2.3 rasm.Elektr dvigvtelni tarmoqqa magnitaviy ishga tushirish orqali ulash sxemasi. Bir vaqtda blok kontaktlar 1 va 2 tutashadi. «Pusk» knopka qo’yib yuborilgandan keyin MP g’altak zanjiri blok-kontaktlariorqali tutashadi. Agar «Stop»yozilgan knopka bosilsa zanjir uziladi, g’altak toksizlanadi va magnitaviy ishga tushirgich dvigatelni tarmoqdan uzadi.
Dvigatellarni o’ta nagruzkadan saqlash uchun ko’pincha issiqlik relesi magnitaviy ishga tushirgichlar ishlatiladi. Issiqlik relesida bimetall plastinka 3 bo’ladi.
Relening qizdirgich elementi 1 elektrik dvigatelning ta’minlash zanjiri ga ketma- ket ulanadi. Dvigatel o’ta nagruzkada qizdirgich elementi orqali ortgan tok o’tadi. Qizdirgich elementidan ajraladigan issiqlik hisobiga bimetall plastinka qiziydi, chiziqli kengayishi kichik bo’lgan metall tamon va richak 4 ni bo’shatadi. Prujina ta’siri ostida richag magnitaviy ishga tushirgich g’altagi zanjiridagi kontakt 5 ni uzadi. Releni dastlabki vaziyatga qaytarishda knopka 2 xizmat qiladi.
Issiqlik va issiqli – tokli rele. Turli xil quvvatga ega bo’lgan elektr dvigatellarni o’ramlarining qizib ketishini yoki kuyib ketishining oldini olish (himoyalash) maqsadida T-1 tipidagi issiqlik relesi ishlatiladi.
Issiqlik relesining qismlari: o’ta sezgir termobimetalli disk hisoblanib, sfera shaklidagi egik , markazida esa siljuvchan kontakt biriktirilgan bo’ladi.
2.4 rasm.Temperaturali rele. 1-bimetallicheskiy disk; 2-kontaktы rele.
Relening qizishi natijasida termometalicheskiy disk zudlik bilan o’zinig egilishini boshqa yo’nalishga o’zgartiradi. Bu vaqtda kontaktlar birlashib prosess uziladi. Dvigatelning sovishi bilan bir vaqtda rele ham soviydi va disk zudlik (sakrash yo’li bilan )bilan o’zining oldingi holatiga qaytadi. Kontakt rele uzoq muddat 5A tok o’tishini ta’minlaydi. Bu relening keng tarqalmaganligi sabab elektrodvigatel’ o’ramlarining old qismiga joylashtirilmaganligi ,0 bu esa elektrodvigatellarni tayyorlash texnologiyasiga qiyinchilik tug’diradi va inersiyasi tufayli rele tezlik bilan elektrodvigatelni o’chira olmasligidadir. Masalan; dvigatelning boshlang’ich ishlash momentida rotorning tormozlanishi. Hozirgi vaqtda issiqlik relelarining namunali tiplari ishlab chiqarilgan va tadbiq etilgan ular sezuvchan element sifatida pozistor qo’llanilgan . Bu relelar yuqori relelarga nisbatan noyob qimmatbahodir, dvigatel o’ramlarining old qismiga joylashtirilgan pozistorlar ning yuqori klassifikasiyali montaj qilinishi talab etadi.
Magnitli puskatellar. Quvvati 50 kvt gacha bo’lgan elektr dvigatellarni masofadan turib yurgizish uchun magnitli puskatellar qo’llaniladi. (quyidagi rasm)
Dvigatelni yurgizish uchun magnitli puskatelning «yurgizish» deb yozilgan knopkasini bosish lozim. Bunda dvigatelning ikki fazasi orasiga ulangan g’altakli zanjir orqali tok o’ta boshlaydi. G’altak orqali tok o’tar ekan, dvigatelni elektr tarmoqi bilan biriktiradigan asosiy kontaktlarni ulaydi. Shundan keyin elektr dvigatel ishlay boshlaydi. Dvigatelni to’xtatish uchun puskatel’ning «to’xtatish» kinopkasini bosish kifoya. Bunda g’altakli zanjir uziladi va g’altak orqali tok o’tmaydi. Natijida dvigatelning asosiy kontaktlari uzilib , dvigatel ishdan to’xtaydi.
Magnitli puskatellar maxsus himoya asbobi (issiqlik relesi) bilan ta’minlangan bo’ladi. Dvigatelning nagruzkasi ortib ketgan taqdirda, bu himoya asbobi avtomatik ravishda uni elektr tarmoqlaridan ajratadi.