Elektr tokidan shikastlangan va boshqa baxtsiz hodisaga uchraganlarga birinchi yordam berish qoidalari


-rasm. "Og‘izdan-og‘izga" deb ataluvchi usul sun‘iy nafas oldirish tartibi



Download 0,85 Mb.
bet4/5
Sana13.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#663288
1   2   3   4   5
Bog'liq
маъруза4 элХавф

3-rasm. "Og‘izdan-og‘izga" deb ataluvchi usul sun‘iy nafas oldirish tartibi

Bir daqiqada taxminan 10-12 marta puflashni amalga oshiriladi. Puflashni doka, dastro‘mol va trubka orqali (3-rasm, a) ham bajarish mumkin. Agar jarohat-langan kishi nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni bemor o‘ziga kelgunicha va uning nafas olishiga moslab davom ettiriladi.


Yurakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanish funksiyasini sun‘iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi (4-rasm).

4-rasm. Yurakni tashqaridan massaj qilish uchun mo‘ljallangan nuqtada qo‘llarning joylashish tartibi

Qorin bo‘shlig‘idan ko‘krak qafasiga o‘tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan massaj qiladigan joyni belgilab, qo‘lni bir-biri ustiga to‘g‘ri burchak shaklida qo‘yib, jarohatlangan kishi ko‘krak qafasini tana og‘irligi bilan ma‘lum miqdordagi kuchni moslab bosiladi. Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo‘lishi kerak. Bunda ko‘krak qafasi ichkariga qarab 3-4 sm pasayishi kerak va bu yurak urish ritmiga moslab davom ettiriladi (5-rasm).



5-rasm. Yurakni tashqaridan massaj qilishda yordam beruvchining joylashish holati

Massaj qilish sun‘iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko‘rsatuvchi bir kishi bo‘lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko‘krak qafasini bosishi lozim. Jarohatlangan kishining yurak urishi normal holatga kelganligini, uning pulsini tekshirib bilsa bo‘ladi. Buning uchun yuqoridagi muolaja-larni 2-3 sekundga to‘xtalib, puls sanab ko‘riladi.


Sun‘iy nafas oldirish yo‘llari:
Birinchi usul. Agar yordam beruvchi shaxsning bir o‘zi sun‘iy nafas oldiradi-gan bo‘lsa, birinchi usulni qo‘llanishi ma‘qul. Birinchi usulning afzalligi shundaki, bu usul oddiy va yengil bo‘lib, uni ozroq mashq qilish bilan osongina o‘rganib olish mumkin (6-rasm).

6-rasm. Bir kishi bo‘lganda sun‘iy nafas berish va yurakni tashqaridan massaj qilish tartibi

Birinchi usulda shikastlangan kishini qorni bilan yerga yotqiziladi, boshi yon tomonga qaratilib tirsagi bukilgan qo‘li ustiga qo‘yiladi, ikkinchi qo‘lini boshi tomoniga uzatiladi, boshining tagiga biror narsa yoziladi. Iloji bo‘lsa, shikastlangan kishining tili tortib chiqariladi, biroq uni ushlab turish zarur emas, chunki til tortib chiqarilgandan keyin shu holicha turaveradi Yordam beruvchi shikastlangan kishini ikki oyog‘i orasiga olib tiz cho‘kadi, bunda uning yuzi shikastlangan kishining boshi tomoniga qaragan bo‘lishi kerak.


Kaftlar shikastlangan kishining pastki qovurg‘alari ustiga qo‘yiladi va juftlash-tirilgan barmoqlar bilan biqinidan ushlanadi.
“Bir, ikki, uch” deb gavda bilan oldinga asta-sekin engashiladi va gavdaning butun og‘irligini qo‘llarga tashlab shikastlangan kishining pastki qovurg‘alariga bosiladi (shikastlangan kishi nafas chiqaradi), kaftlarni shikastlangan kishining biqinidan olmay, gavda orqaga tashlanadi (shikastlangan kishi nafas oladi).
“To‘rt, besh, olti” deb sanagandan keyin, yana “bir, ikki, uch” deb, asta-sekin engashiladi va gavdaning og‘irligini qo‘llarga tushirib, shikastlangan kishining pastki qovurg‘alariga bosiladi, va shunday harakatlar takrorlanaveradi.
Ikkinchi usul. Agar yordamchilar bo‘lsa, ikkinchi usulni qo‘llangan ma‘qul, chunki bu usul yaxshiroq natija beradi. Biroq bu usulda yordam beruvchilar tez charchab qoladi, ular almashib turishlari kerak bo‘ladi (7-rasm).


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish