532. Ishlab turgan qozonlarning saqlagich klapanlarini ponalab qo‘yish yoki yuk
massasini oshirish yoki qandaydir boshqa usul bilan
klapan taryelkasiga bosishni
oshirish man etiladi.
Richagli saqlagich klapanlarining yuklari o‘zidan-o‘zi siljishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun
stoporlangan va plombalangan bo‘lishi shart.
533. Qozon forsunkalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun erkin, qulay
yaqinlashish ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Alanga orqaga urganda kuyib qolishni oldini olish uchun, forsunkalar o‘rnatiladigan
teshiklarida ekranlar bo‘lishi kerak, forsunkalarga yoqilg‘i va havo berilishini rostlovchi
ventillar yoki ularning yuritmalari teshiklardan narida joylashtirilishi kerak.
534. Aylanib chiqish vaqtida qozondagi lyuklar, kirish
uchun tuynuklarni ochish man
etiladi, ko‘rish lyukchalari va teshiklari, ularning yon tomonida turish sharti bilan qisqa
muddatga ochilishi bundan istisno.
535. Kirish tuynuklari va ko‘rish teshiklari ochiq bo‘lganda o‘txonada yoqilg‘ini yoqib
yuborish man etiladi. Alangani doimiy kuzatish uchun ko‘rish teshiklari oyna bilan
berkitilgan bo‘lishi kerak. Puflash ostida ishlovchi qozonlarda oynalar sinishini oldini
oluvchi qurilmalar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. Ko‘rib chiqadigan xodimlar himoya
ko‘zoynaklarini kiyishi shart.
536. Qozon yoqilishidan oldin unda barcha ta’mirlash ishlari to‘xtatilishi va sex (blok)
smenasi boshlig‘i tomonidan qozonni yoqishga aloqasi bo‘lmagan
barcha xodimlar
chiqarib yuborilishi kerak.
Qo‘shni qozonlarda, yoqilayotgan qozon tomoniga qaratilgan o‘txona va gaz yo‘llari
tashqarisida yoki undan to‘g‘ri ko‘rinish chegarasida bo‘lgan (oldingi va orqa devorlari,
ship yopmalari) barcha ta’mirlash ishlari to‘xtalishi kerak.
Qozonda ishlash navbatchi xodim ko‘rsatmasi bo‘yicha qayta boshlanadi.
537. Qozonning pastki nuqtalarini puflashda oldin puflash muhiti yo‘nalishi bo‘yicha
birinchi ventili to‘liq ochilishi, keyin asta-sekin ikkinchisi ochilishi kerak. Puflash
tugatilgandan keyin, oldin yo‘nalish bo‘yicha ikkinchi ventil, undan keyin birinchi ventil
yopilishi kerak.
538. Qozonxonaga gazni berish to‘satdan to‘xtab qolsa, qozonxonaga kiruvchi gaz quvuri
va qozonlardagi gazni uzuvchi
qurilmalari yopilishi kerak, uzilgan gaz quvurida esa
puflash svechalari ochilishi kerak.
539. Ko‘rib chiqish va shurovka ishlari bajarilayotganda ochiq ko‘rish teshiklari, nazorat
va tozalash lyuklari qarshisida turish man etiladi.
540. Qozon va regenerativ havo isitgichlarning qizitish yuzalarini impulsli
(termoto‘lqinli) va boshqa mexanizatsiyalangan turidagi tozalashlar o‘tkazishdan oldin
xodimlar qozonning tozalanayotgan elementlari joylashtirilgan zonasidan chiqarilishi
kerak.
Tozalash davrida bu zonada ko‘rib chiqish va ta’mirlash man etiladi.
541. Qozonning qizitish yuzalarini puflashdan oldin tortish ko‘paytirilishi
va yonishni
turg‘un rejimi ta’minlanishi kerak.
Puflab tozalash faqat qozon rejimini bevosita olib borayotgan shaxs ruxsati bilan amalga
oshirilishi mumkin.
542. Qozonni statsionar puflovchi qurilmalari bilan mexanizatsiyalashtirilgan puflab
tozalash maxsus yo‘riqnomalarga muvofiq bajarilishi kerak.
543. Statsionar puflash qurilmalari yo‘q bo‘lganda puflab tozalashni qo‘lda bajarish
mumkin.
544. Qo‘l bilan puflashda xodimlar himoyalovchi ko‘zoynaklar, qo‘lqoplar va pelerinali
kaskalar kiyishi kerak.
545. Puflash oldidan o‘txonadan shlak va kulni uzluksiz chiqarib tashlash qurilmalarida
gidrozatvor turg‘unligi tekshirilgan bo‘lishi kerak.
Shlak va kulni davriy chiqarib tashlash qurilmali qozonlarda qozon puflanishini va
shlak chiqarilishini bir vaqtda o‘tkazish man etiladi.
546. Agar puflash davrida puflash lyukidan gaz va kul chiqayotgan bo‘lsa va o‘txona
qoraysa yoki begona shovqin paydo bo‘layotgan bo‘lsa, puflash to‘xtatilishi kerak.
547. Qozonni siqilgan havo bilan puflab tozalashda, quvurni o‘txonaga kiritishdan oldin
havo ventilini ochish va ventilni yopmasdan oldin quvurni o‘txonadan
chiqarish man
etiladi.
Lyuchkalarni o‘z tomonga, ulardan tashqari tomonda turgan, himoya ko‘zoynakni va
qo‘lqoplarni taqgan holda ochish lozim.
548. Qozon bug‘-suv qorishmasi bilan puflanganda, o‘txonaning puflanayotgan
tomonidagi lyuchkalar va ko‘rish teshiklarini ochish man etiladi.
549. Suvko‘rsatgich asboblarini puflashda operatsiyalar quyidagi tartibda bajarilishi
zarur:
pastki puflash ventili katta bo‘lmagan burchakka asta-sekin ochilsin;
pastki (suv) tez harakat qiluvchi kran 8 — 10 s ga yopilsin,
undan keyin yana ochilsin;
yuqori (bug‘) tez harakat qiluvchi kran 8 — 10 s ga yopilsin, undan keyin yana ochilsin;
pastki puflash ventili yopilsin.
Puflanayotgan bug‘-suv aralashmasi pastki puflash ventilidan keyin turgan va drenaj
quvurchasi uchun teshikli qopqoq bilan yopilgan voronkaga tushirilishi kerak.
Puflash
vaqtida ishchi, suvo‘lchagich oynasidan yon tomonda turishi kerak va barcha
operatsiyalarni himoyalovchi ko‘zoynagida va brezent qo‘lqopda bajarishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: