Elektr zanjirlari va ularning turlari. Elektr zanjirlarining elementlari. Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari. Om va Krixgof qоnunlari. Chiziqli, chiziqli bo’lmagan, parametrik zanjirlar. Differensiallovchi va integrallovchi zanjirlar



Download 202,37 Kb.
bet1/5
Sana26.02.2022
Hajmi202,37 Kb.
#470767
  1   2   3   4   5
Bog'liq
b Elektr zanjirlari va ularning turlari Elektr zanjirlarining elementlari


Elektr zanjirlari va ularning turlari. Elektr zanjirlarining elementlari. Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari. Om va Krixgof qоnunlari. Chiziqli, chiziqli bo’lmagan, parametrik zanjirlar. Differensiallovchi va integrallovchi zanjirlar.


Elektr zanjirlari deb elektromagnit jarayonlarini ifodalanishda elektr yurituvchi kuch, tok va kuchlanish tushunchalaridan foydalanish mumkin bo‘lgan, elektr toki oqishi uchun yo‘llarni hosil qiluvchi qurilmalar va ob’ektlar majmualariga aytiladi.
Elektr zanjirlarining asosiy elementlariga elektromagnit energiyasi manbalari (qisqalik uchun elektr manbalari), elektromagnit energiyani uzatish, qayta ishlash va qabul qiluvchi qurilmalar kiradi.
Elektromagnit energiyasining manbalariga energiyaning u yoki bu turidan – issiqlik, kim’yoviy, yadro, quyosh, shamol, mexanik harakat energiyasi va h.k. – elektromagnit energiyasiga aylantiruvchi generator qurilmalari kiradi. Bularga, masalan, aylanuvchi elektr generatorlari, galvanik elementlar, akkumulyatorlar, termoelementlar va h.k. kiradi. Hozirgi kunda issiqlik, yadro, kim’yoviy energiyalarni elektromagnit energiyasiga aylantiruvchi yangi uskunalar yaratilmoqda, masalan, magnitogidrodinamik generatorlar, issiqlik elementlari, quyosh batareyalar va h.k.
Elektromagnit energiyani uzatish elementlariga aloqa liniyalari, elektr uzatish liniyalari, elektr tarmoqlari kiradi.
Elektromagnit energiyani qayta ishlashga tok va kuchlanishni o‘zgartiruvchi transformatorlar, chastota o‘zgartkichlari, kuchaytirgichlar, shuningdek, o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka aylantiruvchi ionli va yarim o‘tkazgichli invertorlar, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi to‘g‘rilagichlar va h.k.lar kiradi.
Elektr zanjirlaridagi iste’molchilar yoki yuklamalar qatoriga elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi qurilmalar kiradi, masalan, radio va televizion jihozlar, elektron hisoblash mashinalari, elektr motorlar, elektroliz uskunalari, akkumulyatorlar, isitkich jihozlari va h.k.
Doimo, u yoki bu qurilmaning – elektr zanjiri elementining – asosiy vazifasi elektromagnit energiyaning generatsiyasi, uni uzatish, qayta ishlash yoki iste’mol qilish sifatida tayinlangan bo‘lsa, birinchi o‘ringa uning foydali ish koeffitsiyenti yuqori bo‘lishi talabi qo‘yiladi.
Ko‘pgina hollarda elektr zanjiridagi u yoki bu elementning asosiy vazifasi qilib - elektr signallarini uzatish yoki qayta ishlash, shuningdek u yoki bu kattaliklarni o‘lchash operatsiyasini bajarish, u yoki bu jarayonlarning sifatini boshqarish belgilanadi. Bu elementlar qatoriga telekommunikatsiya tizimlari, telefon va telegraf aloqa liniyalari va ularning uchlaridagi qurilmalar, avtomatika qurilmalarining har turdagi elementlari, elektr o‘lchash qurilmalari, elektron hisoblash mashinalarining hisoblash va boshqarish qurilmalari, har turdagi radiotexnik qurilmalar va h.k.lar kiradi. Ularning barchasi uchun eng muhim talab – uzatilayotgan va qayta ishlanayotgan signallarning ma’lum sifatda bo‘lishidir. Tabiiyki, bu holatlar uchun ham elektromagnit energiyasining uzatilishi va qayta ishlanishi amalga oshiriladi va asosiy bo‘lmasa ham, imkon qadar yuqori foydali ish koeffitsiyentiga erishish maqsadi qo‘yiladi.
Keltirilgan talablar bilan birgalikda, elektr zanjiri elementlari bir qator talablarni qoniqtirishi zarur – ishlashining ishonchliligi, ko‘pga chidamliligi, zarur bo‘lsa – tez ishlovchanligi, ishdagi barqarorligi, amaldagi aniqligi va h.k.
Shunga muvofiq, hozirgi zamon elektrotexnik qurilmalarining elektr zanjirlari juda murakkabdir. Shu sababli ham elektr zanjirlar nazariyasi doimiy rivojlanishda va unga yanada umumlashtirilgan usullar xos bo‘lmoqda. Ushbu fanni o‘rganishda eng sodda elektr zanjirlarining tadqiqotidan boshlab, asta - sekin murakkab zanjirlarni hisoblash (tahlil va sintez)ning umumiy usullariga o‘tamiz.
Elektr zanjirining elektromagnit energiyasi manbalari ta’sir etayotgan qismini zanjirning aktiv qismi (qisqacha aktiv zanjir) deb nomlaymiz. Aksariyat, uni o‘rtasida A harfi bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida va zanjirning qolgan qismiga ulash uchun zarur bo‘lgan sondagi klemmalar (o‘tkazgichlar) bilan chiziladi (1-rasm).
E lektr zanjiri elektromagnit energiya-si manbalari bo‘lmagan qismini zanjirning passiv qismi, yoki qisqacha - passiv zanjir deb ataymiz. Uni esa o‘r- 1-rasm 2-rasm
tasida P harfi bo‘lgan
t o‘g‘ri to‘rtburchak shaklida va zanjirning qolgan qismiga ulash uchun zarur bo‘lgan sondagi klemmalar bilan belgilaymiz (3.2-rasm). Bu to‘g‘ri to‘rtburchaklar ichida zanjir ko‘rilayotgan qismining barcha elementlari, o‘zaro ulanishlari bilan joylashtiriladi.



Download 202,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish