga, ishdan chiqish sabablariga, tiklash tavsifi va boshqa alomatlarga ko’ra sinflanadi.

Jihoz va uskunalar ishdan chiqishini sinflanishi



    1. Tortuvchi nimstansiyalar jihoz va uskunalarining ishonchligi

Tortuvchi nimstansiyalarning ishonchligi uni tashkil qiladigan asosiy jihozlarining, ishonchligiga, sxematik yechimlariga va zaxiralash usullaridan tashkil topadi. Bunda asosiy energetik jihozlarni ishonchligi katta ro’l o’ynaydi.
Ishonchlikni son qiymatlarini bilish turli jihozlarni solishtirish hamda energota’minot ishonchligini hisoblashda, texnik xizmat qilishni optimal tuzilishlarini aniqlashda, ta’mirlash oralaridagi muddatini va ehtiyot qismlar hajmini belgilashda asos bo’ladi.

      1. Shinalar tizimi

Shinalar ishonchligi kuchlanish darajasidan taqsimlash qurilma (PY 3aKpMToe, OTKpBiToe) turidan va ulash soniga turlicha bo'lgan taqsimlash qurilmaga bog'liq. Shinalarni ishdan chiqishi izolyatsiya ishdan chiqishiga, shleyflar ulangan joylarini o’ta qizishidan, izolyatsiyani mexanik ravishda ishdan chiqishiga, hamda foydalanish personalni qayta ulashlarda qilgan hatoliklariga bog’liq.

Shinalar kuchlanishi

Ishdan chiqish oqimining parametri

220 kv

0,04 1/yil

110 kv

0,01 1/yil

10 kv

0,001 1/yil

3,3 kv

0,005 1/yil

Tajribalar shuni ko’rsatadiki shinalar ishonchligiga shinalarga ulangan o’chirgichlarni va ajratgijlarni benuqson ishlashi ta’sir qiladi. Shuning uchun shinalarni ishdan chiqish parametrini aniqlashda ularni ikkita ulanishlar orasidagi qismi (uchastkasi) \up va alohida shinalardagi ulangan o'chirgichlar va shina ajratgichlarining ulushini hisobga olish lozim.


Shinalarni ishdan chiqish oqimining parametri quyidagiga teng
\.. = (^ + Kb^ + KP... ■ )n,
bunda n - ulanishlar soni.
Ajratgichlar
Ajratgichlar nimstansiyalarni eng ishonchli qurilmalaridir. Bular quyidagi jadvalda aks etilgan.

Ajratgichlarni kuchlanishi

Ajratgichlarni ishdan chiqish
oqimining parametri

220-110 kv

0,0001 1/yil

110 kv

0,01 1/yil

6-10 kv

0,001-0,0043 1/yil

Qisqa tutashtirgichlarda ishdan chiqish izolyatsiyaning mexanik va elektr shikastlanishidan, o’z-o’zidan ulanishidan va himoyalash signali ishga tushmaslikdan hosil bo’ladi. Qisqa tutashtirgichlarning ishdan chiqish oqimining parametri - 0,013 1/yil.


O’zgaruvchan tokli yuqori kuchlanishli o’chirgichlar va kuch transformatorlari
O’chirgichlar ishdan chiqishi ko’p hollarda kommutatsion operatsiyalarda ya’ni mexanik va elektrik shikastlarda ulanmaslik yoki uzilmaslikda namoyon bo’ladi. O’chirgichlarni ishdan chiqishi ularni yuritmasi ishlamasligidan, ularni izolyatsiyasi teshilishidan yoki kontaktlar holatini buzilishi natijasida yuzaga keladi.
O'chirgichlarni tavsifli ishdan chiqishi - bu qisqa tutashish toklarida yoyni uzilmasligidir. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, QT toklari uzilmasligi o’chirgichlar ishdan chiqishini 15 dan 35% ini tashkil etadi.
Transformatorlar ishdan chiqishi asosan ularni chulg’amlari, kirishlari, transformatorlarni o’ramlar sonini qayta ulagichlari shikastlanishiga bog’liq.

N

Transformatorni ishdan chiqishi sabablari

Ishdan chiqish ulushi

1

Yuklama ostida kuchlanishni rostlash qurilmalari

48%

2

Yuqori kuchlanishli kirishlar

30%

3

Himoyalash qurilmalari

10%

4

Ulanish qismlari

12%

O’chirgichlar va kuch transformatorlarning o’rtacha ishdan chiqish oqimlarining parametri quyidagicha:



Jihozni nomi

220 kv

110 kv

35 kv

6-10 kv

Yog'li o'chirgich

0,050

0,0107

0,0067

0,0060

Kuch
transformatori

0,017

0,0046

0,0079

0,0060



Download 46,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish