UZOQ MUDDATLI O’ZGARMAS NAGRUZKADA MOTOR QUVVATINI ANIQLASH Uzoq muddatli ish rejimining nagruzka diagrammasidan yoki hisoblash yo’li biaan ish mashinasi quvvatini aniqlash mumkin bo’lmagan hollarda ish mashinasining o’lchash bilan annqlangan quvvatini uzatmaning foydali ish koeffiqientiga bo’lib, motorning quvvati topiladi. Motor validagi quvvatga binoan katalogdan motor tanlanib, u faqat ishga tushirish momentiga binoan tekshiriladi. Uzoq muddatli ish rejimiga ega bo’lgan ish mashinalari uchun motor quvvati quyidagicha topiladi.
Ventilyator uchun motor quvvatini aniqlash Ventilyator parrakli yoki markazdan qochar kuchga asoslangan konstruksiyada tuzilib, ish unumi Q [m3 / sek] va bosimi H [mm suv ustuni] bilan xarakterlanadi. Markazdan qochar kuchga asoslangan ventilyatorlar past bosimli (H< 100 mm suv ustuni); o’rta bosimli (H <1004-400 mm suv ustuni) va yuqori bosimli (H>400.mm suv ustuni) q'ilib chiqariladi. Ventilyator quvvati quyidagi mulohazalar asosida topiladi.
Nasoslar uchun motor quvvatini aniqlash Qishloq xo’jaligidagi yer massivlarini sug’orish, qishloq aholisi va fermalarni suv bilan ta’minlash, vertikal, gorizontal drenaj va shu kabi irrigaqiya inshootlari uchun porshenli va markazdan qochar kuchga asoslangan nasoslar, zanjirli va vintli suv ko’targichlari hamda charxpalaklardan foydalaniladi. Texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlarga binoan elektr motori bilan harakatga keltiriladigan markazdan qochar kuchga asoslangan nasoslar suvni uzatish uchun eng qulay ish mashinalaridan xisoblanadi. Qishloq xo’jaligiga berilayotgan elektr energiyasining yarmidan ko’p qismi nasoslariing elektrik yuritmasiga sarflanadi. Nasos motorining quvvati quyidagi formula bilan aniklanadi:
PM = kvt, bunda Q- nasosning ish unumi, m3 /sek Markazdan qochar nasoslarda klapan va porshenlar bo’lmaganligidan ularning ishlashdagi ishonchliligi ancha yuqori bo’ladi. Bunday nassslar 1000 -- 3000 ayl/min tezliklarga hisoblanib, elektr motorlari bilan bevosita aylantiriladi. Shuning uchun nasos qanqiyalari ixcham va shovqinsiz ishlaydigan konstruksiyada bo’ladi. Markazdan qochar nasosni ishga tushirish uchun haydovchi trubadagi ventil yopiq bo’lishi kerak. Motor tezligi o’zining nominal qiymatiga erishganidan so’ng ventilni ochish mumkin. Nasosni ishga tushirish oldidan uning kamerasini va so’rish trubalarini suv bilan to’ldirish lozim. Porshenli nasoslarning ish unumi va quvvati motorning aylanish tezligiga to’g’ri proportsionaldir. Porshen va berilayotgan suvning tezligi o’zgaruvchan bo’lganligi sababli motor quvvati pulsaqiyalanib turadi. Shunga ko’ra, bunda inergiya kuchlari haddan tashqari ortib ketmasligi uchun porshenning harakat soni chegaralanadi.
Kichik quvvatli nasoslar uchun porshenning harakat soni minutiga 30--60 dan, o’rta quvvatli nasoslarda 50--200 dan va katta quvvatlilarda 100--300 dan ortiq bo’lmasligi kerak. Bo’nday nasoslar to’la bosimda ishga to’shirilishi sababli motor ishga to’shirish momentining katta bo’lishi talab qilinadi.