Elektr zaryadlarning o’zaro ta’sir qonuni. Kulon qonuni. Nuqtaviy zaryad haqida tushuncha. Zaryadlarning xalqaro (si) va sgs birliklar sistemasidagi birliklari. Zaryadlarning chiziqiy, hajmiy va sirtiy zichliklari. Reja


Kulon qonunini eksperimental tadqiqotlar asosida tushuntirish



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana07.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#755491
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

Kulon qonunini eksperimental tadqiqotlar asosida tushuntirish, 
qo’llanish chegaralari haqida fikr almashish, aniqlik darajasi haqida 
ma’lumot berish. 
Elektr hodisalarini miqdoriy o’rganishning boshlanishi XVIII 
ars oxiriga, ya’ni Kulon (1785 yil) elektr zaryadlarning o’zaro ta’sir qonunini 
tajribada aniqlagan davrga to’g’ri keladi. Zaryadlangan ixtiyoriy o’lchamlardagi 
jismlar uchun bunday qununni umumiy shaklda berish mumkin emas, chunki 
cho’ziq jismlarning o’zaro ta’sir kuchi ularning shakli va o’zaro joylashishiga 
bog’liq. Biroq agar jismlarning o’lchamlari ular orasidagi masofaga nisbatan juda 
kichik bo’lsa, o’zaro ta’sir qonuni jismlarning shakli va ularning o’zaro 
oriyentatsiyasiga (joylashishiga) bog’liq bo’lmay qoladi. Shuning uchun ununiy 
ahamiyatga ega bo’lgan o’zaro ta’sir qonunini faqat nuqtaviy zaryadlar uchun 
belgilash mumkin. Elektr zaryzadlar doim hajmda taqsimlangani tufayli 
matematik nuqtada hech qanday chekli zaryadning bo’lishi mumkin emas, albatta. 
Nuqtaviy zaryzd deganda fizikada o’lchamlari boshqa zaryadlargacha bo’lgan 
masofaga nisbatan juda ham kichik bo’lgan zaryadlangan cho’ziq jism tushuniladi. 
Kulon tajribalarining sxemasi 1-rasmda tasvirlangan (Kulonning buralma tarozisi). 
Ingichka metall tola H ga izolyatsiyalovchi yengil shayin K osilgan bo’lib, uning 
bir uchiga sharcha A, boshqa uchiga esa posangi P o’rnatilgan. Tolaning yuqori 
uchi asbobning aylanuvchi kallagiga mahkamlangan bo’lib, u tolaning buralish 
burchagini aniq hisoblashga imkon beradi. Asbob ichiga o’lchamlari sharcha A 
ning o’lchamlariga teng bo’lgan izolyatsiyalangan ikkinchi B sharchani kiritish 
mumkin. Katta shisha silindr asbobining sezgir qismlarini havo harakati ta’siridan 
himoyalaydi. O’zaro ta’sir kuchi zaryadlar orasidagi masofaga qanday bog’liqligini 
aniqlash uchun izolyatsiyalangan dastaga mahkamlangan uchinchi zaryadlangan 
sharchani A va B sharchalarga tekkizib, ularga ixtiyoriy zaryad beriladi. Sharchalar 
itariladi va biror masofada turib qoladi, bu masofa asbob shkalasidan foydalanib 
o’lchanadi. So’ngra asbob kallagini aylantirish bilan osma tolasi buraladi, bunda 
tolaning turlicha buralish burchaklarida sharchalarning yaqinlashish masofalari 


belgilab boriladi. Mexanikadan ma’lumki, buralish deformatsiyasida (qaytuvchi 
elastic deformatsiyalar soxasida) buralish burchagi aylantiruvchi kuch momentiga 
proporsional: biz tolaning buralish burchagini necha marta orttirganimizni bilgan 
holda kuch momenti necha marta ortganini aniqlaymiz, bundan shayin sharchasiga 
ta’sir qiluvchi kuchni ham aniqlashimiz mumkin. Bu tajribalar natijasida Kulon 
quyidagi xulosaga keldi: ikki nuqtaviy zaryadning o’zaro ta’sir kuchi ularni 
birlashtiruvchi chiziq bo’yicha yo’nalgan bo’lib, zaryadlar orasidagi masofaning 
kvadratiga teskari proporsional: 
(1) 
Sharchalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchi sharchalar zaryadining miqdoriga 
ham bog’liq. Bu bog’lanishni quyidagi tajriba yordamida yordamida aniqlash 
mumkin. Agae A va B sharchalardan biriga o’lchamlari xuddi shunday bo’lgan, 
lekin zaryadlanmagan sharchani qisqa vaqt tekkizib olinsa, ikkala sharchaning 
aynan birdayligi tufayli zaryad ular o’rtasida teng taqsimlanadi. Endi ularning 
birida dastlabki zaryadning faqat yarmi bo’ladi.
Masofa o’shanday bo’lishiga 
qaramasdan A va B sharlar orasidagi o’zaro ta’sir kuchi ikki marta kamayadi. Buni 
takrorlab, sharcha zaryadini ikki, to’rt va hokazo marta kamaytirish va o’zaro ta’sir 
kuchi har qaysi sharchaning zaryadiga proporsional ekanligiga ishonch hosil qilish 
mumkin. Bu masalani quyidagi tarzda aniqroq tadqiq qilish mumkin. A va B 
sharchalarga biror (noma’lum) zaryad beramiz va biror ma’lum masofada ular 
orasidagi o’zaro ta’sir kuchi 
ni yana o’lchaymiz. Agar endi A sharcha 
zaryadini ixtiyoriy tarzda o’zgartirsak va A sharchaning B va V sharchalar bilan 
o’zaro ta’sir kuchini yana o’lchasak, unda tajriba 
:
kuchlar nisbati ikkala 
holda ham bir hil, ya’ni A sharchaning zaryadi kattaligiga bog’liq emasligini faqat 
B va V sharchalarning zaryadlarigagina bog’liq demakdir, binobarin, uni ikkala 
sharchaning zaryadlari kattaligi nisbatiga teng deyish mumkin, yani
(2) 


Bu munosabat ikki zaryad kattaliklari nisbati ta’rifidan iborat va u 
zaryadlarni taqqoslash usulini ko’rsatadi. Olingan natija o’zaro ta’sir kuchi 
sharchalardan biri (A) ning zaryadiga proporsionalligini ko’rsatadi. Bu tajribada 
ikkala sharcha ham teng huquqli bo’lgani sababli undan o’zaro ta’sir kuchi 
va 
zaryadlarning har birining kattaligiga proporsionalligi kelib chiqadi. Shunday 
qilib, ikki nuqtaviy zaryadning o’zaro ta’sir kuchi quyidagiga teng: 
(2.1)
Bu yerda f – proporsionallik koeffitsiyenti bo’lib, zaryad, masofa va kuchlar 
o’lchov birliklarining tanlanishiga bog’liq. Kuchning kattaligigagina emas, balki 
uning yo’nalishini ham ifodalash uchun Kulon qonunini vector shaklda yozib 
ko’rsatish mumkin: 
=f
,
(2.1a)
Bunda 
– zaryad 2 ga zaryad 1 tomonidan ta’sir qilayotgan kuch vektori, 
– zaryad 1 dan zaryad 2 ga yo’nalgan radius-vektor. Kulon tajribalari teskari 
kvadratlar qonunining yagona isbotidan iborat emas, albatta. Hozirgi vaqtda Kulon 
qonunining juda katta masofalar uchun ham, juda kichik masofalar uchun ham juda 
aniq bajarilishini tasdiqlovchi ko’pgina boshqa eksperimental ma’lumotlar bor. 
Jumladan, atom hodisalari tadqiqoti Kulon qonuni hatto
sm gacha 
tartibidagi masofalarda ham o’rinli deb xulosa chiqarishga imkon beradi. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish