Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Elektr stansiyalar, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va KLda ishlarni bajarishda amalga oshiriladigan tashkiliy chora-tadbirlar



Download 106,09 Kb.
bet13/22
Sana18.02.2022
Hajmi106,09 Kb.
#456831
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
xavfszlik

11-§. Elektr stansiyalar, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va KLda ishlarni bajarishda amalga oshiriladigan tashkiliy chora-tadbirlar
a) Ish rahbarini tayinlash
104. Ish rahbari quyidagi holatlarda tayinlanishi shart:
ishlar mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari yordamida bajarilganda;
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalaridagi uskunalarni o‘chirib bajariladigan ishlarda, elektr qurilmalarining barcha tok o‘tkazuvchi qismlaridan ushbu Qoidalarning 106-bandiga muvofiq kuchlanish olingan holatlar, oddiy va ko‘rinarli sxemali elektr qurilmalari, elektr dvigatellari va ular ulangan YOTQdagi ishlardan tashqari;
KL va AKLda kommunikatsiyalar joylashgan va transport harakati serqatnov zonalarda.
Naryad beruvchiga yuqorida sanab o‘tilgan ishlardan tashqari boshqa ishlarda ham ish rahbarini tayinlashga ruxsat beriladi.
b) Bir nechta ish joylarida, ulanishlarda, podstansiyalarda bitta naryad bo‘yicha ishlar
105. Bitta ulanishning bir yoki bir necha ish joylarida ishlashga naryad berishga ruxsat etiladi. Ushbu Qoidalarning 106, 107, 109, 110, 112-bandlarida qayd etilgan holatlar bundan mustasno.
106. Hamma tok o‘tkazuvchi qismlardan, jumladan, HL va KL chiqarmalaridan kuchlanish olingan elektr qurilmalarida va qo‘shni elektr qurilmalariga kirish yo‘llari berkitilgan (1000 V gacha kuchlanishli shchit va yig‘malar kuchlanish ostida qolishi mumkin) hollarda barcha ulanishlarda bir vaqtda ishlash uchun bitta naryad berishga ijozat beriladi. Bunda ish rahbarini tayinlash talab qilinmaydi.
107. Agregatlar (qozonlar, turbinalar, generatorlar) va alohida texnologik qurilmalar (kulni chiqarib tashlash, tizimli isitish, maydalash tizimlari) ta’mirlashga chiqarilganda, ushbu agregat elektr dvigatellarining hammasida (yoki bir qismida) ishlash uchun bitta naryad va ushbu agregatlarning (qurilmalarning) elektr dvigatellarini ta’minlovchi TQning hamma (yoki bir qism) ulanishlarida ishlash uchun bitta naryad berilishi mumkin.
Bitta naryad berilishiga faqat kuchlanishi bir xil bo‘lgan elektr dvigatellarida va bir TQning ulanishlarida ishlash uchun ijozat beriladi.
108. Komplekt taqsimlovchi qurilmalar (keyingi o‘rinlarda — KTQ) bilan jihozlangan TQlardagi elektr dvigatellarida va ularning ulanishlarida bitta naryad bo‘yicha ishlashda brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o‘tkazishni rasmiylashtirish talab qilinmaydi, brigadaning har xil joylarda tarqalib ishlashiga ruxsat etiladi. Konstruksiyasi jihatdan boshqacha ishlangan TQlarda elektr dvigatellar ulanishlarida ishga qo‘yish va ishlash bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o‘tkazishni rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
109. Seksiyalarining soni turlicha bo‘lgan bitta shinalar tizimli 6 — 110 kV kuchlanishli TQda barcha seksiya to‘liq ta’mirlashga chiqarilganda, ushbu seksiyaning shinalarida va barcha (yoki bir qism) ulanishlarida ishlashga bitta naryad berishga ruxsat etiladi. Brigadaning ushbu seksiya chegarasida bir necha ish joylariga tarqalib ishlashiga ruxsat etiladi.
110. Bir elektr qurilmasining bir yoki bir necha ulanishlarida har xil ish joylarida bir vaqtning o‘zida yoki navbatma-navbat ishlash uchun bitta naryad berishga:
kuch va nazorat kabellarini yotqizish va qayta yotqizishda, elektr uskunalarini sinashda, releli himoya, o‘lchov, blokirovka, avtomatika, telemexanika, aloqa va boshqa tuzilmalarni tekshirishda;
bir ulanishdagi, jumladan, ularning uzatmalari boshqa xonada joylashgan kommutatsion apparatlarni ta’mirlashda;
alohida kabelni tunnelda, kollektorda, quduqda, zovurda, kotlovanda ta’mirlashda;
ish joylarining joylashishi ish bajaruvchiga brigada ustidan nazorat olib borish imkonini bersa, ikkita kotlovanda yoki TQda va yonma-yon joylashgan kotlovanda bo‘lgan kabellarni (ikkitadan ortiq bo‘lmagan) ta’mirlashda ijozat beriladi.
Bunda brigada a’zolarining bir nechta ish joylariga tarqalib ishlashiga ruxsat beriladi. Naryadda bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o‘tkazishni rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
111. Ushbu Qoidalarning 106, 107, 109, 110-bandlariga muvofiq ishlarni bajarishda hamma ish joylari ishga qo‘yishdan oldin tayyorlangan bo‘lishi shart. Naryad bo‘yicha ishlar to‘liq tugatilmaguncha biror-bir ulanishni ulashga tayyorlash, jumladan, elektr dvigatelni sinab ko‘rish taqiqlanadi.
Brigada turli ish joylariga tarqatilganda III guruhga mansub bir yoki bir necha brigada a’zolariga ish bajaruvchidan alohida bo‘lishlariga ijozat beriladi.
Ish bajaruvchidan alohida bo‘lishi kerak bo‘lgan brigada a’zolarini ish bajaruvchi ish joylariga olib borib, ularga ish jarayonida amal qilinishi kerak bo‘lgan xavfsizlik choralari haqida yo‘l-yo‘riq berishi shart.
112. Bir nechta podstansiyalarda yoki bir podstansiyaning bir nechta ulanishlarida bir turdagi ishlarni ketma-ket bajarish uchun bitta naryad berishga ijozat beriladi. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: izolyatorlarni tozalash; qisqichlarni tortish; tekshirish uchun moy olish va kam bo‘lsa quyish; transformatorlar chulg‘amlarini almashlab ulash; releli himoya vositalari, avtomatika, o‘lchov vositalarini tekshirish; boshqa manbadan yuqori kuchlanish bilan sinash; izolyatorlarni o‘lchov shtangasi yordamida tekshirish; KLning shikastlangan joyini topish. Bunday naryadning amal qilish muddati 1 sutka.
Har bir podstansiyada va har bir ulanishda ishga qo‘yish naryadi ushbu Qoidalarga 3-ilovaning 3-jadvaliga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Podstansiyalardan har birini undagi ishlar berilgan naryad bo‘yicha to‘liq bajarilgandan keyin ulashga ruxsat beriladi.
113. Bir nechta elektr qurilmalarida (ulanishlarda) bajariladigan ishlar uchun navbatma-navbat farmoyish berishga ijozat beriladi.

Download 106,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish