Elektr toki sHikasTlasHiDan



Download 0,97 Mb.
bet1/12
Sana31.12.2021
Hajmi0,97 Mb.
#207662
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-Konspekt 2021




1-Mavzu: Kirish. Amaliyot maqsadi. Havfsizlik texnikasi qoidlari
Elektr jihozlarni elektrotexnik xodim elektr qurilmalarni ishlatish qoidalari (EIQ) ga va elektr qurilmalarni ishlatishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalari (XTQ) ga muvofiq ishlatadi; ma’muriy-texnik, navbatchi, ta’mirlovchi yoki tezkor ta’mirlovchi elektrotexnik xodimlar esa elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatishadi.

Elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodim ularga tezkor xizmat ko‘rsatadi va rejada ko‘zda tutilgan yoki shikastlangan jihoz bilan bog‘liq bo‘lgan ta’mir ishlarini bajaradi. Tezkor xizmat ko‘rsa tishga elektr jihozlarni ko‘zdan kechirish, kuygan suyuqlanuvchan quymalarni almashtirish, tezkor almashlab ulash kiradi. bu ishlarni bajaradigan tezkor xizmat ko‘rsatuvchi xodim xavfsizlik texnikasidan yetarli bilim va malakaga ega bo‘lishi kerak.

Masalan, saqlagichlarning suyuqlanuvchan quymalarini almashtirayotganda kuchlanishni o‘chirib qo‘yish zarur. Agar buning iloji bo‘lmasa, bu ish yuklanish olingandan so‘ng bajariladi. bunda 1000 v gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda ishlaganda dielektrik qo‘lqop kiyiladi, himoya ko‘zoynagi taqiladi, kuchlanishi 1000 v dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarda esa bundan tashqari, izolatsiyalovchi ombirlardan ham foydalaniladi.

Sanoat korxonalaridagi nimstansiyalarning taqsimlovchi qurilmalarida tezkor almashlab ulashni (avtomatik uzgichlar, ajratkichlar, uzgichlar va b.) navbatchi yoki tezkor ta’mirchi xodim korxonada o‘rnatilgan ish rejimiga muvofiq katta navbatchi elektrotexnik xodimning buyrug‘i bilan bajaradi.

Tahlikali vaziyatda (avariya, ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda) almashlab ulash ishlarini yuqori lavozimdagi xodimning buyrug‘isiz ham bajarishga ruxsat etiladi, ammo keyin bu haqda uni xabardor qilish va bajarilgan ishlarni tezkor amallar bajariladigan daftarga yozib qo‘yish zarur. Tezkor almashlab ulashni bajarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini korxonaning bosh energetigi tasdiqlaydi.

Rejali-oldini olish ta’mirlari yoki avariyalarni bartaraf qilish bilan bog‘liq ta’mir ishlarini amalga oshirish uchun xTQ talablarini qanoatlantiradigan ish o‘rni tashkil qilinishi kerak.

Elektr qurilmalarda ishlash xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan texnik tadbirlarga quyidagilar kiradi:

— ta’mirlanayotgan elektr jihozni elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish va uning noto‘g‘ri qaytadan ulanishiga yoki o‘z-o‘zidan ulanishiga qarshi tadbirlar ko‘rish;

— uzilmagan tok o‘tkazuvchi qismlarga vaqtinchalik to‘siqlar o‘rnatish hamda «ushlamang — odamlar ishlayapti» va shunga o‘xshash boshqa yozuvli taqiqlovchi plakatlar osib qo‘yish;

— ko‘chma yerga ulagichlarni (qisqa tutashtirgichlarni) statsionar yerga ulovchi qurilmani yerga ulovchi shinasiga ulash va tok o‘tkazuvchi qismlarda kuchlanish yo‘qligini tekshirish;

— kuchlanishning yo‘qligi tekshirilgandan keyin elektr qurilmaning tok o‘tkazuvchi qismlariga darhol ko‘chma yerga ulagichlar ulash;

— ish o‘rnini to‘sish va unga «bu yerda ishlang» kabi yozuvli ruxsat etuvchi plakat osib qo‘yish.




Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish