O'lchash natijasi – oʻlchanayotgan kattalikning son qiymatini oʻlchash birligiga koʻpaytmasi tariqasida ifodalanadi:
X = n[x] (1)
bu yerda: X– oʻlchanadigan kattalik; n – oʻlchanayotgan kattalik- ning qabul qilingan oʻlchov birligidagi son qiymati; [x] – oʻlchov birligi. Oʻlchash jarayonining avtomatlashtirilishi munosabati bilan oʻlchash natijalari toʻgʻridan to'gʻri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik boshqarish sistemalariga berilishi mumkin. Shuning uchun keyingi paytlarda, ayniqsa, texnika, kibernetika sohasida oʻlchash haqidagi tushunchа quyidagichа ta'riflanadi. O'lchash- bu izlanayotgan kattalik haqidagi axborotni qabul qilish va oʻzgartirish jarayonidir. Bundan koʻzda tutilgan maqsad shu oʻlchanayotgan kattalikni ishlatish, oʻzgartirish, uzatish yoki qayta ishlash uchun qulay shakldagi ifodasini ishlab chiqishdir. O'lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab, u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h. k. Elektr oʻlchashlar deganda hamma elektrik va magnit kattalik- larni, elektr zanjirlarining parametrlarini va har xil noelektrik kattaliklarni oʻIchash tushuniladi.
Bundan tashqari elektrik oʻlchashlar yordamida bir vaqtning oʻzida har xil xarakterdagi kattaliklarni oʻlchash mumkinligi, oʻlchash apparaturasining kam inersionligi; oʻlchashning juda keng chastota diapazonida olib borilishi; avtomatik rostlash va boshqarish siste- malaridagi ba'zi masalalarni kompleks ravishda yechishning qulayligi va nihoyat, oʻlchash natijalarida avtomatik ravishda har xil matema- tik operatsiyalar oʻtkazish imkoniyatining mavjudligidir.
1.2. Elektr o’lchash birliklari, etalonlar va elektr miqdorlarining
o’lchamlari
Fizika va texnikada uchraydigan miqdorlarni o’lchash uchun turli birliklar
sistemasi mavjud. Fizikada ko’pincha absolyut birliklar sistemasi ishlatiladi; elektr va magnit miqdorlarini o’lchashda absolyut elektrosatik birliklar (santimetr, gramm, sekund SGS 0 va absolyut elektromagnit SGS ) sistemalari ishlatiladi.
Elektrotexnikada esa xalqoro birliklar sistemasi (SI) ishlatiladi.
Absolyut elektromagnit sistemaga qaraganda internosional birliklar sistemasi
ancha qulay. Masalan, Shaxar tarmog’idagi 220 volt kuchlanish absolyut elektromagnit sistemasida yezilsa 22000000000 sonini ishlatgan bo’lardik. 3-jadvalda turli elektr va magnit miqdorlarining SI va SGS sistemalaridagi birliklarining nomi va belgilanishi ko’rsatilgan. Jadvalda SGS birligining qancha
SI birligining teng bo’lishi koeffisentlar ravishida ko’rsatilgan. Bundagi S0 2,99831010 sm /sek - yorug’likning bo’sh liqdagi tezligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |