Elektr o’lchashlar



Download 364,67 Kb.
bet1/9
Sana11.07.2022
Hajmi364,67 Kb.
#775729
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farruh tayyor


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3
I BOB. ELEKTR O’LCHASHLAR.
1.1. Elektr o’lchashlarga oid asosiy ta’riflar va tushunchalar…………………………………………………………………......10
1.2. Elektr o’lchash birliklari, etalonlar va elektr miqdorlarining……………………………………………………..…………….13
1.3. Elektr zanjirdagi ulashdagi ………………………………..……………....17
II BOB. ELEKTR O’LCHOV ASBOBLAR.
2.1. Elektr o’lchov asboblarining shartli belgilari……………………………………………………………….……...…..20
2.2. Elektr qurilmalarini o’lchash aparatlari……………………………….…31
XULOSA…………………………………………………………………………39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….…....40


KIRISH
Hurmatli yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev o'zining Oliy Majlisga o'z murojaatnomasida quyidagi fikrlarni ham takidlab o'tdilar. Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni ko'ra olish fazilatlarini, yoshlarimizdagi g'ayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, ko'zlagan marralarga albatta yetamiz. Yangi O'zbekistonni ana shunday bilimi va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz. 2022-yil nomida belgilangan sohalarni tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish bo'yicha quyidagi keng ko'lamli ishlarni amalga oshirishimiz lozim.
Birinchidan, bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo'lgan yoshida aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi.
Ikkinchidan, maktab ta'limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlar jadal davom ettiriladi.
Uchinchidan, oliy ta'limning qamrovi va sifatini oshirishka alohida e'tibor qaratiladi. Keyingi yildan boshlab oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi. Oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko'paytirib, 2 mingga yetkazamiz. A'lo baholarga o'qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyar joriy etiladi.
Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga
ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda
tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy — axloqiy sifatlarni
shakllantirish borasidagi ta’limiy —tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil
etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini
jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy — madaniy
merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil
Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini
ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib
tarbiyalashga bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29
avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g‘oyalari amaliyotga keng
ko‘lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol
shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining mohiyati
to‘laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga etkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog —o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan
xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari,
shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondoshuvning
qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Radioelektronika radiotexnika va elektronika fanlarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan fandir. Uning negizini radiotexnika fani tashkil qiladi. Ammo fan va texnikaning rivojlanishi uni radioelektronikaning bir bo’limiga aylantirib qo’ydi.
Radiotexnik jarayonlar radiosistemalar yordamida amalga oshiriladi. Ulardan eng ko’p tarqalgani informatsiya sistemalaridir. Ularda voqelik, hodisa, axborot va boshqalar haqidagi ma’lumot- informatsiya elektromagnit tebranishlar yordamida bir joydan ikkinchi joyga olib o’tiladi. Shunga ko’ra informatsiya sistemasining asosiy qismini uzatkich, aloqa yo’li (aloqa muhiti) va qabul qilgich tashkil qiladi. Ular birgalikda aloqa sistemasi yoki radioelektron Sistema deb ataladi.
Elektronika- fan va texnika sohasi bo’lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan elektron qurilmalar hamda asboblar yaratish usullarini o’rganish, ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Elektronika elektromagnit maydon nazariyasi va elektr o’tkazuvchanlik hodisalari kabi fizik bilimlarga asoslanadi. Elektronikaning rivojlanishi elektron asboblar texnologiyasining takomillashuvi bilan chambarchans bog’liq bo’lib, hozirgi kungacha to’rt bosqichni bosib o’tdi.
Birinchi bosqich asboblari: rezistorlar, induktivlik g’altaklari, magnitlar, kondensatorlar, elektromexanik asboblar (qayta ulagichlar, rele va shunga o’xshash) passiv elementlardan iborat edi.
Ikkinchi bosqich Li de Forest tomonidan 1906-yilda triod lampasining ixtiro qilinishidan boshlandi. Triod elektr signallarni o’zgartiruvchi va eng muhimi, quvvat kuchaytiruvchi birinchi aktiv elektron asbob bo’ldi. Elektron lampalar yordamida kuchsiz signallarni kuchaytirish hisobiga radio, telefon so’zlashuvlarni, keyinchalik tasvirlarni ham uzoq masofalarga uzatish imkoniyati (televideniya) paydo bo’ldi. Bu davrning elektr asboblari passiv elementlar bilan aktiv elementlar- elektron lampalardan iborat edi.
Uchinchi bosqich Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan 1948-yilda elektronikaning asosiy aktiv elementi bo‘lgan bipolyar tranzistorning ixtiro etilishi bilan boshlandi. Bu ixtiroga Nobel mukofoti berildi. Tranzistor elektron lampaning barcha vazifalarini bajarishi bilan birga uning: past ishonchlilik, ko‘p energiya sarflash, katta o‘lchamlari kabi asosiy kamchiliklaridan xoli edi.
To‘rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida elektron qurilma hamda tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataldi.

Download 364,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish