Elektr ta’minot tizimlarining rele himoya qurilmalari. Reja


Rele va himoya elementlarining chizmalarda tasvirlash usullari



Download 181,19 Kb.
bet4/4
Sana09.03.2022
Hajmi181,19 Kb.
#486821
1   2   3   4
Bog'liq
17-Mavzu Elektr ta’minot tizimlarining rele himoya qurilmalari

Rele va himoya elementlarining chizmalarda tasvirlash usullari

Rele va himoya elementlarining chizmalarda tasvirlashning ikki prinstipial usullari mavjud.


Birinchi usul bo’yicha rele birlashgan holda, ya’ni cho’lg’am to’g’ri burchakli shaklda tasvirlanadi, relening kontaktlari yuqori qismda ko’rsatiladi.
Belgining pastki qismida relening chulg’ami va rele tipining bosh xarflari yoziladi:
Tok relesi - KA, kuchlanish relesi-KV, vaqt relesi-KT, oraliq, relesi-KL va ko’rsatgich relesi-KN.
Ikkinchi usul bo’yicha rele himoyasi yoyilgan holda ko’rsatiladi (rasm 1.6.b). Relening chulg’ami va kontakti chizmaning har xil qismlarida joylashadilar va mos keluvchi xarflar bilan belgilanadilar. Yoyilgan tasvirlash murakkab sxemalarni o’qishni osonlashtiradi.


Relening ulanish usullari.

Relening cho’lg’ami elektr tarmoqqa (tok va kuchlanishga) to’g’ridan to’g’ri yoki tok va kuchlanish transformatorlari orqali ulanishi mumkin. Birinchi tur relelar birlamchi, ikkinchi tur esa, ikkilamchi relelar deyiladi.


Ikkilamchi relelar ko’proq qo’llaniladi. Buning sababi shundaki, ular yuqori kuchlanishdan izolyastiyalanganlar, himoya qiluvchi elementdan uzoq masofada joylashadilar, xizmat ko’rsatish uchun qulay va ma’lum bir nominal tok (1 yoki 5 A) va kuchlanish (100 V) ga mo’ljallanadilar (bunda himoyalanayotgan elementning birlamchi toki yoki kuchlanishiga bog’liqlik yo’q).
Birlamchi relening afzalligi shuki, ularda o’lchov transformatorlari, operatav tok manbalari ishlatilmaydi. Ular kichik quvvatli elektr motorlarida, transformatorlarda va liniyalarda keng qo’llanadilar.


Himoyaning o’chirgichga ta’sir qilish usullari

Himoya o’chirgichga to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va bilvosita ta’sir ko’rsatish mumkin ( -rasm).


Rele 1 ishlagan paytda uning qo’zg’aluvchi qismi 2 o’chirgichniig bir-biridan ajratuvchi richagi 3 ga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qiladi. Shundan keyin o’chirgich prujina 4 harakati yordamida o’chiriladi. Bevosita ta’sir qilish relelari o’chirgichning yuritmasiga o’rnatiladi. Shuning uchun bu relelar o’rnatilgan rele deyiladi.
1.7. v-rasmda bilvosita ta’sir ko’rsatuvchi ikkilamchi releli himoya sxemasi tasvirlangan.
Rele 1 ishlagan paytda uning kontakti elektromagnit 2 cho’lg’amini ulaydi. Bu cho’lg’am o’chirgichning o’chirish cho’lg’ami deyiladi. Maxsus manbaning qisqichlaridan olinuvchi kuchlanish ta’siri ostida o’chiruvchi cho’lg’amda tok paydo bo’ladi. ¡chirish cho’lg’ami 2 ning o’zagidan tok oqqan paytda richag 3 xalqa 4 ni qo’yib yuboradi. Buning natijasida prujina 5 harakati yordamida o’chirgich o’chadi. ¡chirgich o’chgandan keyin rele chulg’amidagi tok yo’qoladi va rele kontakti ajraladi. Ularni ishini engillatish uchun yordamchi blok-kontakt BK ishlatiladi. O’chirgich o’chgandan keyin BK o’chirish chulg’am zanjirini operativ manbadan uzib qo’yadi. 1.7 v-rasmda ko’rsatilgan sxemadan ko’rinadiki, bilvosita xarakatlanuvchi releli himoya uchun yordamchi kuchlanish manbasi-operativ tok manbai kerak. Bevosita harakatlanuvchi releli himoyaga operatav tok manbai zarur emas, lekin bu himoyaning relelari o’chirgichni mexanizmini ajratish yoki qo’shish uchun katta kuch bilan ta’sir qilishlari kerak. Shuning uchun bevosita harakatlanuvchi relelar aniq bo’lmaydilar va katta quvvat talab qiladilar.
Bilvosita harakatlanuvchi relening ta’sir kuchi kichik bo’lishi mumkin, shuning uchun ular katta aniqlik va kam quvvat sarf qiladilar. Ko’p releli himoyalarda o’zaro aloqa operativ tok orqali olib boriladi, chunki bu mexanik yo’lga nisbatan oson va soddadir.
Xulosa qilish mumkinki, ikkilamchi bilvosita ta’sir qiluvchi relelar himoyada keng tarqalgan va ko’p qo’llaniladi.
3, 6, 10 kV kuchlanishli elektr liniyalarida bevosita ta’sir qiluvchi tok relelari keng qo’llanadilar.
Nazorat savollari:

  1. Shikaslanish va nonormal holatlarning sabablari nimada?

  2. Qisqa tutashuv turlarini keltiring.

  3. Rele himoyasiga qanday talablar qo’yiladi?

  4. Himoyaning tanlovchanligi nima?

  5. Himoyaning sezgirligi qanday aniqlanadi?

  6. Asosiy relelar qaysilar?

  7. Qanday relelar yordamchi xisoblanadi?

  8. Bevosita ulanuvchi relelarni sxemasini tushuntiring?

  9. Bilvosita ulanuvchi relelarni qo’llash soxasi?

Download 181,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish