7.2. TT modellarini tanlash Elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish vositalari bozorida odatda o‘lchov vositalar Davlat reestriga kiritilgan va turli ishlab chiqaruvchilar yoki ularning vakillari taklif etadigan o‘nlab turli TT modellari taqdim etiladi. Birinchi navbatda Davlatlararo standart “Tok transformatorlari. Umumiy texnik shartlar” GOST 7746-2001 ga mos kelishi kerak bo‘lgan bu barcha qurilmalar ko‘p jihatdan o‘z deklaratsiya qilingan texnik xarakteristikalari bo‘yicha yaqin, lekin haqiqatda ishlatishdagi sinovlar va tajribalarning ko‘rsatishicha energiya tizimlarida va iste’molchilarda elektr energiyani tejamkor, ishonchli va aniq hisobga olish uchun uzoq muddatli istiqbolda teng baholi emas. Deyarli barcha ishlab chiqaruvchilarning reklamalarida va texnik hujjatlarida malakali foydalanuvchiga qiziqarli bo‘lgan va energiya tizimi va foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun ularni sotib olishda TT ni tanlashga sezilarli ta’sir qila oladigan TT ning ko‘plab ma’lumotlari va xarakteristikalari mavjud emas.
Nanokristalli qotishmalardan o‘zakli TT lar elektrotexnik po‘latdan o‘zakli TT larga nisbatan 1,5 - 2 marttaga qimmat bo‘lishiga qaramasdan ular quyidagi qator avzalliklarga ega:
o‘zgarmas tok bilan o‘zakni magnitlashga merologik xarakteristikalarning barqarorligi;
uyurmaviy toklar va o‘zakning qayta magnitlanishiga yo‘qotishlarni 4 - 10 marttaga kamayishi;
aniqlik sinfi bo‘yicha oshirilgan (ikkilangan) texnologik zahira;
merologik xarakteristikalar saqlanib qoladigan uzoqroq xizmat qilish muddati (va bu bilan potensial katta tekshirishlararo interval;
o‘zak materialiga va misga kam harajatlar, kam tashqi o‘lchamlar, kam o‘zak va umuman TT og‘irligi.
Nanokristalli o‘zakli TT ning ko‘rsatilgan avzalliklari elektr energiyani o‘g‘irlanishlariga va tijorat yo‘qotishlarni ortishiga ularni barqarorroq qiladi, elektr energiyani texnologik yo‘qotishlarni va ekspluatatsion harajatlarni kamaytiradi.
Shuning uchun qonuniyatli xulosa kelib chiqadi – hisobga olish aniqligini oshirish uchun nanokristalli qotishmadan o‘zakli TT ni qo‘llash zarur. Lekin, bunday tok transformatorlarining xatoliklari quyidagi ikki shartlar bajarilganida ortadi:
maksimal birlamchi tokda;
ikkilamchi zanjirda yuklamaning ortishi bilan (yuklama qarshiligini ortishi).
Shuning uchun amalda TT ikkilamchi zanjirlarini montaj qilish va ishlatishga talablarga qat’iy rioya qilish talab qilinadi.