Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Restpublikasi "Ta’lim to‘g‘risnda" gi qonuni
ia "Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy Dasturi" raqobatbardosh milliy kadrlar
tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, shuningdek iqtisodimizni ilmiy-texnnk jihatdan
rivojlantirish va xalq xo‘jaliganing barcha jabhalarini yangi texnologiyalar
bilan qurollantirishga katta ahamiyat berilgan.
O‘quv fanining maqsadi va vazifasi: Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda elektr maydoni va dielektriklar magnitizm va elektomagnitizm, o'zgarmas va o'zgaruvchan tok qonunlarini xamda hisoblash texnikasi turlariga turli sohalardan misollar, radiotexnikani amalda qo’llash va ularga mos turli masalalarning yechimlariga oid bilim, ko‘nikma va malaka shakillantirishdir.
Fanning vazifasi: elektr toki, elektr kuchlanish, elektr quvvat, elektr energiyasi, elektr maydoni va dielektriklar magnitizm va elektomagnitizm, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok qonunlarini amalda qoMlash xamda hisoblash texnikasi, radiotexnika xaqida talabalarga bilim berishdir.
Kurs ishi tartibi: Kirish, birinchi va ikkinchi boblar, xulosa va eng so’ngida foydalanilgan adabiyotlar, internet saytlari.
I BOB. ELEKTR O’LCHASHLAR.
1.1. ELEKTR O’LCHASHLARGA OID ASOSIY TA’RIFLAR VA TUSHUNCHALAR.
Metrologiya – o'lchash haqidagi fandir, o'lchash usullari va vositalari yordamida yagona oʻlchashni hamda uni talab etilgan aniqlikda ta'minlash yoʻllarini oʻrgatadigan fandir.
Yagona oʻlchashni taminlash oʻlchashning shunday holatiki, unda oʻlchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifoda etilishi, oʻlchash xatoliklari berilgan ehtimollikda aniq boʻlishi kerak. Yagona (tanho) oʻlchash oʻlchash vositalarining asosiy metrologik xarakteristikalari va oʻlchash usullarining bir xilligi bilan, yagona etalon va oʻlchovlar bilan hamda oʻlchash axborotini hattoki bir xil shaklda tavsiya etilishi bilan ta'minlanadi.
Oʻlchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda oʻlchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan qiymati bilan oʻzaro solishtiriladi.
Bu ta'rifdan shunday xulosaga kelish mumkin: birinchidan, oʻlchash bu har xil kattaliklar toʻgʻrisida axborot olishdir;, ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan- o'lchash jarayonida oʻlchanadigan kattalik oʻlchov birligining ishlatilishidir. Demak, o'lchashdan maqsad oʻlchanadigan kattalik bilan uning oʻlchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi nisbatni (tafovutni) topishdir. Ya'ni, o'lchash jarayonida oʻlchashdan koʻzda tutiladigan maqsad, ya'ni izlanuvchi kattalik bu shunday asosiy kattalikki, uni aniqlash butun izlanishning, tekshirishning vazifasi, maqsadi hisoblanadi va oʻlchash obyekti ishtirok etadi. Oʻlchash obyekti (oʻlchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida oʻlchanadigan kattalik solishtiriladi. Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak: oʻlchash, oʻlchash jarayoni va oʻlchash usuli. O'lchash – bu umuman har xil kattaliklar toʻgʻrisida axborot olish, o'zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikning son qiymatini qoʻllash, ishlatish uchun qulay shaklda aniqlashdir. O'lchash jarayoni – bu solishtirish eksperimentini o'tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda boʻlmasin). O'Ichash usuli esa- bu fizik eksperimentning aniq ma'lum tuzilma, oʻlchash vositalari va eksperiment oʻtkazishning aniq yoʻli, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir. Oʻlchash jarayoni yordamida esa shu oʻlchash obyekti toʻgʻrisida axborot olinadi va nihoyat, ba'zi matematik qayta ishlash yoʻli bilan oʻlchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida axborot (oʻlchash natijasi) olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |