7.3.Tok transfrmatorlarining ikkilamchi zanjirlarini montaj qilish va ishlatishga talablar
TT metrologik xarakteristikalarini ta’minlash uchun uning ikkilamchi yuklamasini kamaytirish muhimligini ta’kidlash kerak. Past kuchlanishli ko‘plab TT modellari uchun nominal ikkilamchi yuklama 5 VA yoki 0,2 Om ga teng (5 A nominal tokda). Bu shuni bildiradiki, birinchidan, ikkilamchi zanjirga faqat TT yuklamasi (hisoblagich, vattmetr, fazometr ketma-ket zanjiri, ampermetrlar) bilan moslashtirilgan yuklamani (Z2O‘A< Z2N)ulash mumkin, ikkinchidan, TT ikkilamchi zanjiri klemmalaridan o‘lchash asboblari klemmalarigacha ulash simlari minimal qarshilikka ega bo‘lishi kerak (qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi), ya’ni cheklangan l (m) uzunlikka va S (mm2) katta kesimga ega bo‘lishi kerak, bu erda d diametrli aylanali sim uchun S = π d2 /4 va alyuminiy emas, mis simlarda bajariladi. Alyuminiyli simning solishtirma qarshiligi ρ ≈ 0,027 Om • mm2 /m bunday kesimdagi misli simning solishtirma qarshiligidan (ρ ≈ 0,0175 Om • mm2 /m) 1,5 marttaga katta. Simlarning qarshiligi R = ρ 2 l / S formula bo‘yicha hisoblanishi mumkin va tijorat hisobga olish nuqtasining pasportida ko‘rsatilishi kerak.
Quyida 7.2-jadvalda S (mm) sim kesimi va O‘TTdan hisoblagich tok zanjirlari klemmalarigacha bo‘lgan l (m) masofadan mis simlar juftligining qarshiliklari qiymatlari keltiriladi. Misli simlar o‘rniga shunday kesimli alyuminiyli simlar ishlatilganda jadvalda keltirilgan qiymatlarni 1,5 marttaga ko‘paytirish kerak bo‘ladi. I2N=5A nominal tokda elektr energiyani simlarda yo‘qotilishi quvvati (R= I2NR), jadvalga muvofiq 0,25VA (R=0,01 Om da) dan 22 VA (0,88 Om da) gacha bo‘ladi.
7.2-jadval
TT dan hisoblagichlargacha aloqa liniyalari qarshiliklarining ma’lumotlari
l/S
(d/mm)
|
1mm2
(1,13)
|
1,5 mm2
(1,38)
|
2mm2
(1,6)
|
2,5 mm2
(1,78)
|
4 mm2
(2,26)
|
6 mm2
(2,76)
|
10 mm2
(3,57)
|
16 mm2
(4,5)
|
5 m
|
0,18
|
0,12
|
0,09
|
0,07
|
0,05
|
0,03
|
0,02
|
0,01
|
10 m
|
0,35
|
0,23
|
0,18
|
0,14
|
0,09
|
0,06
|
0,04
|
0,02
|
15 m
|
0,53
|
0,35
|
0,27
|
0,21
|
0,13
|
0,09
|
0,05
|
0,03
|
20 m
|
0,7
|
0,47
|
0,35
|
0,28
|
0,18
|
0,12
|
0,07
|
0,04
|
25 m
|
0,88
|
0,59
|
0,44
|
0,35
|
0,22
|
0,15
|
0,09
|
0,06
|
Tijorat asosida hisobga olishda elektron hisoblagichlardan foydalanish TT nominal yuklamasiga talablarni kamaytiradi. Uni 5 V A qiymat bilan chegaralash mumkin.Bu yakuniy natijada proporsional ravishda asbobli hisobga olishda elektr energiyani texnik yo‘qotishlarni kamaytiradi.
Agar ishlatilishi sharoitlari bo‘yicha TT ni hisoblagichdan uzoqda joylashtirish (masalan, 25 m va undan uzoqroqqa) zarur bo‘lgan hollardanominal yuklama oshirilgan quvvatli TT yoki 1 A nominal tokli shunda quvvatli TT dan foydalanish zarur (bunda ikkilamchi zanjirning yo‘l qo‘yiladigan maksimal tashqi qarishiligi 25 marttaga ortadi). So‘nggi holda mos ravishda 5 A ga emas, 1 A nominal tokka hisoblagichlarni qo‘llash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |